Berdaq nomidagi qoraqolpoq davlat universiteti


I.3 Galvannik elementlar haqida



Yüklə 38,32 Kb.
səhifə4/8
tarix31.05.2023
ölçüsü38,32 Kb.
#114636
1   2   3   4   5   6   7   8
Документ Microsoft Office Word (1)

I.3 Galvannik elementlar haqida
Galvanik elementlar — elektr toki manbalarining umumiy nomi; elektrolit va unga botirilgan ikkita turli xil metall plastinka (elektrod)lardan iborat. Bunday elementlarning yaratilishiga italyan olimi, fiziolog L. Galvani jonivorlar ustida o’tkazgan tajribalar asosiy turtki bo’ldi. Nomi ham shundan kelib chiqqan. Galvanik elementlarda kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan energiya bevosita elektr energiyasiga aylanadi. A. Volta yaratgan volta ustuni birinchi Galvanik elementlar bo’lgan. 19-asr o’rtalarigacha Galvanik elementlar yagona elektr toki manbai hisoblangan. Elektrodlardan biri (musbati) anod, ikkinchisi (manfiysi) katod deb ataladi. Reaksiya natijasida elektrodlarda potensiallar farqi hosil bo’ladi. Bu elektrodlarni tutashtirib turadigan simda elektr toki vujudga keladi. Eng ko’p tarqalgan Galvanik elementlarda musbat elektrod o’rnida ko’mir tayoqcha, manfiy elektrod o’rnida rux tayoqcha, elektrod o’rnida esa novshadil eritmasi ishlatiladi. Suyuq elektrolit o’rnida quyuq pastalar qo’llanilsa, «quruq» element (Leklanshe elementi) hosil bo’ladi. Galvanik elementlarda reagentlar sarflanib (zaryadsizlanib) bo’lganidan so’ng u ishga yaroqsiz holga keladi, yaʼni ularni qayta zaryadlab bo’lmaydi. Galvanik elementlar ixtiro qilinishi bilan tok xususiyatlarini o’rganish va undan foydalanish imkoni yuzaga keldi, elektrotexnikaning fan sifatida shakllanishiga asos solindi.
Galvanik va kimyoviy qoplamlari
Galvanik usulda olinadigan qoplamalar asosan metallarni korroziyadan himoya qilish uchun qo’llaniladi. Galvanik qoplamalar himoyalash ta’siriga ko’ra anodli yoki katodli qoplamalar bo’lishi mumkin. Katodli galvanik qoplamalar asosiy qoplanadigan metallga nisbatan musbat potensialga, anodli esa manfiy potensialga ega bo’ladi. Masalan; Fe ga nisbatan Cu, Ni, Ag qoplamalar katodli, Zn, Cd qoplamalari esa anodli hisoblanadi. Katodli qoplamalar shikastlanganda anodda asosiy metal korroziyasi boshlanadi, anodli qoplamalar o’zi yemirilib asosiy metallni korroziyadan saqlaydi. Galvanik qoplamalar xromlangan, nikellangan, ruxlangan, kadmiylangan, mislangan, oksidlangan va kombinasiyalashgan usullarda olingan qoplamalarga bo’linadi. Xromli qoplamalar yuqori kattalikga, korroziyabardoshlik, yemirilishga qarshi xususiyatlarga ega. Xromli qoplamalardan sutsimon usulda olingan korrozionmexanik shikastlanishlarning oldini olish uchun qo’llaniladi. Kadmiyli qoplamalar himoya-dekorativ xususiyatlarga ega, xromli va ruxli qoplamalar birgalikda kombinasiyalashgan usullarda qo’llaniladi. Oksidli qoplamalar alyuminidan tayyorlangan buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Shuningdek ketma-ket yoki bir vaqtning o’zida har xil metallar bilan singdirib olingan galvanik qoplamalar ham yuqori darajadagi korroziyadan saqlash xususiyatlarga ega.
Kimyoviy qoplamalar galvanik qoplamalardan farq qilib, tashqi kublanish qo’llanilmasdan, suyuq ishqoriy va kislotali muhitlarda detallarni bitirish yo’li bilan olinadi. Kimyoviy qoplamalarning nikelli, oksidli va fosfotli turlari mavjud. Kimyoviy nikelli yoki nikel-fosforli qoplamlar har xil murakkab shakildagi detallarning korroziya bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa alyuminiy qotishmalarining elektrokimyoviy korroziyada korroziya bardoshliligi bu usulda yanada oshadi . Kimyoviy oksidli qoplamalarni olish ishqorli va kislotali muhitlarda olib boriladi. Bir vaqtning o’zida elektroizolyasiya va korroziyaga chidamlik zarur bo’lgan detallar sirtini qoplash uchun qo’llaniladi. Po’lat, chuyan , alyuminiy qotishmalari, rux va magniylardan tayyorlanadigan detallarini atmosfera, benzin va kerosin muhitlarda korroziyadan saqlash uchun ularning sirtlari fosfotli qoplamlar bilan qoplanadi. Kimyoviy qoplamlarning ustidan lak bo’yoq qoplamalarning qo’llanilishi sirtning korroziyasiga chidamliligini yanada oshiradi. Galvanik va kimyoviy qoplamalarni olish usullari, har xil tuzlar, ishqorlar va kislotalar ishlatilganligi uchun, galvanik jihozlarning, o’zining korroziyaga uchrashiga sabab bo’ladi va bu usulda ishlov berishda zaruriy mehnat muxofazalari va ekologik e’tiborini talab qiladi.

Yüklə 38,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə