Geologiya fanlari universiteti foydali qazilma konlari geologiyasi fakulteti foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari yo



Yüklə 5,94 Mb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#137536
  1   2   3   4   5   6   7
ELEKTRORAZVEDKA KURS ISHSI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO’MITASI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
FOYDALI QAZILMA KONLARI GEOLOGIYASI FAKULTETI
FOYDALI QAZILMA KONLARINI IZLASH VA QIDIRISHNING GEOFIZIK USULLARI YO’NALISHI


KURS ISHI


YER OSTI SUVLARINI QIDIRISHDA ELEKTRORAZVEDKA USULINING O‘RNI

GURUH: FQG-2101
TOPSHIRDI: U.B.MIRSOLIYEV
Toshkent-2023
REJA:
1. ELEKTRORAZVEDKA USULINING FIZIK ASOSLARI
2. VEZ USULINING AMALIYOTDA QO’LLANILISHI
3. TABIIY ELEKTR MAYDON USULINING QO’LLANILISHI VA METODIKASI
4. ELEKTROTAMAGRAFIYA USULINING
5. YEROSTI SUVLARINI QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHDA VEZ USULINING AHAMIYATI

OM qonuni
Elektrorazvedka — qidiruv geofizikasining bir qismi bo ‘lib, unda minerallarni qidirish va boshqa qo'llaniladigan muammolarni hal qilish uchun elektromagnit maydonlar yordamida Yerning ichki tuzilishi o'rganiladi. Elektrorazvedka jinslar va ma’danlarning elektromagnit xossalaridagi farqiga asoslangan.
Elektrorazvedkaning quyidagi:
1) doimiy tok usuli — tabiiy elektr maydoni, zaryadi, qarshiligi;
2) pastchastotali oʻzgaruvchan tok usuli — tellur toki, chastotali elektromagnit zondlash va boshqalar;
3) oʻrtacha chastotali oʻzgaruvchan tok usuli — induksiya, ayroelektrorazvedka va boshqalar;
4) yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok usuli — radiotoʻlqin bilan tekshirish, radiokip va boshqalar;
5) qutblanish, oʻtish jarayonlari, maydon barqarorlanishi natijasida yuzaga kelgan qoʻzgʻaluvchan maydonlarni oʻrganish usullari mavjud.
Elektrorazvedka usullaridan samarali foydalanish quyidagi shart-sharoitlarga bogʻliq:
1) togʻ jinslari va foydali qazilmalarning elektr xossalari bir-biridan sezilarli farqlanishi;
2. oʻrganilayotgan obʼyektning morfologiyasi va oʻlchamini uning yotish chuqurligiga nisbatan ustunligini yaqqol sezilishi;
3) qoplama togʻ jinslari toʻsiqlik taʼsirining nisbatan kamligi va boshqalar 
Hal qilinayotgan geologik masalalar xarakteriga koʻra, muhandislik geologiyasi, ruda va strukturaviy elektrorazvedkalarga ajratiladi. Elektrorazvedka usullarini qoʻllash, odatda, qimmatga tushadigan kon kavlash va burgʻi ishlari hajmini qisqartirish hisobiga geologik izlanishlarni tezlashtiradi va arzonga tushadi.
Tik elektr azmoyillash usuli yoki vertical elektozondlash (VEZ) usuli kesimidagi solishtirma elektr qarshiliklarini tik yo’nalishi, yani chuqurlik bo’yicha o’zgarishlarni o’rganishga asoslangan.



Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə