Bibliografiya lat p65


Zuhra Shukurovna Berdiyeva



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
Библиография

Zuhra Shukurovna Berdiyeva 

 
kutubxonashunos, bibliograf.

 
1956- yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 1974 —
78- yillar Madaniyat instituti kutubxonachilik fakultetini imtiyozli
diðlom bilan bitirgach, „Kutubxonashunoslik“ kafedrasida
o‘qituvchi lavozimida qoldiriladi. 1992 — 2000- yillar Madaniyat
vazirligida bosh mutaxassis, 2006- yildan O‘zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazida
bosh kutubxonachi lavozimlarida ishladi. Kutubxonachilik, kitob
ishi, bibliografiya sohasiga oid qator muammolar bo‘yicha 70
dan ortiq maqolalari, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari, yirik bibliografik
ko‘rsatkichlari („Abdulla Qahhor“, „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li
Oybek“, „Alisher Navoiy“) nashr qilingan, madaniyat kollejlari
uchun 3 jildlik „Kutubxonashunoslik“, „Bibliografiya“ darsligi
2013- yilda nashr etildi. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari
talabalari va o‘quvchilariga, malaka oshiruvchi axborot-kutubxona
muassasalari xodimlariga kutubxonashunoslik va bibliografiya
turkumidagi fanlardan saboq berib kelmoqda, 2011 yildan buyon
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi direktori
lavozimida faoliyat yuritib keladi, „Turon“ Fanlar akademiyasining
akademigi. Institut talabalariga kutubxonashunoslik, bibliografiya,
kitobshunoslik fanlaridan saboq berib keladi.
Soyibnazar Xo‘janiyozovich Davlatov —
1959- yil Qash-
qadaryo viloyatida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, 1976 —
80- yillarda ÒDMIning „Kutubxonachilik“ fakultetida ta’lim oladi.
1983 — 89- yillar Respublika Kitob palatasida bibliograf, katta
muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1989- yildan A. Qodiriy
nomli ÒDMIda o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan muovini,
2003- yildan Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv fakulteti
dekani lavozimida ishladi. 1996- yilda „Qashqadaryo vohasi o‘zbek
to‘y-marosimlari folklori“ mavzusida nomzodlik ishini himoya
qildi. Kitob palatasida „O‘zbekiston matbuoti solnomasi“ni
tuzishda, katalog va kartotekalarni tashkil etishda ishtirok etdi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə