Bayonnomasi 2023-yil 1-aprel Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 23 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a



Yüklə 92,51 Kb.
səhifə12/14
tarix19.12.2023
ölçüsü92,51 Kb.
#151888
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
8-jigilish-bayonnomasi-2023

Turli masalalar.
1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida fakultet dekanlari N.Ibroximov va B.Daliyevlar axboroti eshitildi.
N. Ibroximov: Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyoti fakulteti Dasturiy injiniringi yo‘nalishi 1-kurs 657-22 guruhida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba Ismoilov Umarxon A’zamjon o‘g‘li 2023-yil 16-martdagi arizasiga asosan sog‘ligida muammo bo‘lganli (tez-tez takrorlanuvchi tutqanoq) sababli uni parvarish qilish uchun 2023-yil 3-martdan 5-sentabrgacha, ya’ni 2-semestr davriga o‘qishini akademik ta’til muddatida masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishini so‘rab murojaat qilgan.
B. Daliyev: Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi 2-kurs 623-21 guruhida davlat granti asosida tahsil olayotgan talaba Yuldashev Odamboy G‘ayrat o‘g‘li 2023-yil 24-martdagi arizasiga asosan 1-guruh nogironligi bo‘lganligi (Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma seriya 17A№173368) 2023-yil 1-apreldan 5-iyungacha, ya’ni 4-semestr davriga o‘qishini akademik ta’til muddatiga eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishini so‘rab murojaat qilgan.
Shu munosabat bilan fakultet dekanlari N.Ibroximov va B.Daliyevlar talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazishni qonuniy asoslarini ko‘rsatib o‘tdilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 344-sonli qarorining 1-bob 2-bandiga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
Salomatligini tiklash uchun.
salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga). Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.”
Shuningdek, 2-bob 11-bandiga ko‘ra:
Talabaning o‘qishini akademik ta’til muddatiga ta’limning masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
talabalar o‘qishining akademik ta’til muddatiga masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining (magistratura mutaxassisliklarining) xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
akademik ta’til muddatiga o‘qishni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish bo‘yicha arizalar 15 kun muddatda oliy ta’lim muassasasi kengashida ko‘rib chiqiladi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishining (magistratura mutaxassisligining) xususiyatlaridan kelib chiqib, talabaning belgilangan muddatga masofaviy ta’lim shaklida o‘qishi maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi;
oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori besh kun muddatda ariza muallifiga (talabaga) ma’lum qilinadi;
oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan akademik ta’til muddatiga masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga ruxsat etilgan talaba tomonidan akademik ta’tildan qaytgandan so‘ng muayyan o‘quv semestrida (semestrlarida) o‘qitilgan fanlar bo‘yicha bir martalik imtihonlar topshiriladi;
imtihonlar oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga asosan fanlar bo‘yicha tashkil etilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi;
imtihonlar natijalariga ko‘ra barcha fanlardan talaba ko‘rsatkichi belgilangan o‘tish ballidan yuqori bo‘lgan taqdirda talabaga navbatdagi o‘quv semestridan (kursdan) o‘qishini davom ettirishiga ruxsat etiladi;
imtihonlar natijalariga ko‘ra bir yoki undan ko‘p fanlardan talaba ko‘rsatkichi belgilangan o‘tish balidan past bo‘lgan taqdirda talabaning o‘zlashtirilmagan o‘quv semestrining boshidan o‘qishini davom ettirishi belgilanadi.”
Yuqoridagi bandlarga ko‘ra fakultet dekanlari N.Ibroximov va B.Daliyevlar ushbu talabalarning arizasini filial Kengashida ko‘rib chiqilishini so‘radilar hamda talabalar Ismoilov Umarxon va Yuldashev Odamboyning arizalari va tibbiy xulosalar, nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma bilan so‘rovni asosladilar.
Ushbu masala yuzasidan fakultet dekani O.Otaqulov, kafedra mudirlari S.Sabirov va T.Abdullayevlar fikr-mulohaza bildirdilar.
Filial direktori talabalar U.Ismoilovning kasalligini va O.Yuldashevning nogironligini inobatga olgan holda akademik ta’til muddatiga o‘qishni ta’limning masofaviy yoki eksternat shakliga o‘tkazishga ruxsat berish taklifini berdi. Kengash a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan ma’qulladilar, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi.



Yüklə 92,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə