Beshinchi gruppa kationlariga umumiy xarakteristika. Gruppa reagentlarining ta‘siri


Ishqoriy muhitda ammoniy yoki natriy sulfidning ta‘siri



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə3/5
tarix01.06.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#114919
1   2   3   4   5
Kationlar almashinib yutilishining asosiy qonuniyatlari

Ishqoriy muhitda ammoniy yoki natriy sulfidning ta‘siri. V gruppa ktionlarini boshka gruppa kationlaridan vodorod sulfid ishlatmasdan ham ajratish mumkin. Ishqoriy muhitda (рН> 7) mishyak, kalay va surmaning kislorodli Kislotalari tuzlariga (NH4)2S yoki Na2S ta‘sir ettirilganida tiotuzlar hosil bo’lgani uchun V gruppa kationlarini boshka gruppa kationlaridan vodorod sulfid ishlatmasdan ham ajratish mumkin. Buning uchun kationlar aralashmasiga ishqoriy muhitda natriy sulfid yoki ammoniy sulfid ta‘sir ettiriladi. Bunda cho’kmada turtinchi va uchinchi gruppa kationalrining sulfidlari, filtratda beshinchi gruppaning tiotuzlari va birinchi hamda ikkinchi gruppa kationlari bo’ladi.
Beshinchi gruppa kationlarini birinchi va ikkinchi gruppa kationlaridan ajratish uchun filtratga Kislotali muhit hosil bo’lguncha tomchilatib, xlorid Kislota qo’shiladi. Bunda tiotuzlar parchalanadi, beshinchi gruppa kationlarining sulfidlari cho’kmaga tushadi, ularni tsentrifugalab birinchi va ikkinchi gruppa kationlaridan ajratiladi.
3. Vodorod sulfid va yodli suv bilan o’tkaziladigan reaktsiyalar

а) As3+ ioniga xos reaktsiyalar


1.Vodorod sulfid bilan o’tkaziladigan reaktsiya. Arsenitlarning Kislotali muhitdagi eritmalari orkali vodoord sulfid o’tkazilganda mishyak (III) sulfidning sarik cho’kmasi hosil bo’ladi:

2Na3AsO3 + 6HCI + 3H2S = As2S3 + 6NaCI + 6H2O


Reaktsiyaning bajarilishi. Probirkaga 4-5 tomchi natriy arsenit eritmasidan olib, unga ushancha xlorid Kislota qo’shiladi, hosil bo’lgan eritmaga vodorod sulfid yuboriladi. Cho’kma As2S3 hosil bo’ladi va u ammoniy polisulfida eriydi:


As2S3 + 2(NH4)2S3 = As2S5 +2(NH4)2S


As2S5 + 3(NH4)2S = 2(NH4)3AsS4

As2S3 ishqoriy metallarning sulfidlarida erib tioarsenit Kislota tuzlarini hosil qiladi:


As2S3 + 3Na2S = 2Na3AsS3
As2S3 ishqorlarda eriganda tioarsenit yoki arsenat Kislota tuzlari hosil bo’ladi:
As2S3 + 6NaOH = Na3AsS3 + Na3AsO3 + 3H2O
Kalay, surma sulfidlaridan farkli ravishda As2S3 ammoniy qarbonatda eriydi:
As2S3 + 3(NH4)2CO3 = (NH4)3AsS3 + 3CO2
Mishyak (III) sulfid kontsentrlangan nitrat Kislotada erib, mishyak va oltingugurt arsenat hamda sulfat Kislotaga kadar oksidlanadi:
3 As2S3 + 28HNO3 + 4H2O = 6H3AsO4 + 9H2SO4 + 28NO
Kontsentrlangan HCI da mishyak (III) – sulfid erimaydi, ana shu xossasi bilan u surma va kalay sulfidlaridan farq qiladi.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə