Berdaq nomidagi qoraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 38,32 Kb.
səhifə2/8
tarix31.05.2023
ölçüsü38,32 Kb.
#114636
1   2   3   4   5   6   7   8
Документ Microsoft Office Word (1)

Ishning dolzarbligi: Azotli va kaliyli o‘g‘itlarga talab to‘la qoplanadi, fosforli o‘g‘itlarga talabni qondirish darajasi bir necha barobar oshiriladi. Ayni paytda tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 14 foizi, jumladan, kimyo tarmog‘ida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va gips xomashyosidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish e’tibordan chetda qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan noo‘g‘it mahsulotlar, asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat. Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta va noorganik moddalar bo‘yicha 8 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Prezidentimiz mutasaddi rahbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini ta’minlash lozim.
Ishning maqsadi: Galvanik elementni mukammallashtirish borasidagi ilmiy tadqiqotlari natijasida metall tuzlarini elektrokimyoviy usulda qaytarib katodda sof metall olib galvanotexnikaga asos solindi. Hozirgi vaqtda suv, tuzlarning suvdagi eritmalari va organik moddalarni metall ajratmasdan elektroliz qilishga asoslangan kuchli elektrokimyoviy ishlab chiqarish mavjud.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi an’anaga ko’ra kirish, I bob adabiyotlar sharhi, II bob tajriba qismi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat bo’lib, Times New Roman bosma taboqda, 14 o’lcham va 1,5 intervallarda yozilgan. Kurs ishining hajmi 31 sahifadan tashkil topgan. 8 ta adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.


I. ADABIYOTLAR SHARHI
I.1 Fizik kimyoviy analiz usullari
Fizik kimyoviy analiz - modda yoki sistemaning fizik xossalari bilan uning tarkibi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganadigan kimyoviy termodinamika usuli. Fizik kimyoviy analizda sistemaning turli fizik xossalari, koʻpincha fazaviy oʻtish tempetaraturasi va boshqa issiklik xossalari (issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiqlik sigʻimi, issiqlikdan kengayishi), elektr (elektr oʻtkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanligi), optik (sindirish koʻrsatkichi), zichlik, qovushqoqlik, qattiqlik kabi xossalari oʻrganiladi. Tekshirilayotgan obʼyektning rentgen strukturaviy analizi, mikroskopik metallografiya va boshqa usullari bilan aniqlanadigan tavsiflaridan ham foydalaniladi. Fizik kimyoviy analizning asosiy usuli — xossa (tarkib) oʻzgarishi bilan holat oʻzgarishi (tarkib — tra, tarkib — bosim va h.k.)ning geometrik analiziga asoslangan. Chunki fazalar muvozanatlarini analitik aniqlash usuli qiyin boʻlib, fazalar sohasini taqriban aniqlay oladi. Diagrammalarni geometrik analiz qilish usuli faza strukturasi va tarkibining oʻzgarishini toʻgʻri aniqlashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. Bu Fizik kimyoviy analizning baʼzi koʻp fazali, koʻp komponentli sistemalar — qotishmalar, minerallar, eritmalar, karbidlar, oksidlar, yarim oʻtkazgich va oʻta oʻtkazgich materiallar, organik birikmalardan iborat sistemalar va boshqalarni tadqiq qiluvchi muhim usulga aylanishiga keng yoʻl ochadi.
Fizik kimyoviy analiza. kimyo va kimyotexnologiyaning barcha sohalarida, shuningdek, metallurgiya, geomineralogiya tadqiqotlarida va boshqalarda qoʻllanadi.
Fizik kimyoviy anliz usullariga quyidagilar kiradi:
-Spektral va boshqa o’ptik analiz modda bilan elektromagnit nurlaming ta’siri natijasida turli o‘zgarishlarni o‘lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar).
-Ajratish va konsentrlash analiz moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo).
-Elektrokimyoviy anliz elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o ‘zgaradigan elektrokimyoviy ko'rsatkichlarni o ‘lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).
Optik usullarda sistemaning tarkibi va optik xususiyatlari orasidagi bog’lanishdan foydalaniladi (yorug’lik yutilishi, yorug’lik sochilishi, yorug’likning sinishi, sindirish ko’rsatkichi va boshqalar).
Xromatografik metodlar ko’p komponentli sistemalarda shu komponentlarni bir - biridan ajratish va analiz qilishga asoslangan.
Xromatografiyaning ham turlari ko’p, ularga quyidagilar kiradi:

  1. Ion almashish xromatografiyasi.

  2. Gaz - suyuqlik xromotagrafiyasi.

  3. Suyuqlik xromatografiyasi.

  4. Yupka qatlamli xromatografiya.

  5. Qog’ozdagi xromatografiya.

Bularning qishloq xo’jaligiga nima aloqasi bor. - degan savol tug’ilishi mumkin. Aloqasi shundan iboratki qishloq xo’jalik maxsulotlari va chorva maxsulotlarining hosili to’g’ridan-to’g’ri yerning tarkibi, undagi makro, mikroelementlarni aniqlash, yerga solingan o’g’itlar, zaharli moddalar va boshqalarga bog’liq. Ulardan tashqari qishloq xo’jaligi va chorva maxsulotlarining sifatini aniqlash va bilish muxim ahamiyatga ega.
Ekstraksiya — moddalami eritmadan yoki qattiq modda aralashmalaridan ajratib olish usullaridan biridir. Ekstraksiya ajralayotgan modda va aralashmalarning har xil erituvchilarda turlicha erishiga asoslangan. Ekstraksiya murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo'lib, moddaning bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik orasida taqsimlanishi va massalar ta’siri qonunlariga bo'ysunadi. Analizda suvli eritmalardan moddalar organik erituvchilar yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Ekstraksiyada ishlatiladigan asosiy tushunchalar:
Ekstraksiya reagent — toza organik erituvchi yoki biror reagent sifatida aniqlanadigan moddani suv fazasidan ajratib (siqib) chiqaruvchi modda.
Ekstrakt — suv fazasidan ekstraksiya qilingan, ya’ni ajratib olingan modda.
Reekstraksiya — ekstraksiyaga teskari jarayon.
Reekstragent — ekstrakdan suv fazasiga o'tgan eritma.
Reekstrakt — alohida olingan suv fazasidagi ekstrakt.
Ekstragentning fizik yoki ekstraksiyalash xossasini yaxshilash, ba’zan suyultirish uchun inert organik erituvchilar ishlatiladi.
Erigan A moddaning ikki faza orasida taqsimlanishi, erigan modda konsentratsiyasini bir fazada oshib, ikkinchi fazada kamayishi demakdir.



Yüklə 38,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə