154
oshiriladi.
Ma’lumot-bibliografiya xizmati
— har
xil kitobxonlik
so‘roqlarini bajarish, ularga imkon qadar keng ma’lumotlar
berish.
Bibliografik axborot berish
— kitobxonlarning doimiy
so‘roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish
olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat ko‘rsatish,
axborot va
kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ‘ib
qilishdan iborat.
Bibliografik ishni tashkil etishning asosi kutubxona fondi va
ma’lumot-bibliografiya apparatidir.
Bibliografiya ishi vazifalari —
kitobxonlarning mustaqil o‘qishiga ta’sir etish. Bu vazifani amalga
oshirishda kartotekalar, bibliografik qo‘llanmalar, tavsiya xa-
rakteridagi ko‘rsatkichlar yordamida kitobxonlar o‘qishini
boshqarish, tashkil
etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni
axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish
ko‘nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi
va zarur hujjatlarni tanlab
olishga yordam beradi, undagi bilimni to‘g‘ri va aniq qabul
qilishga yo‘llaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi
(har doim jamiyat fan va texnikaning rivoji tufayli taraqqiy
topgan, bu esa ana shu
fan va texnikani boshqaruvchi, ishlab
chiquvchi mutaxassis kadrlarning bilimini oshirishga bog‘liq,
bunda bibliografiya yordamga keladi). Bibliografiya yordamida
mutaxassis zarur adabiyotlarni qidirib topadi, tanlaydi,
u bilan
ishlaydi, eng asosiysi, adabiyot tanlashda murakkabliklarga
uchramaydi.
Dostları ilə paylaş: