Berdaq nomidagi qoraqolpoq davlat universiteti


I.4 Kimyoviy termodinamika



Yüklə 38,32 Kb.
səhifə5/8
tarix31.05.2023
ölçüsü38,32 Kb.
#114636
1   2   3   4   5   6   7   8
Документ Microsoft Office Word (1)

I.4 Kimyoviy termodinamika
Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning qonun va tushunchalari kimyoviy jarayonlarga tadbiq etadi. Kimyoviy termodinamikaning qonuniyatlarini keltirib chiqarish uchun sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatini, shuningdek jarayon borayotgan shart – sharoitlarni (temperatura, bosim va x.k.) bilish lozim. Kimyoviy termodinamikani kamchiligi – moddaning ichki tuzilishi va borayotgan jarayon mexanizmi haqida hech qanday xulosa qilinmaydi.
Termodinamika uch bo’limdan, aniqrog’i uch qonun va ularning tadbiqidan iborat. Bu qonunlar posto’lat harakteriga ega. Ya’ni bu qonunlarni to’g’ridan-to’g’ri isbotlab, keltirib chiqarib bo’lmaydi, lekin odamzodning ming yillik xayotiy tajribalari ularning to’g’riligini isbotlab turibdi. Shuning uchun goxida bu qonunlarni 1,2,3-posto’latlar deb ham atashadi. Boshqa tomondan bu qonunlarni bir – biridan keltirib chiqarib bo’lmasligi va ulardan shu bo’lim uchungina qonuniyatlar chiqarilgani uchun ularni ba’zida boshlanmalar ham deb atashadi. Ya’ni birinchi boshlanma, ikkinchi boshlanma va x.k. Kimyoviy termodinamikada umumiy termodinamikadagi tushuncha, terminlar ishlatiladi. Bulardan eng asosiysi, ko’p qo’llaniladigani sistemadir. Sistema deb, real yoki shartli ravishda tashqi muhitdan ajratilgan va bir – biri bilan doimiy ta’sirda bo’lib turgan moddalar (jism) yoki moddalar guruhiga aytiladi. Misol; fikrdagi gaz yoki biror xajmdagi suyuqlik va xokazo. Sistemalar izolirlangan yoki izolirlanmagan bo’lishi mumkin. Izolirlangan sistema deb, tashqi muhit bilan modda va energiya almashinmaydigan, binobarin xajmi va energiyasi turg’un bo’lgan sistemaga aytiladi. Agarda sistema tashqi muxit bilan energiya va modda almashinsa bunday sistemalar ochiq; agar faqat energiya almashinuvigina sodir bo’lishi mumkin bo’lib, modda almashinuvi bo’lmasa sistema yopiq deb ataladi. Yopiq sistemaga issiqlik kelishi yoki undan ketishi mumkin. Agar jarayon mobaynida sistemada issiqlik ajralmasa yoki unga yutilmasa bunday jarayon – adiabatik jarayon deb ataladi. Sistemani harakterlaydigan fizik va kimyoviy xossalar yig’indisiga termodinamik sistemaning xolati deyiladi. Termodinamik sistemaning xolatini termodinamik parametrlar (xossalar) harakterlaydi. Bularga temperatura, bosim, xajm, konstentrastiya va boshqalar kiradi. Bular ikki xil-ekstensiv va intensiv bo’lishi mumkin.
Ekstensiv xossalarga sistemaning masasiga bog’liq bo’lgan xossalar – og’irlik, massa, sistemaning xajmi kabilar kiradi. Sistemaning massasiga bog’liq bo’lmagan xossalar – temperatura, bosim, potenstial, molyal xajm, solishtirma xajm va boshqalar intensiv xossalar deb ataladi. Sistemada kamida bir termodinamik parametrning o’zgarishiga termodinamik jarayon deyiladi. Jarayonlarning borish sharoitlariga qarab izobarik, izotermik, izoxorik, adiabadik, izobarik – izotermik va boshqa turdagi jarayonlar deb ataladi. Misol uchun bosim o’zgarmas (R-const) sharoitda boradigan jarayon - izobarik jarayon deb ataladi.


Yüklə 38,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə