Bayonnomasi №8



Yüklə 0,53 Mb.
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#117733
dars tahlil bayonnomasi G.Qutlimuratova


Filologiya va san’at fakulteti “Umumiy filologiya” kafedrasining navbatdan tashqari o’tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI № 8
01.05.2023-yil Urganch shahar
Qatnashdilar: “Umumiy filologiya” kafedrasi mudiri v.b. M.Matquliyeva va kafedraning barcha a’zolari.


O‘tish joyi: Filologiya va san’at fakulteti 1.8-xona.
Mashg’ulot turi: Seminar
Mavzu: “Сюжет, конфликт, способы создания человеческого характера в художественном произведении”
Jihozlar: plakatlar, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar
Dars metodi: “Savol-javob”, “Klaster”, “Aqliy hujum” metodlari


KUN TARTIBI:
“Umumiy filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Qutlimuratova Gavharning “Adabiyotshunoslikka kirish” fanidan O`zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi 223- guruhda o‘tkazilgan “Сюжет, конфликт, способы создания человеческого характера в художественном произведении” mavzusidagi dars mashg‘uloti to‘g‘risida


ESHITILDI:
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kafedra mudiri v.b. M.Matquliyeva so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida kafedra o‘qituvchisi G.Qutlimuratovaning 2023-yil 1-may kuni O`zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi 223-guruhda “Adabiyotshunoslikka kirish” fanining seminar mashg‘ulotida “Сюжет, конфликт, способы создания человеческого характера в художественном произведении” mavzusidagi darsni tahlil qilgani to‘g‘risida gapirdi. Dars DTS talabiga mos holda tashkillashtirilganligi, lekin talabalar faolligi va tirishqoqligi o‘rta darajada bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi. M.Matquliyeva o‘z so‘zida darsda didaktik materiallar mavjudligi, dars jarayonida og’zaki “Savol-javob”, “Klaster”, “Aqliy hujum” metodlaridan foydalanilganligi, o‘qituvchi texnologik vositalardan unumli foydalanganligi, auditoriya ko`plab kreativ ko`rgazmalar bilan bezatilganligi haqida gapirdi. M.Matquliyeva bunday o’tkazilgan mashg’ulotga o’z munosabatlarini bildirishni majlis qatnashchilaridan so’radi.
Dars muhokamasida kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fikr-mulohazalar bildirildi:
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha fakultet dekan o`rinbosari S.Qutlimuratov o‘z so‘zida dars ajoyib o‘tganini, ayniqsa, talabalar tomonidan tashkillashtirilgan sahna ko`rinishini ijobiy baholadi. Talabalarning darsda qatnashishi, savol-javob o`yinida faol bo`lganligidan xursand bo`lganini aytdi. Lekin talabalarning barchasi ham rus tilida ravon gapira olmasligini aytib, talabalarning o`zaro bir biri bilan rus tilida muloqat qilishlarini maslahat berdi. Shu bilan birga kelgusi o`qishlarimizda omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Xulosa qilib, dars yaxshi o`tganini ta`kidladi.
Bildirilgan fikr-mulohazalardan so‘ng,
Qaror qilindi:

  1. Kafedra o‘qituvchilarining axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. G.Qutlimuratova tomonidan “Adabiyotshunoslikka kirish” fanidan “Сюжет, конфликт, способы создания человеческого характера в художественном произведении” mavzusidagi seminar mashg‘uloti yaxshi o‘tkazildi, deb hisoblansin.

  3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash kafedra mudiri v.b. M.Matquliyeva zimmasiga yuklatilsin.



Yig‘ilish raisi: dots.v.b M.Matquliyeva


Kotiba: A.Masharipova



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə