O`rxun-Yenisey bitiklarida ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlarning yoritilishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 14,71 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü14,71 Kb.
#142242
sabirova


O`rxun-Yenisey bitiklarida ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlarning yoritilishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati
Sabirova Sharifa Baxtiyor qizi
UrDUPI 2-kurs talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada O`rxun-Yenisey bitiklarida ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlarning yoritilishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
Kalit so`zlar: turk-rumiy yozuvi, runiy yozuvi, dulbarchin yozuvi, optimizm ``Irq yozuvlari`` (Ta`birnoma), V.Tomsan, N.M.Yadrinsev, O`rxun-Yenisey bitigi, ``Irq bitigi``, xoqon, Bilga xoqon, Kultegin, yodnoma, qadimgi turkey til, A.Qayumov, N.Qayumov,N.Mallaev, Oybek va hokazo.
Yosh avlod tarbiyasi bugungi davrda dolzarb muammo hisoblanadi. Bunda turkey xalqlarning yozma ma`rifiy yodgorliklarining o`rni va ahamiyati bor.
Turkiy xalqlarning yozma ma`rifiy yodgorliklari o`zaiga xos xususiyatiga ega bo`lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “ O`rxun-Yenisey yodgorliklari” “Irq yozuvlari” (Ta`birnoma”) kabi manbalar bo`lib , ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiyb yozuvida bitilgan O`rxun-Yenisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O`ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta`lim-tarbiyaga oid qimmatli ma`lumotlarni beradi.
O`rxun-Yenisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida , so`ngra Mo`g`ulistonning O`rxun daryosi bo`yida topilib , ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo`lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o`qigan. V.Tomsondan keyin so`ng olimlar N.M.Yadrinsev , V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib . o`qishga muvaffaq bo`ldilar.
O`rxun-Yenisey yodgorliklari S.E.M alov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. O`zbekistonda Oybek, O.Sharafiddinov,, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O`rxun-Yenisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta`lim va tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Ma`lumki, eramizning VI asri o`rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv, va Markaziy Osiyo xududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk xoqonligi davlati tarkib topdi. Bu xoqonlik g`arbdan Vizantiya , janubdan Eron vaHindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaralangan . Turk xoqonligi Turkyut deb ham atalgan. Xoqonlik 604-yilda Sharqiy va G`arbiy Xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga kelib esa turk Xoqonligi barham topgan.
Turk xoqonligi aso9san 3 kishi: Bilga xoqon(Mog`iliyon)- Xoqon, Kultegin- sarkarda , To`nyuquq esa –vazir bo`lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan.
Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp nkishilar , sarkardalar tomonidan ko`rsatgan jasoratlar, ulkarning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi, o`z vatatining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta`minlash Xoqonlar Bo`min, Istami, Eltarish , Eltarining o`g`illari – Bilga Xoqon, lashkarboshisi Kultegin , ma`naviy otalari To`nyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta`rifi berilgan. Kultegin xalqparvar , tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o`ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta`riflanadi. U o`z jonidan vatan taqdiri , xalq manfaatini yuqori qo`ygan shaxs . Kultegin Eltarish Xoqonining kichik o`g`li . U 713-yil 27-fevralda qirq yeti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732-yilda o`rnatilgan. Ushbu bitiktoshdav barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mo`g`ilyon bo`lgan. Bitigini Kulteginning jiyani Yo`llug` tegin yozgan. Demak , bitigining muallifi ham ma`lum.
Kultegin bitigida Bilga Xoqonning og`a-inilari va qarindoshlar-urug`lariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elide ko`p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo`shni bo`lgan tabg`achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida so`z boradi , shuningdek, xalqning yolg`onchilik , firibgarlik qurboni bo`lganligi ta`kidlanadi: “ Oltin, kumush,ichkilik , ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg`ach xalqi so`zi shirin ,ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so`zi , ipak kiyimi bilan aldab , yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo`shni bo`lgandan keyin yovuz ilmni u yerda o`rganar ekan.
Yaxshi , dono kishini , yaxshi alp kishini yo`latmas ekan. Biror kishi aldasa, urug`I ,xalqi ,uyi, yopinchig`igacha qo`ymas ekan. Shirin so`ziga, nafis ipagiga aldanib , ko`pturk xalqi o`lding… Turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo`lsa yomon ipak beradi, yaqin bo`lsa yaxshi debo beradi. Ilmsiz kishilar bunga ishonib , unga yaqinlashdilar va ko`plari o`ldilar.” Xoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni mustahkamlash , o`zaro urushlarga chek qo`yish, tinch-totuv bo`lib yashashga undashdek ezgu masad ham yotadi.
Kulktegin esa, dono bahhodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi. Kultegin bitigida Bilga Xoqon eng muhum insoniy xislatlar , xayotiy zaruriyatlar borasidagi fikrlarni nasihat, o`git tarzida bayon etadi.
Turk xalqi o`zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganlari uchun hiyla va firib qurboni bo`lib , tabg`achlar ularni qul va cho`ri etgani oqibatda ular qashshoq, erksiz va mute bo`lib qolganliklarini kuyinib so`zlaydi.
“ Beklari, xalqi insofsiz bo`lgani uchun , tabg`ach xalqi hiylakor bo`lgani uchun, toymas bo`lgani uchun, og`a va ini bir-biriga qarshi bo`lishini xohlaganlari uchun , begi va xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk xalqi ellashgan davlatini qo``ldan chiqarib yuborgan”.
So`ng turk xalqini qanday qanday qilib birlashtirgani, ukasiKulteginning jasorati tufayli el bosqinchilar xujumidan omon qolgani, to`q va farovon hayot kechirgani, u jasur va yengilmas yigitlardan ekani bayon etilgan.
“Tangri yorlaqasin, baxtim bor uchun , nasibam bor uchun o`layotgan xalqni tiriltirib tarbiyaladim, yalang`och xalqni kiyimlik qildim, yalang`och xalqni kop qildim. To`rt jihatdan xalqni butunlay el qildim, bir-biriga do`st qildim , butunlay menga qaradim. Mexnatni, kuchini beruvchi shunday hokimyatni qozonib inim Kultegin vafot etdi”,-- deydi. Bu yodnoma yoshlarni o`z elini sevish , do`st va ittifoq bo`lib yashash , vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk Xoqonlari Kultegin hamda Bilga Xoqon jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo`lib hisoblanadi
Ikkinchi bitiktosh- Bilga xoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish xoqonning katta o`gli Kulteginning akasi Bilga Xoqonning sharafiga 735-yilda o`rnatilgan. Bilga Xoqon 734-yilda ellik yoshida o`z yaqinlari tomonidan zaharlanib o`ldirilgan. Bu bitik ham Yo`llug` tegin tomonidan yozilgan.
Bilga Xoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani , Bilga Xoqon davrida tinchlik hukmron bo`lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani , o`z yurtini boy-badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani
mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitikda xalq xoqonidan, vatanidan ayrilmasa , betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. O`z navbatida davlaat boshliqlarining xatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga Xoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi. Bilga xoqon xalq orasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. “Bilga” so`zining ozi ham “dono” degan ma`noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bo`lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday o`gitlar qilar edi: “Vatanni saqlab qolmoq faqat xoqonga emas, xalqqa ham bog`liq. Ajdodlarimizning yutuq va xatolari buning dalilidir. Xalq o`z Xoqonining yo``l-yo`riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko`p kulfatlar tushadi. Xoqon o`ta ishonuvchan bo`lmasligi , boshqalarning gapini o`ylab mulohaza qilib amalgaa oshirishi lozim. Samimiy so`z bilan yolg`onni farqlay olishi kerak. Qattiqqo`l Xoqon oz xalqiga yomonlikni ravo ko`rmaydi. Ishonuvchan bolsa , yaxshi yomonni ajrata olmasa , fojiaga yo`l ochadi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi.
Bilga Xoqon tarqoq xalqni birlashtirdi, oyopqqa turg`izdi, yurtda farovon hayotni qaror toptirdi. U xalq farovonligini ta`minlash davlat boshlig``ining burchi , mamlakatning ozodligi , xalqning osoyishtaligi, uning modduiyy farovonligiga bog`liq deb biladi. Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qo`yishi xalqning nochor hayot kechirishiga olib keluvchi sabab ekanligi qayg`u bilan ifodalanadi. U o`z xalqiga shunday murojaat etadi “Men yashadim, turk beklari, turk xalqim. Bu Xoqoningdan , bu beklaringda, bu yerlaringdan, suvingdan, ayrilmasang, turk xalqi , o`zing ezgulik ko`rajasaksang, betashvish bo`lajaksan”.
To`nyuquq bitigi 310 misradan iborat bo`lib, 717-718 (ba`zi manbalarda 712-716-yillar ko`rsatigan. To`nyuquq bitigini tiriklik davrida yozdirgan , mazkur bitikda To`nyuquq vatanparvar shaxs sifatida ta`riflangan. To`nyuquq ega bo`lgan insoniy fazilatlar- insonparvarlik , ezgulik va haqiqat tantanasi yo`lida kurashishuning qo`shni xalqlar o`rtasidagi obro`sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, To`nyuquq tomonidan turkiy xalqlar qo`liga tushgann asirlarni o`z yurtlariga jo`natib yuborishi dushman qabila a`zolari ning bosh egib kelishi , ezgulik bilan yovuzlik o`rtasidagi kurash chog`ida ezgulikning g`alabaga erishishi kabi xolatlar shu asosida qon to`kilishining oldini olish mumkinligidan dalolat beradi. U adolatsizlik qilmaydi, balki insonparvarlik namunasini ko`rsatadi, ammo xoqonlik davlati qonunlarini ham qattiq himoya qiladi.
Yuqoridagi yozuvlaridan tashqari , alplarning jangovarligi madhetilgan bitiktoshlar ham ko`plab topilganki, bularda alplarning axloqi ,odobiva bilimi ularning asosiy fazilati bo`lganligi qayd etiladi.
Eng qadimgi ma`rifiy yodgorliklardan biri sanalgan “Irq bitigi” (Ta`birnoma) ham sirasida ta`lim tarbiya tarixida yozilgan. Mazkur qo`lyozmani XIX asr oxirida A.Styen Sharqiy Turkistonning Dinxuan degan joyidan topgan. Xozirgi kunga qadar “Irq bitigi” va uning mohiyati xususida batafsil , to`laqonli ma`lumotlarga ega emasmiz. Ayni vatqda manba N.Rahmonov tomonidan tuzilgan “Qadmiy hikmatlar” kitobi va unda keltirilgan ma`lumotlardir. Yodnoma qog`ozda yozilgan bbirdan bir , yagona qadimiy turkiy yodgorlik bo`lib , yuz betdan ortiq sahifadan iborat kitob tarzida bizgacha yetib kelgan.asar Isig sangun va Ite Chuq ismli money jamoasining a`zolari bo`lganikki bola uchun bitilgan. Asar boshidan oxirigacha nima yaxshi-yu , nima yomon ekanligini bolalarga tushuntirish tarzida yozilgan. Asarda bayon etilgan yaxshi va yomonlik ta`rifi negizida axloqiy talablar o`ziga xos talqin etiladi. Mazkur asar xalqlarning turmushi ,axlolqiy munosabatlari mazmuni to`g`risidagi ma`lumotlar beriladi. Ijtimoiy munosabatlar
Voqealar tush va uning ta`biri tarzida yoritiladi. Ba`zi tushlar yaxshilikning , ba`zilari yomonlikning timsoli deya ta`bir qilinadi. Inson doimo turmushi , xayotining yaxshi kechishini orzu qilgan. Ana shunga intilgan. U o`z orzulariga yetishiga ishongan. Bu yo`lda Tangri yordami bilan madadiga tayangan. ‘ Irq bitigi”dab u holat juda ishonarli tarzda bayon etilgan. Chunonchi:
Men osmon o`gli kunduz va kechqurun
Oltin taxtda o`ltirib .
Shodlanyabman.
Bilib qo`ying: bu yaxshi
U ikki oy oldin
Odam o`g`lini uchratdi
Odam qo`rqdi
Bilib qo`ying: bu yaxshi
“Irq bitigi” da yozilishicha samoviy qahramonlar inson taqdirini belgilaydi hamda unga yordam beradi. Ushbu fikrlar quyidagi misralarda o`zining yorqin ifodasini topgan:
“ Yuqorida tuman yoyildi.
Pastdan to`zon to`zidi,
Qush bolasi uchdi va yo`ldan ozdi
Kiyik bolasi yugurdi va yo`ldan ozdi
Osmon shafoati tufayli uchinchi yilda yana
Hamma eson-omon tugal ko`rishdi.
Hamma suyunishdi va qujvonishdi,
Bilib qoying: bu yaxshi
Yovuz kuchlarning timsoli bo`lgan tuman hamda to`zon yordamida to`g`ri yo`ldan adashtirilgan , sarson-sargardonchilik, xor-u zorlikka maxkum etilgan jonli mavjudotlar – qushlar, kiyiklar va odam bolalari buyuklik va qudratning timsoli bo`lgan – osmon, uning sharofati bilanyana bir-birlari bilanko`rishishga muyassar bo`ldilar , birga hayot kechira boshladilar. She`riy misralarda o`z ifodasini topgan mazkur g`oyalardan Yer yuzidagi mavjud hayot qushlar, hayvonlar hamda odamlardan iborat yagona biologik (hozirda keng qo`llanilayotgan ekologik) tizim ni tashkil etishlari to`g`risidagi bolalalar (ayni vaqtda odamlar)ga tushuncha berishga yo`naltirilgan harakat mazmuni anglaniladi.
Inson doimo yaxshi hayot kechirishga intilar ekan, bu yo`lda u juda ko`p qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin inson qiyinchiliklarni ilohiy qudrat – Tangri yordamida yengib o`tib , go``zal hayotga yetishadi. Ana shu holat ham ta`birlarda o``z aksini topgan.
Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham mavjud bo`ladi. Ayrim tushlarga nisbatan berilayotgan ta`birlarda yomon hodisa-voqealar negizida yomonlikning yotishiga alohida urg`u beriladi.
Xalq og`zaki ijodi ayrim namunalarida yomonlik , yovuzlik timsoli sifatida qo`llanilgan ayrim obrazlar tush ta`birini belgilashda salbiy timsol sifatida baholanadilar. Xususan:
“Men olti boshli ilonman,
Oltin qorin-qulog`imni
Qilich bilan chopib ,
Mening tanamni yo`l chetiga ,
Boshimni uyim yo`liga qo`yishdi,-deyishdi.
Bilib qo`ying: bu yomon
Ammo “Irq bitigi” (Tabirnoma) asari mazmunida optimizm (kelajakka ishonch) ruhining ustuvorligi ko`zga tashlanadi. Asarda ilgari surilayotgan fikrlarda yaxshilikning yomonlik, ezgulikning yovuzlik ustidan erishajak g`alasi borasidagi qarashlarning yetakchi o`rin egallaganiga guvoh bo`lamiz. Xalq doimo o`z kelajagining yaxshi bo`lishiga ishongan , yomonlik ustidan yaxshilik, ezgulikning g`olib kelishiga bo`lgan ishonch yetakchi o`rinda tutgan:
Tong ota boshladi
So`ng uning izidan yer yorishdi
So`ng quyosh chiqdi
Hamma yer yorug` bo’ldi – deyishdi
Bilib qo`ying bu yaxshi
Ko`rinib turibdiki, “Irq bitigi” (Ta`birnoma) asarining mazmunida ham asosan inson va uning qayg’usi , hasrati , dardi, quvonchi, shodligi yotadi. Yaxshi hayotga yetishish yaxshilik , ezgulik g`olib keladi. Yaxshi xislatlarning egasi , yaxshilik va ezgulikni qaror toptiruvchi mavjudot inson sanaladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror toptirilgan ma`rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida , uning kamolotini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulqi odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari ifodalangan. Muayyan turmush tarzini qror toptiruvchi ijtimoiy shart- sharoitga ko`ra inson axloqiga nisbatan qo`yilayotgan axloqiy talablar mohiyati ham o`zgarib boradi. Biroq har qanday zamon va makonda ham inson ezgulikning jaholat , yaxshilikning yomonlik va ziyoning zulmat ustidan g`olib kelishini istagan va ana shu istagi insonning ma`naviy kamolotini belgilovchi asosiy mezon bo`lib , axloqiy –odobga oid qarashlar mazmunida markaziy o`rin egallagan . mazkur holatni yuqorida so`z yuritilgan eng qadimgi ma`rifiy meros namunalari misolida ham yaqqol ko`rishga muyassar bo`ldik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Yüklə 14,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə