Mavzu: Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni Reja: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə1/5
tarix16.09.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#122110
  1   2   3   4   5
Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni


Mavzu: Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni
Reja:
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar
2. Boshqaruv qarorlari tasnifi
3. Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish

1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar
Qaror — bu bajarilishi lozim bolgan ishning aniq bir yolini tanlab olishdir. Qaror — bu muqobil tanlov. Bunday qarorlani har birimiz bir kunda o‘nlab-yuzlab, bir umr davomida esa minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga yetib olishda qaysi transport turini, qanday kasbni tanlash va h.k. Bunday misollami ko‘plab keltirish mumkin. Biroq, boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy hayotdagiga nisbatan tizimlashtirilgan jarayondir. Shaxs tomonidan qilingan xususiy tanlov eng avvalo o‘zining shaxsiy hayotiga va bir muncha u bilan bog’liq bolgan odamlarga ta’sir ko‘rsatadi. Menejer ta’sir yo‘nalishini faqat o‘zi uchun emas, balki tashkilot va boshqa ishchilar uchun ham tanlaydi. Qaror qabul qilish zaruriyati m avjud holatning bolishi lozim bolmgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z funksiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlami erkinlashiirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yollari bolganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar «yetti olchab bir kes» maqoliga rioya qilishi kerak.
Muhim tashkiliy qaror qabul qilish javobgarligi — og’ir ma’naviy yuk. U ayniqsa, yuqori boshqaruv pog‘onalarida namoyon boladi. Shuning uchun rahbar o’ylamasdan qaror chiqarishi mumkin emas. Rahbar ishchini ishdan haydash to‘g’risida qaror qabul qilsa bundan ishchi jabr ko‘radi, agar yaxshi ishchini haydash to’g’risida qaror qabul qilsa tashkilot zarar ko’radi.
Qaror qabul qilish boshqaruvchi har kunlik ishining bir qismidir. Bu sohada omilkorlik menejerni boshqalardan ajratib turadi, eng muhimi samarali ishlaydigan menejerni samarasiz ishlaydigandan farq qiladi. Qaror qabul qilish sohasida menejer rahbaning to‘rt rolini bajaradi — tadbirkorlik, ishdagi kamchiliklarni tuzatuvchi mutaxassis, resurslarni taqsimlovchi va kelishuvga erishish bo‘yicha mutaxassis. Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan qarorni boshqaruv binosining poydevori deyish mumkin.
Qaror qabul qilish — tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir. Qabul qilingan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog‘liq: qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va sifati; qaror qabul qiluvchi rahbaming shaxsiy sifati; qaror qabul qilishda tashkiliy masalalaning oqilona yechimi. Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə