|
 Bibliografiya lat p65bibliografiyaBibliografik
ishlov
—bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida,
kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamo-
naviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan
jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni
tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini
shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va
boshqa elementlarni berish bo‘lib, uning maqsadi hujjatni
tanlash, o‘rganish, o‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar
bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish,
tanqidiy maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida u haqda to‘liq
axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida
chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga
asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha
sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|