Beshinchi gruppa kationlariga umumiy xarakteristika. Gruppa reagentlarining ta‘siri


Kumush nitrat bilan o’tkaziladigan reaktsiya



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#114919
1   2   3   4   5
Kationlar almashinib yutilishining asosiy qonuniyatlari

2.Kumush nitrat bilan o’tkaziladigan reaktsiya. AgNO3 arsenit ionlari bilan sarik rangli kumush arsenit cho’kmasini hosil qiladi:

Na2AsO3 + 3AgNO3 = Ag3AsO3 + 3NaNO3


Yoki
AsO3-3 + 3Ag+ = Ag3AsO3

CHo’kma HNO3 va NH4OH da eriydi, NH4OH da eriganda kompleks ion [Ag(NH3)2]+ hosil qiladi, kompleks ion eritmaga ozgina Kislota qo’shilganda yemiriladi va yana cho’kma hosil bo’ladi.


Reaktsiyaning bajarilishi. Natriy arsenitning 3-4 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi reaktiv eritmasi qo’shiladi.
Yodli suv bilan o’tkaziladigan reaktsiya Arsenit AsO3-3 ionlari yod ta‘sirida arsenat AsO3-3 ionlariga kadar oksidlanadi, yod esa yodid ionlariga kadar qaytariladi, natijada eritma rangsizlanadi:
AsO3-3 + J2 + H2O ↔ AsO3-4 +2H+ + 2J-
Reaktsiya qaytar bo’lganligi uchun eritmaga NaHCO3 qo’shiladi. U erkin Н+ ionlarini bog’laydi va muvozanatni chapga siljitadi:
Н+ + НСО-3 ↔ Н2О + СО2
Reaktsiyaning bajarilishi. 3-4 tomchi natriy arsenitga NaHCO3 ning bir necha kristallari va 1-2 tomchi yod eritmasi qo’shiladi.
b) As5+ ioniga xos reaktsiyalar
1.Vodorod sulfid bilan o’tkaziladigan reaktsiyalar. H2S xlorid Kislotali muhitda arsenat ionlarini sarik cho’kma As2S5 holida cho’ktiriladi:
2Na3AsO4 + 5 H2S + 6HCI = As2S5 + 6NaCI + 8H2O
CHo’kish bir ozdan so’ng amalga oshadi, uni tezlashtirish uchun aralashma 70o gcha kizdiriladi. Cho’kish oxirida eritma sovuk suv bilan suyultiriladi va unga yana H2S yuboriladi.
Vodorod sulfid ta‘sirida arsenit ionlari arsenat ionlariga qaytariladi:
Na3AsO4 + H2S = Na2AsO3 + H2O + S
Arsenit ioniga H2S ta‘sir ettirilganda As2S3 cho’kmasi ham hosil bo’ladi.
Mishyak (V) -sulfid ham mishyak (III) - sulfid kabi NA2S da yoki (NH4)2S da eriydi.
As2S5 + 3(NH4)2S2 = 2(NH4)3AsS4 +3S
As2S5 + 3Na2S = 2Na3AsS4 As2S5 + 3(NH4)2S = 2(NH4)2S = 2(NH4)3AsS4

SHuningdek As2S5 ishqorlarda, ammoniy qarbonatda va kontsentrlangan nitrat Kislotada eriydi:


As2S5 + 6NaOH = Na3AsS4 + Na3AsO3 + 3H2O


3 As2S5 + 3(NH4)2CO3 = (NH4)2AsS4 + (NH4)3AsO3 + 3CO2
3 As2S5 + 40HNO3 + 4H2O = 6H3AsO4 + 4NO + 15H2SO4

Na2AsO3S va (NH4)3AsO3S oksitioarsenat Kislotaning tuzlaridir.


Mishyak sulfidlari As2S3 va As2S5 kontsentrlagan xlorid Kislotada erimaydi.
Rektsiyaning bajarilishi. Natriy arsenatning 4-5 tomchi eritmasiga 4-5 tomchi 6 n HCI eritmasi qo’shiladi. Eritma 70o gacha kizdiriladi va unga murili shkafida vodorod sulfid yuboriladi. Hosil bo’lgan cho’kmaning ammoniy polisulfidda va ammoniy qarbonatda eruvchanligi tekshiriladi.



Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə