Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati



Yüklə 93 Kb.
səhifə1/6
tarix21.10.2023
ölçüsü93 Kb.
#129793
  1   2   3   4   5   6
Ichimlik suvi tarkibi va uning sifatiga qo’yiladigan talablar


Ichimlik suvi tarkibi va uning sifatiga qo’yiladigan talablar

Reja:


  1. Ichimlik suviga qo’yilgan gigiyenik talablar.

  2. Ichimlik suviga gigiyenik baho berish

  3. Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari.



Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati
Gigiyenik nuqtai nazaridan toza suv – hayot manbayi, salomatlik hisoblanadi. Suv inson hayoti, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashqi muhit omillaridan biridir. Odam gavdasi vaznining 65 – 75% suvdan iborat. Suv organizmga zarur mikroelementlarni (yod, ftor, kobalt va boshqalar) olib kirishda, ovqat mahsulotlarini to‘qimalarga tarqatishda, teri va nafas yo‘llaridan bug‘ holatida chiqishi bilan tana haroratini muvozanatda saqlashda va organizmda suv-tuz muvozanatini saqlab turishda ishtirok etadi.
Shunday qilib, organizmda kuzatiladigan barcha biokimyoviy reaktsiyalar suvli eritmalarda ro‘y beradi. Suv ichishni to‘g‘ri tashkil etishda sutkalik ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazarda tutmoq zarur. Masalan: sutda 87%, yangi sabzavot va mevalarda 96%, kartoshka va go‘shtda 75%, nonda 47% gacha suv bo‘ladi. Suvni yoki chanqoqni qondiruvchi ichimliklarni haddan tashqari ko‘p ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, ajratish a’zolarining faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda organizmning teri sathida ko‘p miqdorda suyuqlik ajraladi, bu bilan bir qatorda, ter bilan organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar chiqib ketadi.
Suv-tuz almashinuviga nisbatan olinganda me’da-ichak yo‘li ancha faol bo‘ladi. Suyuqlikning ko‘proq qismi almashinuviga nisbatan olinganda me’da-ichak yo‘li bir kecha-kunduzda 8 litr atrofida shira ajratadi, buning ko‘p qismi qaytadan so‘rilib, ajralib chiqqan hazm shiralarining atigi 2% (hajmiga nisbatan olganda) axlat bilan chiqib ketadi.
Organizmni suyuqlik bilan kun davomida bir tekis, muntazam ta’minlash muhim. Suyuqlikning ko‘proq qismi tushlik ovqat vaqtida qabul qilinadi.
Odam bir kecha-kunduz mobaynida yoshiga qarab 100 ml dan 3000 ml atrofida suv iste’mol qiladi, jumladan, 1200 – 1300 ml suvni suyuqlik ko‘rinishida, 1000 – 1100 ml suvni esa ovqat tarkibida iste’mol qiladi. Oziq moddalarning endogen oksidlanish natijasida organizmda 300 ml atrofida suv hasil bo‘ladi.
Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 5 kun mobaynida, bolalarda esa 3 – 5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi. Buylrak, o‘pka, me’da-ichak yo‘li, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi. Atrofdagi havo harorati baland bo‘lib turganida 4 -5 litr suv ter bilan birga teri orqali chiqib ketadi, shuning uchun suvga ehtiyoj yanada ortadi. Normal haroratda teri orqali 300 – 400 ml suv ajralib chiqadi. Tashqi muhit sharoiti va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab, bir kecha-kunduzda bo’ylrak orqali 0,5 ml dan 2,51 ml gacha suv ajralib chiqadi.
Bir kecha-kunduzda chanqoqni bosish uchun iste’mol qilinadigan suv miqdori kishi sarflaydigan energiyaga bog‘liq tarzda 2,5 – 4,1 ni tashkil etadi.
Yo‘qotilgan suv miqdorining ortib borishi bilan odam o‘zini yomon his qila boradi. Organizm tarkibidagi 10,0% suvni yo‘qotish modda almashinish jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Havo harorati 300 C va undan yuqori bo‘lganida 25% suvning organizmdan chiqib ketishi esa o‘limga olib kelishi mumkin.
Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati darajasi suv bilan ta’minlanish sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. Aholi jon boshiga suv sarfi qishloq joylarida 40 – 60 litr, vodoprovod va kanalizatsiya bor, lekin vannasi yo‘q binolarda 125–160 litr, vannasi bor bo‘lsa 160–230 litr, markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimi bor binolarda 230– 350 litr, yirik shaharlarda 500–1000 litr atrofida bo‘ladi.
Toza suv tanqis bo‘lgan joyda aholining salomatligi xavf ostida qolishi tabiiy. Demak, suv organizmning fiziologik, gigiyenik talablariga va xo‘jalik ehtiyojlariga sifat va miqdor jihatidan to‘la javob beradigan bo‘lishi kerak. Ichimlik suvning sifati organoleptik xossasi, kimyoviy tarkibi, kasallik tarqatuvchi mikroblar hamda radioaktiv nurlarning bor yoki yo‘qligi bilan ifodalandi.
Suvning organoleptik xossasi – bu suvni organizmning sezgi organlari orqali aniqlanadigan bir qancha belgilari, ya’ni uning tiniqligi, rangi, ta’mi, harorati, qattiqligi va hidi bilan baholanadi.
Iste’mol uchun mo‘ljallangan suv ichida organoleptik jihatidan gigiyenik talablarga javob bera olmaydigan jumladan, loyqa, rangli, badbo‘y hidli, achchiq, nordon, taxir suv manbalari bor. Bunday suv ko‘ngilni ozdiradi, chanqoqni bosmaydi, garchi salomatlik uchun xavfli bo‘lmasa ham aholi undan foydalanmaydi. Suv manbalaridagi suv, bir-biridan kimyoviy tarkibiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Mineral tuzlar miqdori ortgan sari suvning ta’mi buzilib, me’da-ichak yo‘li hamda boshqa a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zi tuzlar, masalan, nitrit, ftorid ma’lum miqdorda zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Bu jihatdan tashqi muhit ta’siriga chidamli, kuchli, turg‘un, zaharli xususiyatlarga ega aksariyati xlororganik guruhlarga kiruvchi birikmalarni suvga tushishi katta xavf tug‘dirishi mumkin.
Tabiiy suv bir-biridan kimyoviy tarkibi va minerallanish xususiyatiga qarab farqlanadi. Tabiiy suv tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdori bir necha 10 dan 1000 mglitrgacha etadi.
Odam organizmi bir kecha-kunduzda 20 gr gacha mineral moddalarni (2-5% ) ichimlik suvidan oladi. Lekin yuqori darajada minerallashgan suvni iste’mol qilgandagi tuz miqdori ovqatlanganda olinadigan mineral tuzlarning 10 – 30% (ba’zi tuz birikmalari bundan ham ko‘p) ni tashkil qiladi.
Respublikamizning ba’zi viloyatlarida (Farg‘ona, Namangan, Toshkent) tarkibida xlor-natriykalsiy tutgan past radioaktivlikka ega suv manbalari mavjud. Bunday suvlar Farg‘ona artezan havzasining poliogen chiqindilari orasidagi chiqindilaridan chiqadi. Ular yuqori darajada minerallashgan bo‘lib, tarkibida azot, yod (30 mg), brom (20 mg/l) va boshqa moddalar bor. 800 – 3000 metr chuqurlikda 7 tagacha suvli qatlam borligi aniqlangan, quduqlardan otilib chiqadigan suvning sarfi sutkasiga 690 – 730 m3 ni tashkil qiladi. Shu sababli bunday suvlar Chortoq, Gulshan, Chimyon va boshqa sanatoriyalarda – teri, bod, yurak-tomir, harakat organlari, ginekologik kasalliklarini fizioterapevtik usullar bilan davolashda foydalidir.
Tabiiy suvlar tarkibida mikroelementlarning ko‘p yoki kam miqdorda bo‘lishi ba’zi surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tabiiy ko‘p uchraydigan endemik kasalliklarga flyuoroz kiradi. R.D.Gabovich, G.D.Ovrusskiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, flyuoroz kasalligi suv tarkibida ftorning miqdori 1,5 mg/l dan ortiq bo‘lgan barcha joylarda uchraydi.
Suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/l dan kam bo‘lganda maktab o‘quvchilari orasida karies kasalligi ko‘paygani qayd etilgan. Shu sababli R.D.Gabovich, A.A.Minx, V.A.Knijnikov va boshqalarning tavsiyasiga binoan ichish uchun mo‘ljallangan suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/l dan kam bo‘lganda hamda shu hududda karies kasalligi ko‘payganda, vodoprovod suvlariga ftor qo‘shish yo‘li bilan uning miqdorini 1,5 mg/l gacha yetkazish tavsiya etilgan. Ushbu miqdor me’yor sifatida jahon miqiyosida qabul qilingan.
L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbai ekanligini ilmiy jihatdan asoslagan, R.Kox Hindistondagi suv saqlanadigan idishlardan vabo vibrionini topgan.
Yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar suvda o‘z hayot faoliyatini saqlab qolish xususiyatiga ega bo‘lsa, bunday suv iste’mol qilinganda odam yuqumli kasallik bilan og‘rishi mumkin.Ich terlama, ichburug‘, vabo, leptospiroz, tulyaremiya, brutsellyoz, Botkin kasalligi va boshqa enterobakteriyalar suv orqali yuqadi. Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari suvga bemor va bakteriya tashuvchilarning ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‘y beradi. Epidemiologikjihatdan ochiq suv manbalari ayniqsa havotirli hisoblanadi.
Ommaviy cho‘milish, kemalar ifloslarining suv havzalariga tashlanishi, qirg‘oqlarga axlat to‘qilishi va ularning yomg‘ir suvi bilan yuvilishi, suv havzalarida kir yuvish, hojatxonlarning yer osti suvlariga ta’siri, iflos chelaklardan quduqlarga patogen miroorganizmlarning tushib qolishi ham suvning zararlanishiga sabab bo‘ladi.
Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‘diradi. Shubhali, ochiq suv manbalarida cho‘milish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. 1950- yillardan boshlab, suv manbalarining sun’iy radioaktiv izotoplar bilan ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a’zolarda kumulyatsiya qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganlar aholini yetarli miqdorda gigiyenik talablarga javob beradigan toza suv bilan ta’minlash, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish muhim sog‘lomlashtirish tadbirlari hisoblanishidan dalolat beradi.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə