Totalitarizm



Yüklə 12,7 Kb.
tarix11.03.2018
ölçüsü12,7 Kb.

Aim.uz

Totalitarizm

Totalitarizm - (lot. Totalita.) — to'liq, butunlik, g'oyalar, fikrlar, nuqtai-nazar sifatida juda qadimiy ildizlarga ega. Miloddan avvalgi V asrda Geraklit donolik va mukammal bilim asosida barcha narsalarni boshqarish mumkin, deb hisoblagan. Aflotun, T.Mor, T.Kampanella, G.Babef. Sen - Simon, J.J. Russo davlatning aynan totalitar modellarini ishlab chiqishgan. Keyingi mualliflardan Fixte, Gegel, Marks, Nitshe, Lenin, Sorel, Zombart asarlarida bu g'oyalar rivojlantirilganini ko'ramiz.

Totalitarizm tushunchasi XX asr boshlarida K.Shmitt asarlarida, huquqiy davlat paradigmasini tanqidiy qayta ko'rib chiqish munosabati bilan, nazariy asoslab berilgan. 20 — yillarning oxirida tushuncha Italiyadagi real siyosiy tartibotni baholash uchun Djovani Amendola va Perro Gobbeti tomonidan ko'llandi. Ularning maqsadi totalitarizmning despotizm, oligarxiya, tiraniya kabi tartiblardan farqini ko'rsatish bo'lgan. Mussolini va uning tarafdorlari totalitarizm tushunchasiga ijobiy ma’no berishgan, uni ko'klarga ko'tarishgan. 20 — yillardan "totalitarizm" politologiyaning terminlaridan biriga aylandi. XX 40—50 yillarida R.Aron, "Demokratiya va totalitarizm" „X.Arendt,"Totalitarizm manbalari"„ K.Fridrix va Z.Bzejinskiy,"Totalitar diktatura va avtokratiya" asarlarida totalitarizm kontseptsiyasi yaratdilar.

Bu kontseptsiyalarni bugungi kunda "statik" deb ataladi, negaki ularda totalitar boshqaruv belgilarini aniqlash- bosh maqsad bo'lgan. Demak, totalitarizmga xos belgilarni aniqlash, so'ngra esa shu belgilarga mos yoki mos emasligi asosida u yoki bu jamiyat siyosiy tizimining totalitar yoki totalitar emasligini asoslashga xarakat qilingan.

Masalan, K.Y. Fridrix va 3. Bjezinskiy totalitarizmning sindromi (belgisini) ishlab chiqqan. Bular, etakchi, mafkura, davlat partiyasi, qurol va aloqa vositalariga davlat yakka hokimligi, terroristik yashirin politsiya va iqtisod ustidan davlat nazorati.

Totalitarizmning zamonaviy kontseptsiyalarida totalitarizmi huddi demokratiya, avtoritarizm singari siyosiy tizim turi sifatida qaraladi, unda hokimiyat amal qilishi usuli tahlil qilinadi. Shunga ko'ra totalitarizm butun jamiyat ustidan o'z nazoratini o'rnatishga xarakat qiluvchi, o'z legitimligini baxtli kelajak va {totalitar) mafkura bilan asoslovchi, absolyut haqiqatga da’vo qiluvchi tizimdir. Totalitarizm jamiyatda har qanday, shu jumladan, siyosiy plyuralizmni yo'q qilishga intiladi, buning uchun ommaga suyanadi, jamiyatni esa eng zamonaviy, eng ilg'or, deb xalqni ishontirishga urinadi. Totalitar jamiyatda davlat—partiyaga suyanuvchi mafkuraviy davlatdir. Siyosiy tizimni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar o'zlarining asl vazifalarini bajarmay, hukmron partiya—davlat birlashmasining ko'rsatmalarini bajaradi.

Totalitarizm modellarining amalda qaror topishi muayyan ijtimoiy sharoitlardagina mumkin bo'ldi. Totalitarizmning bosh va umumiy negizini jamiyatning industrial rivojlanish bosqichi tashkil etadi. U ommaviy kommunikatsiya tizimini vujudga keltirdi, ijtimoiy aloqalarni murakkablashtirdi, muntazam mafkuraviy ta’sir ko'rsatish, shaxs ustidan to'liq nazorat o'rnatish imkonini berdi. Iqtisodiy sohada — monopoliyalar tashkil topib, kuchayib borayotgan davlat bilan aloqalarini mustahkamlaydi. Hokimiyat hayotida ratsionalizm, tartib, boshqaruv elementlarining ko'payishi, fan, texnika, ta’lim sohalaridagi yutuqlar bilan uyg'unlikda butun jamiyat miqyosida oqilona tashkil qilingan va yalpi boshqarilishi mumkin bo'lgan hayot shaklini qurish imkonini berayotgandek. Ana shu yalpi tashkilotning markazi bo'lib kuch-qudratli davlat hokimiyati maydonga chiqa oladi. Totalitarizm manbalaridan yana, biri — kollektivistik dunyoqarashdir, shaxsning an’anaviy kollektivistik qadriyatlar emirilishidan ruhiy noroziligi, qoniqmasligi hamdir. Bu asos ayniqsa ijtimoiy—iqtisodiy inqirozlar davrida kuchayadi. Inqiroz davrida orginal guruhlar totalitarizm tarafdorlari bo'lib chiqadi. Masalan, Germaniyada natsional — sotsializmning ijtimoiy suyanchig'i bo'lib yangi oraliq sinf - idora xizmatchilari, mashinistkalar, o'qituvchilar, sotuvchilar, mayda xizmatchilar v.x.lar chiqdi. Ularning iqtisodiy ahvoli kasaba uyushmalari va davlat qonunlari bilan himoyalangan ishchilarnikidan ancha yomonlashgan edi.

Ammo sanab o'tilgan asoslardan faqat muayyan siyosiy sharoit mavjud bo'lgandagina foydalanish mumkin. Siyosiy manbalarga davlat ta’sirining keskin kuchayishi - "etatyzm", totalitar xarakatlar va yangi tipdagi partiyalar, mafkura, etakchi, ommaviy, yarimxarbiy tarkibli, to'liq itoatga asoslangan tashkilot mavjudligi kiradi.

Totalitar tartibotlar quyidagi belgilari va ko'rinishlari bilan ajralib turadi:

1. Butun jamiyat hayoti mafkuraga bo'y sundiriladi. Hukmron mafkuraga absolyut haqiqat maqomi beriladi. Mazmuniga ko'ra totalitar mafkura inqilobiydir. U yangi inson va yangi jamiyat ko'rishni asoslaydi.

2. Axborot manbalarining to'laligicha hokimiyat qo'lida ekanligi. Aholining siyosiy madaniyati siyosiy axborotlardan xabardorlik bilan almashinadi. g'oyaviy muholiflar dushman sifatida baholanadi;

3. Davlat mavqeining kuchayib, fuqarolar jamiyati, har qanday shaxsiy hayotining yo'qqa chiqarilishi; Totalitarizmning asl maqsadi — fuqarolik jamiyatining har qanday ko'rinishlarini yo'q qilish. Inson yoki ijtimoiy guruhlarning mustaqilligini ta’minlovchi barcha, narsalar emiriladi, inson siyosatdan mutlaqo begonalashgani holda, siyosat sub’ekti deb baholanaveradi;

4. Rahbar partiya davlat apparati bilan birlashib ketishi natijasida jamiyatni nihoyatda markazlashgan davlat — partiya nomenklaturasi boshqaradi;

5. Ijtimoiy nazorat va zo'rlik apparati kuchayadi;

6. Markazlashgan iqtisod davlat mulkning barcha shaklari ustidan qattiq nazorat o'rnatishi;

Yuqorida sanab o'tilgan umumiy belgilar bilan birga totalitar tuzumlar muayyan farqlar, o'ziga xos belgilarga ham ega. Bu — ularning bir nechta ko'rinishlarini ajratib, o'rganish imkonini beradi. Hukmron mafkuraga ko'ra ularni kommunistik, fashistik, natsional — sotsialistik tartibotlarga bo'linadi. Totalitarizmning tarixan birinchi va klassik ko'rinishi — sovet tarzidagi kommunizm sotsializmdir. G’arbda uni "sul totalitarizm", deb ham baholanadi. Kommunistik jamiyat xususiy mulkni bekor qilish bilan shaxs erkinligini ham yo'q qiladi, davlatning mutloq hokimiyatini ta’minlaydi.

Fashizm Italiyada 1922 yilda o'rnatilgan. Italiya fashizmi asosan millat ravnaqi, Rum imperiyasi buyukligi tiklash vazifasini qo'ygan. Fashizm "ruhi"ni poklash, madaniy yoki etnik asosda kollektiv bir xillikni ta’minlash, jinoyatchilikni yo'qotish da’volari bilan chiqadi.

Natsional — sotsializm 1933 yilda Germaniyada vujudga keldi. U fashizmdan o'sib chiqqan bo'lsa—da, ko'p xususiyatlarini sovet kommunizmidan olgan. Xususan, inqilobiylikni, sotsialistik g'oyalarni, totalitar partiya va davlat tuzish shakllarini v.h. Faqat "sinf" tushunchasining o'rnini — "millat", "sinfiy manfaatlar"ni, “milliy va irqiy manfaat” oladi. Kommunistik tizimlarda kurash tig'i ichki, sinfiy dushmanga qaratilgan bo'lsa, natsional- sotsializmda tashqariga, boshqa xalqlarga qarshidir. Ushbu totalitar tuzumlarning asosiy farqi ularning turli maqsadlarida — (kommunizm, imperiyani tiklash, oriylarning dunyo hokimiyati) va suyanadigan ijtimoiy kuchlarning xar-xilligidadir (ishchilar sinfi, rimliklarning avlodlari, german millati). Shu uch totalitar davlat turlari ichida ham aynan o'xshashlari kam, ma’lum xususiyatlari bilan ular farqlanib turadi. Masalan, SSSRdagi stalinizm bilan Kampuchiyadagi Pol-Pot rejimi. Bu farqlarning manbaini albatta, madaniyatlaridagi farqlaridan izlash lozim.



Totalitar tartibotlarda siyosiy barqarorlik yuzaki, bu, ayniqsa, rahbarlar almashinuvi jarayonida kuzatiladi. Negaki, bu tartibotlarda hokimiyatlarning bir shaxsdan ikkinchisiga o'tishi tartibi, tadbirlari ishlab chiqilmagan, ishlamaydi. Totalitar davlat o'z zimmasiga juda ko'p vazifalarni yuklaydi, shu jumladan o'ziga xos bo'lmaganlarini ham, ammo, ularni to'la ko'lamda bajara olmaydi. Natijada bunday tartibotlar yoki emiriladi, yoki asta-sekin liberallashadi.

Aim.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə