Bayonnoma qatnashdilar



Yüklə 8,07 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,07 Kb.
#157518
BAYONNOMA ochiq dars


FarDu Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo'nalishi 19.126 guruh talabasi Raxmatova Solixabonuning _____ sinf o'quvchilariga biologiya fanidan
"Qushlar va sut emizuvchilar " mavzusidagi bir soatlik ochiq darsi uchun

BAYONNOMA


QATNASHDILAR: Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari, biologiya fani o'qituvchilari, amaliyot rahbarlari, amaliyotchi talabalar.
KUN TARTIBI: Raxmatova Solixabonuning " Qushlar va sut emizuvchilar" mavzusidagi bir soatlik na'munaviy dars tahlili.
SO’ZGA CHIQDI: Biologiya fani o'qituvchisi Sayfudinnova N so'zga chiqib amaliyotchi talaba Raxmatovaning ochiq darsga puxta tayyorgarlik ko'rgani, o'quvchilar bilan kommunikatsion aloqasi yuqori saviyada o'tganini e'tirof etdi. Raxmatova biologiya fanini nazariy jihatdan ham yaxshi o'zlashtirgani sababli o'quvchilarga dars mazmunini namunali tarzda yetkazib bera oldi. Mavzuga doir ilmiy terminlarga alohida e'tibor bergan holda o'quvchilarda yangi ko'nikma va bilimlarni hosil qila oldi.
SO’ZGA CHIQDI: Amaliyot rahbari D. Komilova so'zga chiqib, dars haqida fikr bildirdi.
Amaliyotchi talabamiz Raxmatova o'quvchilarni dars davomida faollashtira oldi, bu esa uning har bir o'quvchi bilan muloqotda bo'lish ko'nikmasi yaxshi shakllanganidan dalolat beradi. Raxmatova nazariy fanlarni ham a'lo o'zlashtirgani sababli o'quvchilarning savollariga ikkilanmasdan to'g'ri javob bera oldi.
Dars yutuqlari: Dars yaxshi tashkil etilgan. Talabaning kiyinish va nutq madaniyati yaxshi. Dars davomida talaba doskadan, ko'rgazmali qurollardan, tarqatma materiallardan unumli foydalandi. Dars davomida o'quvchilarni nazorat qilib bordi, darsda o'quvchilar faol qatnashdilar. Talaba darsning makro va mikro strukturalariga yaxshi e'tibor berdi. Metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalandi. Mavzu rejalar asosida tushuntirildi va boshqa fanlararo integratsiya amalga oshirildi, mavzular bilan bog'landi. Yakuniy qismda o'quvchilar darsdagi ishtirokiga ko'ra rag'batlantirildi.
Dars kamchiliklari: Mustahkamlash qismida ayrim o'quvchilar qatnashmadilar, ba'zilari baholanmay qoldilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib majlis quydagicha:
QAROR QILADI:
1. Amaliyotchi Raxmatova Solixabonuning "Qushlar va sut emizuvchilar" mavzusidagi darsi talab darajasida ekanligi ko'rsatilsin.
2. Talaba Raxmatova Solixabonuning darsi ijobiy deb topilsin.

Amaliyotchi rahbar: D.Komilova


Biologiya o'qutuvchisi: N.Sayfuddinova
Amaliyotchi: S.Raxmatova
Yüklə 8,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə