11
resurslariga iste’molchilarning kirib borishini ta’minlovchi axborot
markazlari, ma’lumotlar
banki va bilimlarning, aloqalar
tizimining yig‘indisi deb ta’rif beriladi.
Axborot markazi
—
axborotni yig‘ish, tahliliy qayta ishlash va tarqatish vazifasini
bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli
axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisi
bo‘lib, u matbuot asari va elektron hujjat ko‘rinishida bo‘ladi.
Xulosa
qilib aytganda, bibliografiya — matbuot asarlari, elektron
hujjatlar haqida axborot tayyorlab, berish hamda ularni ma’lum
ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi
ilmiy va
amaliy faoliyat. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, uslu-
biyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fanidir.
Bibliografiyashunoslik
— bibliografiya nazariyasi, tarixi,
metodologiyasi,
texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni
o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida
bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirra-
larini nazariy, tarixiy, metodik va
tashkiliy nuqtayi nazardan u
yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy
bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik
termini XVIII asrda G‘arbiy Yevropada paydo bo‘ldi.
XX asrning
70- yillarida aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy
bo‘limi: nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bo‘limi mavjud.
Dostları ilə paylaş: