Mavzu: Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni Reja: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar


Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə4/5
tarix16.09.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#122110
1   2   3   4   5
Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni

3. Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazm uni va ko‘lamiga ko‘ra xilma-xil va ancha murakkabdir.
Qarorni ishlab chiqish jarayoni bosqichlari
1. Vaziyatni tahlil qilish
2. Muammoni aniqlash
3. Mezonlarnii tanlash
4. Muqobil variantlarni aniqlash
5. Muqobil variantni tanlash
6. Qaror to‘g‘risida kelishib olish
7 Qaror ijrosini uyushtirish
8. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va unga baho berish
Qaror qabul qilish jarayonida qarorlar tashkiliy, intuitiv, fikrmulohazaga asoslangan qarorlar va hokazo boladi.
Tashkiliy qaror — bu rahbar egallab turgan lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun qilinishi kerak boMgan tanlovdir. Tashkiliy qaror maqsadi tashkilot oldida turgan vazifalarni bajarishni ta’minlash. Shuning uchun eng samarali tashkiliy qaror, oxirgi maqsadga erishishga eng ko‘p hissa qo‘shadigan va haqiqatda amalga oshiriladigan tanlov hisoblanadi. Tashkiliy qaror dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan boladi.
Dasturlashtirilgan qaror — bu matematik tenglamalarni yechishdagikabi,qadamlar va harakatlarning ma’lum ketma-ketligida amalga oshirish natijasi. Bunda muqobillar soni chegaralangan va tanlov tashkilot belgilangan yo‘nalish chegarasida amalga oshirilishi kerak. Dasturlashtirishni samarali tashkiliy qarorlami qabul qilishda muhim yordamchi vosita deb hisoblash mumkin. Qaror qanday boMishi kerakligini aniqlab, rahbariyat xatolik ehtimolligini kamaytiradi va vaqt qisqartiriladi. A gar tuzilgan qaror qabul qilish uslubiyoti noto‘g‘ri bo‘lsa, qaror samarasiz bo‘ladi.
Dasturlashtirilmagan qarorlar — m a’lum darajada yangi, tizimlashtirilmagan yoki noma’lum omillar bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda kerak bo‘ladi. Oldindan kerakli qadamlar ketma-ketligini tuzish mumkin bo‘lmaganligi sababli, rahbar qaror qabul qilish protsedurasini ishlab chiqishi kerak. Bunday qarorlarga misollar: tashkilot maqsadlar! qanday bo‘Iishi kerak, mahsulot sifatini qanday oshirish kerak, boshqaruv strukturasini qanday takomillashtirish zarur, xodimlar motivatsiyasini qanday kuchaytirish kerak va hokazo.
Rahbar bir qancha tanlov variantlariga ega. Bu yerda asosiy maqsad — qarorlami samarali qabul qilish imkoniyatlarini beruvchi asoslami o ‘rganishdir. Shuni ta’kidlash kerakki, qabul qilingan qaror natijalari ayrim sohalar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun qarorlar tashkilotni tizim sifatida ko‘rib, ham m a qismlari uchun javob beradigan holda qabul qilishi kerak. Rahbar pirovard natijani ko‘zlab, kamchiligi bo‘lsa ham shunday muqobil qaror qabul qilish kerakki, natijada maqsadga ko‘proq erishilsin. Kompromisslar konsepsiyasi ana shundan iborat.
Qaror qabul qilish jarayonini o ‘rganishda ikki m om entni hisobga olish kerak. Birinchi, qaror qabul qilish nisbatan oson, lekin yaxshi qaror qabul qilish qiyin. Ikkinchi moment shundaki, qaror qabul qilish — bu psixologik jarayon. Vaqti-vaqti bilan odamlar harakatini mantiq belgilasa, vaqti-vaqti bilan his-tuyg‘u belgilaydi. Shuning uchun qaror qabul qilish jarayoni intuitiv, fikr-mulohazaga asoslangan va oqilona xususiyatga ega.
Intuitiv qaror — faqat uning to ‘g ‘riligini his etish asosida qilingan tanlov. Bunday qaror qabul qiluvchi tushunishni ham xohlamay qaror qabul qiladi. Biz ataydigan oltinchi tuyg‘u bu o ‘sha intuitiv qarordir. Yuqori pog‘ona boshqaruvchilari ko‘pincha intuitiv qarorga asoslanishadi. Lekin m antiqsiz to ‘g ‘ri tanlov qiyin. Fikr-mulohazaga asoslangan qaror — bu bilim va to'plagan tajriba bilan bog‘liq bo‘lgan tanlov. Bunday qarorlar intuitivday ko‘riladi, chunki ularning mantiqi aniq emas.
Мuаmmо — murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat yechimini topish zaruriyatidir. Muammo asosan: mavjud holatning bo'lishi lozim bo'igan holatga mos tushmaslik; noaniqlik; sabab va oqibatning aniq bo ‘lmasligi; bir necha muqobilning mavjudlik hollarida yuzaga keladi Muammolar turli sabablar, ya’ni ko‘zlanmagan holatlar, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yechimi bo‘yicha bo‘ladigan harakatlar, ayrim standartlarda mavjud mezonlarning noaniqligi va nihoyat yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tasodifiy xatolar tufayli vujudga kelishi mumkin.
Muammoni yechish — bu murakkab jarayon. Shuning uchun oqilona qaror chiqarishni besh bosqichda ko‘rib o ‘tish mumkin:

Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə