16
bibliografik qo‘llanmalardan tashqari elektron ko‘rinishdagi biblio-
grafik qo‘llanmalar ham yaratilmoqda.
Òafsiv boshi
— bibliografik yozuv elementi bo‘lib, biblio-
grafik tavsif boshida joylashadi va bibliografik
qidirishning asosini
tashkil etadi. Qo‘llaniladigan tavsif boshi hujjat yoki uning
qismi haqidagi ma’lumot xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi:
1. Shaxs nomini ko‘rsatuvchi;
2. Òashkilot nomini ko‘rsatuvchi;
3. Qisqartirilgan sarlavhani ko‘rsatuvchi;
4. Hujjat turini anglatuvchi;
5. Geografik nomini anglatuvchi.
Yakka muallif haqidagi tavsif boshi alohida muallif yoki
hammuallif nomini aks ettiradi.
Mualliflar jamoasi haqidagi
tavsif boshida doimiy yoki vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lgan
nashr uchun mas’ul tashkilot nomi beriladi. Òavsif boshida
mamlakat nomi, alohida qayd etish lozim bo‘lgan hujjat turi,
(masalan, rasmiy nashrlar — hukumat qarorlari,
buyruqlari,
farmonlari) ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: