Mavzu: Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni Reja: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə5/5
tarix16.09.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#122110
1   2   3   4   5
Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni

1. Muammo diagnostikasi. Muammoni yechishda birinchi qadam to ‘ liq va to ‘g‘ri tashxis qo‘yishdir. Muammoni ko‘rib chiqishning ikki uslubi mavjud. Birinchisi, qo‘yilgan maqsadlarga erishilmaganda muammo deb hisoblanadi. Lekin ko‘pincha rahbarlar faqat nimadir sodir bo‘lishi kerak-u, lekin sodir bo‘lmagan holatlam i muammo sifatida ko‘rib chiqadilar. Ikkinchisi, muammo sifatida potensial imkoniyatlami ko‘rish mumkin. Muamoni to ‘liq aniqlash qiyin, chunki tashkilotning hamma bolimlari o‘zaro bog‘liq, bir-birining ishiga ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun muammoni to ‘liq aniqjash — uni yarmigacha yechish bilan barobar, lekin buni tashkiliy qarorlar uchun qo’lanilishi qiyin. Natijada, muammo tashxisi bir necha qadamdan iborat bo‘lgan va har bir qadamda oraliq qarorlar qabul qilinadigan protsedura yuzaga keladi. Murakkab muammoni tashxislashning birinchi bosqichi qiyinchiliklar yoki imkoniyatlarning belgilarini anglash va belgilash hisoblanadi. Bunday belgilar past foyda, mehnat unumdorligi va sifat, yuqori xarajatlar, kadrlar qo‘nimsizligi. Bu bosqichda axborot katta ahamiyatga ega. Ikkinchi bosqich axborotni to‘plash va tahlil qilish hisoblanadi. Bunda relevant va o ‘rinsiz axborot o‘rtasidagi farqni anglash zarur. Relevant axborot — ma’lum muammoga, insonga yoki maqsadga erishishga taalluqli bo‘lgan m a’lumotdir.
2. Qaror qabul qilishning mezonlari va cheklanmalarini aniqlash. Muammoni diagnostika qilish paytida uni yechish maqsadida u bilan aynan nima qilib bo‘lishini bilish kerak. Yirik tashkilot uchun cheklanm alar kichik tashkilotdagi cheklanmalarga nisbatan kamroq. Rahbar standartlami aniqlab olib, u bo‘yicha esa tanlov muqobil variantlarini baholashi kerak bo‘ladi. Bu standartlami qaror qabul qilishning mezonlari deb ataladi.
3. Muqobilliklarni aniqlash. Muammo sababini bartaraf etadigan barcha mumkin bo‘lgan harakatlami mumkin qadar yuzaga chiqarish kerak.
4. Muqobilliklarni baholash. Faqatgina barcha g ‘oya!ar ro ‘yxati tuzilganidan keyin har bir muqobillikni baholashga o ‘tish kerak.
5. Muqobillikni tanlash. Rahbar ancha ijobiy oqibatlarga olib keladigan muqobillikni taniaydi. Muamm olam i yechish jarayoni muqobilliklarni tanlash bilan tugallanmaydi.
Muammoni yechish uchun yoki mavjud imkoniyatdan foyda olish uchun qaror amalga oshirilishi kerak. Agar qaror taalluqli bo‘lgan shaxs tomonidan tan olinsa, qarorni amalga oshirish samaradorligi darajasi ko‘tariladi.
Teskari aloqa bosqichida qaror oqibatlarini oichash va baholash yoki olingan natijalarni rahbar kutgan natijalar bilan solishtirish lozim.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish kerak.
Rahbarning shaxsiy baholashlari. Har qanday odam o‘z qadiyatlar tizimiga ega va bu tizim uning harakatlarini aniqlab beradi hamda qabul qilinayotgan qarorga ta’sir ko‘rsatadi (muhimlik, sifat va h.k.).
Qaror qabul qilish muhiti. Qaror qabul qilish paytida tavakkalchilik hisobga olinadi. Altemativalami baholash chog‘ida rahbar mumkin bolgan natijalarni turli sharoitlarda bashoratlashi lozim. Bunday sharoitlar quyidagilar: aniqlik, risk (tavakkalchilik) va noaniqlik.
Vaqt va о‘zgaruvchan muhit. Vaqt o ‘tishi bilan vaziyatlar ham o ‘zgarib turadi, demak, axborot va kamchiliklar aniq ekan, qarorni hayotga amal qilib qabul qilish lozim.
Axborotlarning cheklanganligi. Oqilona qaror qabul qilish uchun aniq axborot kerak. Ba’zan yaxshi va aniq axborot juda qimmat bo‘ladi yoki uni olib bo‘lmaydi. Shuning uchun rahbar qo‘shimcha axborotdan foyda kelish-kelmasligini hal qilishi kerak, ya’ni bu qaror qanchalik muhim, u tashkilotning ahamiyatli resurslar hissasi bilan yoki ahamiyatsiz pul summasi bilan bog‘liqmi. Agar axborotni ma’qul bo‘lgan bahoda olish qiyin bo‘lsa va bunday imkoniyat tez orada paydo bolsa, unda qaror qabul qilishni keyinga qoldirish kerak bo‘ladi.
Xatti-harakatlarning cheklanganligi. Shaxslararo va tashkilot ichidagi kommunikatsiyalarni qiyinlashtiradigan ko‘pgina omillar qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, rahbarlar ko‘p hollarda muammolarning mavjudligini hamda jiddiyligini, cheklanmalarni va altemativalami turlicha qabul qilishadi. Bu narsa qaror qabul qilish jarayonida kelishmovchilikka va nizolarga olib keladi. Rahbaming xodim bilan boladigan axborot almashinuvi usulidan xodimlaming xatti-harakati bog‘liq boladi. Salbiy oqibatlar.
Qaror qabul qilish — bu kompromislarni yuzaga keltirish san’atidir. Bir tomondan muvafFaqiyatga erishiisa, boshqa tomondan zararni olib keladi. Masalan, mahsulot sifatini oshirish xarajatlarning oshishiga olib keladi, avtomatizatsiya xarajatlami pasaytiradi, lekin ishchilar sonini qisqartiradi va h.k. Shunga o‘xshash salbiy oqibatlarni hisobga olib turish kerak.
Qarorlarning o'zaro bog'liqligi. Tashkilotda barcha qarorlar o‘zaro bog‘liqdir. Birta muhim qaror unchalik muhim bo‘lmagan qarorlami talab qiladi. Masalan, yangi jihozni sotib olish nafaqat ishlab chiqarish bo‘limiga ta’sir etadi, balki yakuniy holda sotish va marketing boMimlariga ham ta’sir etadi.


Xulosa
Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi:
- maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish;
- olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish;
- samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash;
- muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan
muhokama qilish;
- optimal qarorlarni tanlash va ifodalash;
- qaror qabul qilish;
- ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish.
Menejment texnologiyasi boshkarmaga oid qarorlarni 3 bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraydi: qarorni tayyorlash; qaror qabul qilish; qarorni amalga oshirish.
Qarorni tayyorlash bosqichida holatning mikro- va makrodarajadagi iqtisodiy tahlili o’tkaziladi, bunga axborotlarni qidirish, yig’ish va ishlov berish hamda yechilishi kerak bo’lgan muammolarni ifodalash kiradi.
Qarorni qabul qilish bosqichida harakatning alternativ yechimlari va yo’nalishlarini ko’p variantli hisob – kitoblar yordamida ishlab chiqish va ularga baho berish, optimal qarorlarni tanlash me’zonlarini aniqlash, eng yaxshi qarorlarni tanlash va qabul qilish amalga oshiriladi.
Qarorni amalga oshirish bosqichida esa qarorni chuqurroq aniqlashtirish va uni ijrochilarga yetkazish, qarorni bajarilishini nazorat qilish, zarur bo’lsa ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish, qaror bajarilishi natijasida olingan natijalarga baho berish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish usullari:
- rahbar malakali ekanligi, shu faoliyat bilan yaqindan tanish
ekanligi asosida, sezgirlikka (intuisiyaga) asoslangan usul;
- qator yillar davomida egallagan tajribaga asoslanib, ketma-ket
isbotlarni keltirib, sog’lom fikrlash orqali qaror qabul qilish usuli;
- ko’plab axborotga ishlov berish asosida, optimal yechimni tanlashni
nazarda tutadigan, qabul qilinadigan qarorlarni asoslashga yordam beradigan, ilmiy – amaliy yunaltirishga asoslangan usul.

Adabiyotlar:
N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov, Sh.N.Xayitov MENEJMENT «Tafakkur-Bo‘stoni» Toshkent — 2012
1 .Завьялов П.С. Маркетинг. М.: ИНФРА-М, 2000.
2 .Zaynutdinov Sh., Shermuhamedov A., Murakaev I. Menejment. Т.: 2005.
3.Sharifxo‘jayevM ., Abdullayev Yo. Menejment. Т.: «O'qituvchi», 2001.
4. Internet saytlari: www.Zivo.net: www.Manaiement.ru
5. N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov, Sh.N.Xayitov MENEJMENT «Tafakkur-Bo‘stoni» Toshkent — 2012
Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə