Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati


Ichimlik suviga gigiyenik baho berish



Yüklə 93 Kb.
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü93 Kb.
#129793
1   2   3   4   5   6
Ichimlik suvi tarkibi va uning sifatiga qo’yiladigan talablar

Ichimlik suviga gigiyenik baho berish
Ichimlik suv sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar va uni sanitariya nuqtai nazaridan baholash
Aholi ho‘jalik-turmush maqsadlarida ishlatiladigan suv quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak:

  • Yaxshi organoleptik xususiyatlarga va kishini tetiklashtiruvchi haroratga ega bo‘lishi, tiniq, rangsiz, ta’msiz va hidsiz bo‘lishi kerak.

  • Kimyoviy tarkibiga ko‘ra zaharsiz bo‘lishi kerak.

  • Tarkibida patogen mikroblar va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmasligi, ya’ni kasallik manbayi bo‘lib qolmasligi lozim.

  • Tarkibida radioaktiv moddalar ruxsat etilgan miqdordan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Suvning sifati ko‘p jihatdan suv manbayining sanitariya holatiga bog‘liq. Shuning uchun ham suv manbalariga baho berishda uning atroflari sanitariya-topografik jihatdan tekshiriladi. Bundan maqsad tuproqni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash, suv olish inshootlarini tekshirish, laboratoriya tekshiruvi uchun suv oladigan joyni belgilash va boshqalar. Bundan tashqari, bu suv manbayidan foydalanuvchilar orasida qanday kasalliklar uchrashini aniqlash, tumandagi epidemiologik ahvol bilan tanishish lozim. Bunda, asosan, aholi va uy hayvonlari orasida uchraydigan, suv orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan kasalliklar o‘rganiladi. Shunday qilib, sanitariya-topografik tekshirishlar natijasi bilan laboratoriya natijalari qiyoslanib, suv manbayi va suv gigiyenik nuqtayi nazardan baholanadi.
Aholiga vodoprovod bilan tarqatiladigan ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar amaldagi standartda o‘z ifodasini topgan. Suv sifatining standarti belgilangan me’yorga muvofiqligi vodoprovod tarmog‘idan olingan suvni sanitariya nuqtayi nazardan tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Suvni sanitariya nuqtai nazaridan tekshirish
Suvni sanitariya nuqtayi nazaridan tekshirishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
A). Suvning organoleptik hamda fizik xossasi;
B). Suvning kimyoviy tarkibi;
V). Suv sifatining bakteriologik ko‘rsatkichlari;
G). Suvda radioaktiv birikmalarning bo‘lishi;
Suvning organoleptik hamda fizik xossasi. Yaxshi organoleptik xususiyatlarga ega suv yuqori baholanadi. Bu tabiiy hol albatta, bunday suv tiniq, rangsiz, hidsiz, toza, chanqov bosishligi bilan ajralib turadi.
Suvning kimyoviy tarkibi. Sanoat tarmoqlarida chiqadigan oqava suvlarning suv havzalariga tozalanmay oqizilishi tufayli suv manbalari kimyoviy moddalar bilan ifloslanadi. Gigiyenistlar qo‘rg‘oshin, margimush, rux, mis va boshqa moddalarning suvda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorini ishlab chiqishgan, bu moddalar miqdori ichimlik suv sifati standartida ham ko‘rsatilgan. Ochiq suv manbalarining har xil pestitsidlar va o‘g‘itlar qoldiqlari bilan davomli ifloslanishi tuproq va suvlardagi flora va fauna faoliyatini ham o‘zgartirib yuboradi. Ayniqsa bu borada tashqi muhit ta’siriga chidamli pestitsidlar xavfli hisoblanadi.
Suv sifatining bakteriologik ko‘rsatkichlari. Suvga epidemiologik nuqtai nazaridan gigiyenik baho berishdan patogen mikroorganizmlar bor-yo‘qligini tekshirish murakkab va uzoq davom etadigan ishdir. Bunda bilvosita bakteriologik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Suv saprofit mikroblar bilan qancha kam ifloslangan bo‘lsa, u epidemiologik jihatdan kam xavfli bo‘ladi. Suv tarkibida ichak tayoqchasining bo‘lishi suvning najas bilan ifloslanganligini bildiradi. Demak, bunday suvda patogen mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin.
Saprofit mikroflorasining suvda bo‘lishi ifloslanish belgisi bo‘lib, uning darajasi «mikrob soni» tushunchasi bilan ifodalanadi.
«Mikrob soni» deb-1,0 ml tekshirilayotgan suvdagi mikroblar soniga aytiladi. Buning uchun go‘shtli peptonli agarga tekshirilayotgan suvdan 1,0 ml ekilib, termostatga 37 0C24 soatga qoldiriladi. Vaqt o‘tgach mikrob koloniyasi sanalib mikroblarning soni aniqlanadi. Mikrob soni suvning umumiy mikroblar bilan ifloslanganini bildiradi.
Suvning sifati koloniyalar soniga qarab aniqlanadi. Ifloslanmagan, yaxshi jihozlangan artezian quduqlarida koloniya miqdori 10 – 30, ifloslanmagan shaxta qudug‘ining suvida 300 – 400, bir qadar toza, ochiq suv manbalarida – 1000 – 1500, mikroblarga qarshi yaxshi ko’rashish choralari ko‘rilgan vodoprovod suvida 100 ga etadi.
Yana suvga bakteriologik baho berishda unda ichak tayoqchasi bor - yo‘qligi aniqlanadi. Suvda ichak tayoqchasining bor-yo‘qligi koli-titr yoki koli-indeks kattaligi bilan ifodalanadi.
Koli-titr deb – bitta ichak tayoqchasini saqlovchi eng kam suv miqdoriga aytiladi. Koli-titr qancha past bo‘lsa, suv odam ahlatidagi ichak tayoqchasi bilan shuncha ko‘p ifloslangan bo‘ladi.
Koli-indeks deb – 1,0 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soniga aytiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar suv zararsizlantirilgandan keyin koli-indeks uchgacha kamaygan (bunda kolititr 300 ml dan yuqori) bo‘lsa, unda tif, paratiflar guruhiga kiradigan patogen mikroblar, leptospiroz va tulyaremiya kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari butunlay nobud bo‘ladi. Vodoprovod suvining sifati yuqoridagi tahminlar asosida ishlab chiqilgan standart ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. 1,0 ml vodoprovod suvidagi saprofit bakteriyalar soni ko‘pi bilan 100bo‘lishi, koli-titr 300 ml dan kam bo‘lmasligi yoki koli-indeks 3 dan yuqori bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə