Mavzu: Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni Reja: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə2/5
tarix16.09.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#122110
1   2   3   4   5
Qaror turlari va ularni qabul qilish jarayoni

Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
1. Ilmiy asoslangan bolishi lozim - Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtim oiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi qisqa va aniq bolishi lozim.
2. Bir-biri bilan aloqador va yakdil bolishi kerak - Muayyan vazifani hal etishda ko'pincha asosiy masalalardan kelib chikadigan ko’shimcha vazifalarni hal etishga to ‘g ‘ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan, amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
3. Huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishi lozim - Rahbar qaromi o ‘ziga berilgan huquq doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo‘g ‘inlarida huquq va javobgarlik k o‘lami nisbati to’g ‘risida borayapti. Huquq katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa, ma’muriy o‘zboshim chalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi va bu hech qanday naf keltirmaydi.
4. Aniq va to‘g‘ri yo'nalishga ega bo‘lishi kerak - Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bolishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga, uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5. Vaqt bo‘yicha qisqa bo’lishi kerak - Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6. Vaqt bo‘yicha aniq bo‘lishi lozim - Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq k o‘rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini obyektiv nazorat qilish imkoniyati bo‘lmaydi.
7. Tezkor bo‘lishi kerak - Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya ’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o‘zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorlar zararlidir.
8. Samarali bo‘lishi lozim - Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo‘yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.
Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoning hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Qaror qabul qilishda rahbaning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Har bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi esa har xil bo’ladi. Har qanday darajadagi rahbar o‘z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o ‘z vaqtida qabul qilinmagan qaror yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo‘lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog‘i lozim.


Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə