Bellashuv uz Fizika fani 9-sinf Yozma ish III variant



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#152515
1   2   3
9-10-11-fizika olimpiada yaxshi

FIZIKA fani 10-sinf Yozma ish III variant

1. 8 km/soat tezlik bilan chopib kelayotgan 60 kg massali odam 2,9 km/soat tezlik bilan ketayotgan 80 kg massali aravachani quvib yetadi va unga sakrab chiqadi. Shu paytda aravacha qanday tezlik bilan harakat qiladi? Agar odam aravachaga qarshi tomondan kelib chiqsa, u qanday tezlik bilan harakat qiladi?


2. Kub shaklidagi alyuminiy jismni muz parchasini ustiga qo‘yilganda , kub to‘laligicha muz ichiga kirib ketdi. Kub qanday temperaturagacha qizdirilgan edi? Muzning temperaturasi 00C. Issiqlik isrofi hisobiga olinmasin.
3. m2 massali tinch turgan jismga, m1 massali jism  tezlik bilan kelib urilib, unga yopishib qoladi. Jismlarning noelastik to‘qnashuvidan so‘ng tezliklarini va issiqlikka aylangan kinetik energiya qismini toping. Tashqi kuchlar hisobga olinmasin.
4. Hajmi V0 va bosimi p0 bo‘lgan idishdan porshenli nasos yordamida havosi so‘rib olinmoqda. Idishdagi bosimni p gacha kamaytirish uchun nasos porsheni necha marta borib kelishi kerak? Nasosning ishchi hajmi V ga teng.
10-sinf fizika laborotoriya ishi
Suyuqlikning sirt tarangligini aniqlash.


FIZIKA III Variant
1. Bir simni teng ikki bo`lakka bo`lib ikkala bo`lagi ustma- ust tashlansa simning qarshiligi qanday o`zgaradi.
A) 2 marta oshadi B) o`zgarmaydi C) 2 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
2. O`tkazgich 5 ta teng bo`lakga bo`linib zich qilib eshilganda qarshiligi 1Om bo`ldi o`tkazgichning dastlabgi qarshiligini toping?
A) 5 Om B) 10 Om C) 15 Om D) 25 Om
3. Tok kuchini o`lchovchi asbobni ko`rsating?
A) Voltmetr B) Ommetr C) Ampermetr D) Metr
4. Kuchlanish o`zgarmagan holda elektr qarshilik 2 marta kamaysa tokning quvvati qanday o`zgaradi?
A) 2 marta oratdi B) 2 mata kamayadi C) 4 marta kamayadi D) o`zgarmaydi
5. Agar 300m yo`lda avtomobil tezligini 36km/soatdan 72km/soatgacha oshirgan bo`lsa uning tezlanishini toping.
A) 3m/s2 B) 2m/s2 C) 1m/s2 D) 0,5m/s
6 . Avtomobilning tezligi 72km/soat, g`ildiragining radiusi 31sm. G`ildiragning burchak tezligi qanday (rad/s) ?
A) 44,5 B) 54,5 C) 64,5 D) 68,5
7. L uzunlikdagi simni teng 2 ga bo`lganda uning bikrlik kuchi necha marta o`zgaradi?
A) 2 marta oshadi B) 2 marta kamayadi C) 4 marta oshadi D)4 marta kamayadi
8. Kondensatorning kuchlanishini o`zgartirmasdan uning zaryadi miqdori 2 marta oshirildi uning sig`imi qanday o`zgaradi.
A) 2 marta oshadi B) 2 marta kamayadi
C) o`zgarmaydi D)4 marta kamayadi
9. 1 birlik vaqt ichida o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasidan oqib o`tgan zaryad miqdoriga son jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikga __________ deyiladi.
A) kuchlanish B) tok kuchi
C) tokning quvvati D) energiya
10 . Massasi 4 t bo`lgan yuk ortilmagan (bo`sh) yuk mashinasi 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Agar mashina o`sha tortishish kuchida joyidan 0.2 m/ s2 tezlanish bilan qo`zg`alsa mashinaga ortilgan yukning massasi qanday? (t)
A) 3 B) 2 C) 4 D) 5
11. Elektr maydon kuchlanganligi formulasini ko’rsating.
A) B) C) D) A=q*m
12) Qarama-qarshi ishorada teng miqdorda zaryadlangan ikki o’tkazgichdan iborat to’plovchi qurulmaga ……. deyiladi.
A)Elektraskop B)Elektrometr C)Kondensator D) Kondensator- Elektraskop

13. 40 l hajmli idishda 200 kPa bosim ostida turgan 300 K temperaturali gazning modda miqdorini (mol) aniqlang. R=8,3 J/(molK).


A) 2,4 B) 5,5 C) 3,2 D) 4,2

14. 20 0C haroratli 40 l suvga 500C haroratli 20 l suv aralashtirildi. Aralashmaning haroratini toping?


A) 250C B) 300C C) 350C D) 400C

15. Val minutiga 3000 marta aylanadi. Bunda unga birlashtirilgan to`rt taktli dvigatelning har bir silindrida yonuvchi aralashma bir sekundda Necha marta chaqnaydi?


A) 20 B) 25 C) 30 D) 50

16. Elektr plita spiralidan 10 minutda 1875∙1019 ta electron oqib o`tadi. Tok kuchi qanday? (e=1,6∙10-19C)


A) 12 A B) 14 A C) 5A D) 10A

17. Ikki uchi ochiq va uzunligi 1 m bo`lgan shisha trubani yarmigacha simobga botirildi. So`ngra trubaning uchini barmoq bilan berkitib ko`tarildi. Trubada qanday balandlikdagi simob ustuni qoladi? Atmosfera bosimi750 mm.sim.ust.


А) 15 sm B) 75 sm C) 25 sm D) 50 sm
18. Fokus masofasi 2,5sm bo`lgan lupaning kattalashtirishi nimaga teng? Eng yaxshi ko`rish masofasi 25 sm.
Javob__________________________________________________________

19. Molekulalarning to`xtovsiz va tartibsiz harakatiga …deb ataladi


Javob_____________________________________________________

20. Elektr tarmog`iga ikkita bir xil plitkani ketma-ket ulandi. Plitkalardan ajralib chiqayotgan quvvatlar pasportidagi quvvatlardan qancha farq qiladi?


Javob_____________________________________________________

21. Jism o‘z hajmining 75% simobga botgan holda suzib yuribdi. Jism zichligini toping. Simob zichligi 13600 kg/m3.


Javob_____________________________________________________
22. Teploxodning vater chizig`idan hisoblangan qirqim yuzasi 4000 m2. Unga yuk ortilganda u suvga 1,5 m cho`kdi. Ortilgan yuk massasini toping. Dengiz suvining zichligi 1030 kg/m3.
Javob_____________________________________________________
23. Teploxod dengizdan daryoga o‘tmoqda. Uning suvga botish qismi o‘zgarmasdan qolishi uchun undan 90 t yukni olishdi.Teploxodning daryoga o‘tgunga qadar bo‘lgan yuk bilan birgalikdagi massasini toping. Dengiz suvining zichligi 1030 kg/m3 gateng.
Javob_____________________________________________________
24. Erkin tushayotgan1 kg massali jismning beshinchi sekundda og‘irlik kuchinig quvvatini toping
Javob________________________________________________________
25. Suvli idishda muz parchasi suzib yuribdi. Uning ustidan kerosin quyilsa muzning botish chuqurligi qandayo`zgaradi?
Javob_____________________________________________________



Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə