Bibliografiya lat p65


an’anaviy, qo‘lda yozilgan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161
bibliografiya

an’anaviy, qo‘lda yozilgan
 va 
avtomatlashtirilgan
 usulda bajariladi.
Referat
— bu muallif (tuzuvchi)ning tanqidiy fikrlaridan xoli,
qo‘shimcha mulohazalarsiz, hujjatning asosiy faktik ma’lumotlarini
va mazmunini yorituvchi ma’lumot. Boshqacha aytganda, referat
„Birinchi darajali hujjatda nima haqda ma’lumot beriladi? “ degan
savolga javob berib, axborotlilik (hujjatning mazmuni haqida qisqa
axborot berish) xususiyatiga ega. Referat hujjatning qaysi bilim
sohasiga yoki fan tarmog‘iga oidligiga ko‘ra ijtimoiy, gumanitar,
tabiiy-ilmiy, texnik adabiyotlar haqidagi referatlarga ajratiladi.
Hujjatning mazmuni haqida qaysi usulda berilishiga ko‘ra:  umumiy
yoki referat-qaydlar; umuman, hujjat mazmunini izohlab berishiga
ko‘ra ixtisoslashgan yoki muammoli referatlar, referat manbalari-
ning soniga ko‘ra monografik, referat-fragmentlar, sharhli yoki
guruhli; yoritib berish shakliga ko‘ra matnli, illustratsiyali, aralash;
hajmi va izchilligiga ko‘ra (qoidaga ko‘ra 850 belgidan oshmagan)
qisqa, kengaytirilgan (hujjat hajmining 10 – 15 % ini tashkil
etadi), muallifiga ko‘ra (mualliflik-avtoreferat, referentlar yoki
axborot-bibliografik xizmat ishchilari tomonidan tuzilgan)
referatlarga ajratiladi.
Yo‘naltirish
 (ssilka) hujjat qismini bibliografik yozuv, bo‘lim,
predmet rubrikasi bilan bog‘laydigan element. U „qarang“,


19
„shuningdek, qarang“ (ñì., ñì. òàêæå) kabi 2 xil ko‘rinishda
beriladi. Bu vazifani bibliograf yoki axborot-kutubxona markazi
xodimi amalga oshiradi. Buning uchun bibliografiyalash texno-
logiyasini bilish shart.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə