Mavzu: Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni Reja: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə3/5
tarix16.09.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#122110
1   2   3   4   5
Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni

2. Boshqaruv qarorlari tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyaga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi alomatlar bo'yicha guruhlarga ajratish mumkin.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to‘lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo‘lib, korxona muayyan bir bo‘limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qat’iy yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik masalalar bo‘yicha qabul qilinadi, lekin o‘zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo‘ladi. Rahbar stereotip qarorlami tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlami shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Boshqaruv qarorlari tasnif
1. Amal qilish davriga ko‘ra - • Strategik qarorlar
Taktik qarorlar
2. Maz uni va amal qilish xususiyatiga ko‘ra - • Sotsial-iqtisodiy qarorlar
• Texnikaviy qarorlar
• Stereotip qarorlar
• Tashabbusli qarorlar
3. Takrorlanish va yangilik darajasiga ko‘ra - • An’anaviy qarorlar
T avsiyali qarorlar
4. Axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra - • A niq qarorlar
• Noaniq qarorlar

5. Amal qilish xususiyatiga ko'ra - • V aqtinchalik qarorlar


• Operativ qarorlar
• Muntazam qarorlar
• Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar
6. Qarorni qabul qilish shakliga ko‘ra - • Yakkaboshchilik prinsipi asosida
• Kollegiallik asosida
• Yakdillik prinsipi asosida
• Konsensus prinsipi asosida
• «Ringi» usuli asosida qabul qilingan qarorlar
Tashabbusli qarorlar o‘z tavsifiga ko‘ra novatorlik,mazmuniga ko‘ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o‘rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Bunday qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.
An’anaviy qarorlar— bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga, korxona yoki firm aning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bola oladi. Tavsiyali qarorlar o‘z mohiyatiga ko‘ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib, korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar aksini topadi. Aniq qarorlar to‘la-to‘kis axborot mavjud bo‘lgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo‘ladi.
Noaniq qarorlar— bu tavakkalchilik bilan— toliq bolmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqacha aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati bolmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Masalan, mudofaa vazirligining eng yangi, murakkab qurolni varatish to‘g‘risidagi loyihani tasdiqlash bo'yicha qabul qilingan qarori, odatda noaniq qaror shaklida boladi. Chunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali yoki samarasizligi, uning qanchalik puxta yaratilganligi, nechoglik moljalni oqlaganligi bilan isbotlanadi. ehtimol, tavakkal qilib ishlab chiqarilgan yangi qurolga ehtiyoj umuman bolmasligi mumkin.
Amal qilish xarakteriga ko‘ra qarorlar quyidagi turlarga bolinadi:
• Vaqtinchalik qarorlar;
• Tezkor qarorlar;
Muntazam qarorlar;
• Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar.
Vaqtinchalik qaroming amal qilishi m a’lum muddat bilan cheklanadi yoki doim iy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram m unosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi bo‘yicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlar jumlasiga kiradi. Tezkor qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo‘lgan hollarda uni bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi. Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo‘jalik faoliyati yakuniga ko‘ra qabul qilinadigan qarorlar. Vaqti vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga ko‘ra qabul qilinadi.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham boladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko‘p hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qaromi aksariyat hollarda o‘zini ko‘rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo‘ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab boladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o‘zaro ishonchning yo‘qolishi, nizolaming kelib chiqishi muqarrardir. Yakkaboshchilik tam oyilidan farqli o‘laroq, yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko'ra ilgari ilgari surilayotgan m uqobil fikmi so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Kollegiallik (ko‘pchilik) tamoyili «koalitsiyalar», ya’ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro ‘yirost ma’ lum bo‘lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo‘liga o ‘tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko‘pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko‘pchilik hollarda yarmidan ko‘p ovoz gohida prinsipial m asalalar yuzasidan m e’yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya’ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo‘llaniladi. o‘z mohiyati bilan: Konsensus — bu qarorlami ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. Bunga o‘zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo‘llash yordamida erishiladi.
Qaror shaxs tomonidan qabul qilinadi, shunday ekan, unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada aks etmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan quyidagi ko‘rinishdagi qarorlam ing mavjudligi e ’tiro f etiladi:
• Mo‘tadil, muvozanatlashgan qarorlar;
• Turtki beruvchi (impulsli) qarorlar;
• Tinch holatni saklovchi (inertli) qarorlar;
Tavakkalli qarorlar;
• Ehtiyotkorona qarorlar;
• Oqilona qarorlar. Qayd qilingan qarorlar, odatda, tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.


Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə