Ma’mun universiteti



Yüklə 77,05 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü77,05 Kb.
#115018
tadqiqot


“Ma’mun universiteti “ NTM ning ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti tarix va psixologiya fanlar kafedrasi psixologiya yo’nalishi 21/3-guruh talabasi
Po’latova Nafisaning Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu: Eksperimental psixologiyada dispersion tahlil usulining o'ziga xos tomonlari A.N.Gusevning tadqiqotlarini talqin etish
Reja:
1.Eksperimental psixologiya
2.Eksperimental psixologiyada dispersion tahlil usulining o'ziga xos tomonlari
3. Psixologik eksperimentning asosiy jihatlari
Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi
Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton (1822-1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje (1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoʻshganlar.
Eksperimental metodlar guruhi. Eksperiment metod – psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi – sabab-natija aloqalarini o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat.
Eksperiment o‘tkazishda farq va rozilik qoidasini qo‘llaydilar (J.S.Mill) A, B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa ammo B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental sifatida ko‘rib chiqiladi, ikkinchisi – nazorat guruhi deb ko‘riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o‘zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli o‘zgarishlarga duch kelish mumkin.
Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub’ektiv baholardan foydalangan holda, ya’ni x2 x1 dan katta, u2 esa u1 katta degan xulosani ta’kidlab qolmasdan balki, hech bo‘lmaganda umumiy hollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi bo‘lmaydi.
Kuzatish dastlabki manbalarni to`plash metodi sifatida. Ilmiy farazlarning shakllantirilishi. Laboratoriya eksperimentining o`ziga xosligi. Tajribani rejalashtirish. To`plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob’ektlar bilan operatsiyalar tizimi va shu bilan birga psixologiya fanining gneseologik obektidir.
Psixologiyada empirik metodlarni qo`llash muammosini ko`rib chiqilayotganda (agarda tizimli yondashish talablariga rioya qilganda) ularni psixologik metodlar tizimidagi o`rnini aniqlashdan boshlash kerak. Juda bo`lmaganda beshta darajasini ajratish mumkin.
Metodika darajasi.
Metodik qo`llanma darajasi.
Metod darajasi.
Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
Metodologik yondashish darajasi.
To`gri «metod» atamasining darajasini xohlagancha ishlatsa bo`ladi, masalan psixofizikada – o`rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada – proyektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to`grisida baxs yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to`rtinchi daraja) ko`rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo`llaniladigan usullarning darajali bo`lishini G.D.Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo`lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish;
2) metodik qo`llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko`rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki»ga bo`lingan, eksperiment–labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik – pedagogik, qo`shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o`rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o`tdi.
Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini ta’kidladi. Shunday qilib, psixologiyani falsafa bilan bog‘liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik ro`yxatga qo`shilishi bilan rag‘batlantirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko`lamdagi ikkinchi klassifikatsiyasi – bolgar psixologi G.D.Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondoshuvlarni ta’kidlab o`tdi. Shu metodlarning har biri bir qancha turlargalarga bo`linadi. Shunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalarga, so`rovnomalarga faoliyat maxsullarini o`rganishga va boshqalarga bo`linadi.
B.G.Ananev Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma’lumotlarni qayta ishlash usullari;
4) sharhlash metodlariga bo`ldi.
Tashkiliy metodlarga Ananev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhda observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar qoldi.
Uchinchi guruhda ma’lumotlarni matematik-statistik analiz metodi va sifatli tavsiflanishi kiritiladi. Nihoyat, to`rtinchi guruhni genetik va struktura metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko`pgina yechilmagan muammolar qolyapti:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo`lib qoldi? Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi?
Shuni eslatib o`tish ahamiyatliki, bu yerda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko`rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o`rni bo`yicha «oraliq» empirik va nazariy o`rtasida, empirik kuzatishlar ma’lumotlari interpretatsiyasi va qayta ishlash tafakkur qilish metodlaridir. 
. M.S.Rogovin va T.B.Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida ob’ekt va sub’ekt orasidagi ba’zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi.
1) germenevtik – fanning bo`linmagan holatiga to`gri keladi.
2) biografik metod psixika to`g‘risidagi fanning yakka ob’ektiv idrokini ko`rsatish.
3) kuzatish – idrok ob’ekti va sub’ekti differetsiatsiyasi.
4) o`z-o`zini kuzatish-ob’ektni oldingi differentsiatsiya asosida ob’ektga aylanishi.
5) klinik-birinchi o`ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o`tish vazifasi chiqadi.
6) eksperiment ob’ekt idrokining sub’ektga aktiv qarishligi sifatida, sub’ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo`lsa ham, tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog‘liqligi bizni qiziqtiradi?
Biroq mualliflar o`ylab yoki o`ylamay psixologik metodlarning empirik tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo`shishga majbur bo`ldilar. Bu metodni qo`llashda «idrokning sub’ekt va ob’ekti qarama- qarshi qilib qo`yilmaganmi?
Model – bu bir sub’ektining boshqa bir sub’ektga ratsional qarshiligi, sub’ektning ob’ektga va o`ziga nisbatan refleksivsiz muomalasi mumkin emas-ku, degan savol tug‘iladi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metodi va psixologik metodlar orasida umuman, amalda «teng» belgisi qo`yiladi, ularning spetsifikasini aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir:
Empirik, tekshirish sub’ekti va ob’ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiririladi.
Nazariy, sub’ekt ob’ektning hayotiy modeli bilan o`zaro munosabatda bo`ladi.
Interpretatsiya (qayta ishlash) va tasvirlash, bunda sub’ekt «tashqaridan» ob’ektning simvolik – belgisi xayoli bilan munosabatda bo`ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma’lumotlar hisoblanadi, ob’ekt sharoitini asboblar yordamida o`rganadi.
Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shaklidagi predmet haqidagi bilim bilan qo`shilgan.
Nihoyat, qayta ishlash- tushuntirish metodi- bu nazariy va eksperimental metodlarni qo`llanilishda, ularning o`zaro munosabati natijalarining «uchrashish joyi»dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o`tamiz:
1) deduktiv –umumiydan xususiyga. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o`tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduksiya», xususiydan xususiyga ongga kiritish. Natija- ob’ekt, jarayon, sharoit modeli.
Yüklə 77,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə