Bibliografiya lat p65


Asarlarni guruhlashtirish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
Библиография

Asarlarni guruhlashtirish
mavzuga oid umumiy mazmundagi
adabiyotlar, keyin esa shu mavzuga oid maxsus adabiyotlar
joylashtiriladi. Bu kitobxonga berilayotgan hikoyani to‘g‘ri va to‘la
tushunishiga yordam beradi, axborotni aniq qabul qilishiga olib
keladi. Ba’zida adabiyotlar janrlariga ko‘ra, ilmiy ahamiyatiga
ko‘ra, bilim sohalariga ko‘ra joylashtiriladi. Tarixiy mavzuda bo‘lsa,
adabiyotlar to‘g‘ri xronologik tartibda ham joylashtirilishi mumkin.
Bibliograf 3 qismdan iborat sharhning matnini tayyorlab oladi:
kirish
(bunda mavzu asoslab beriladi, uning xususiyatlari, dol-
zarbligi, tanlangan kitobxonlar uchun ahamiyati aytiladi), 
asosiy
qism
(asarlarga ta’rif — hikoya qismi), 
xulosa
(mavzuga oid yana
qanday qo‘shimcha adabiyotlar mavjudligini, ularning qaysi
manbalardan olib o‘qish mumkinligini, ularga berilgan tanqidiy
materiallar va taqrizlar eslatib o‘tiladi).
Sharhning har bir qismi umumiy maqsadga bo‘ysunishi
lozim.
Asarlarga ta’rif berish.
Bunda, bibliograf har bir asardagi
eng muhim jihatni, ichki mantiqni bera olishi zarur. Shu mavzuga
oid boshqa asarlar bilan muqoyasa qila olish mahoratiga ega
bo‘lishi talab etiladi. Avval asarning bibliografik elementlari —
muallifi, sarlavhasi, chiqish ma’lumotlari, agar maqola bo‘lsa,


181
manbasi aytib o‘tiladi, lekin o‘qib berilmaydi. Keyin asardagi
asosiy jihatlar ochib beriladi. Sharhda bog‘lovchi matnlar majburiy
element hisoblanadi, bu sharhni bibliograf mehnatining natijasi —
mustaqil asar sifatida ko‘rsata olish uchun zarur. Unda muallifning
mashhurlik darajasi, asarning badiiy qimmati, ilmiy ahamiyati
haqida gapiriladi. Bog‘lovchi matn sifatida hikoyaning o‘zi ham
xizmat qilishi mumkin. Axborotning turli-tumanligini ta’minlash
uchun ba’zan asar qahramonlarining taqdiri, unga bog‘liq hayotiy
faktlar, voqealar, asarning yozilish tarixi, nashr haqida ma’lu-
motlar keltiriladi.
Sharh matniga adabiy ishlov berish
sharhni tayyorlashning
yakuniy qismi bo‘lib, kamchiliklar to‘ldiriladi, xatolar tuzatiladi.
Og‘zaki bibliografik obzorni o‘tkazishda quyidagi talablarga e’tiborni
qaratish lozim: matn o‘qib berilmaydi, asardan o‘qib beriladigan
fikrlar, parchalar avvaldan xatcho‘plar yordamida belgilab
qo‘yiladi, bibliografik ma’lumotlar aniq va tushunarli aytib beriladi,
kutubxonachining o‘ziga notanish, tushunarsiz so‘zlar ishlatil-
maydi, hikoya ravon, tushunarli, nutq madaniyati qoidalariga
amal qilgan holda, to‘g‘ri talaffuz va ohang bilan so‘zlab beriladi.
Sharhni olib borayotgan shaxs auditoriyaning o‘ziga munosabatini,
hikoyaning ularga ta’sirini kuzatib borishi kerak.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə