Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
bibliografiya

Mas’ul muharrir:
 
M. M. ZUFAROVA
— Y. Rajabiy nomli TTT kolleji
   direktori;
 
Ò a q r i z c h i l a r :
 
M. M. ÒUROPOV
— pedagogika fanlari nomzodi,
      dotsent;
 
     V. Ò. SOBIROVA
— „Òuron“ nomidagi Òoshkent
      viloyat  Axborot  kutubxona  markazi  direktori,
      O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
UO‘K: 011/019
KBK 78.5ya 721
B 56
ISBN 978-9943-22-160-4
© „O‘qituvchi“ NMIU,
 2013,
201
7


3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng
jamiyat taraqqiyotining barcha bo‘g‘inlarida — siyosatda, iqti-
sodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub
o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar,
dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan
o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi
buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha
tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va
ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari
bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy
g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga sing-
dirish asosiy vazifalarimizdandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifa-
larimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon
talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va
mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan  bilimli, dono va ma’naviy
barkamol kadrlarga bog‘liq.
Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga
kirib borishda, undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni
ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini egallashni talab
etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon
dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi
adabiyotlar haqida ham, dunyo ma’naviyatidagi o‘zgarishlar
haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o‘tirib ma’lumot olish
imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’-
molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi
iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan
unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga
muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning
„Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash
to‘g‘risidagi qarori“da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati
ko‘rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida
kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tad-
birlar belgilash, ularda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intel-


4
lektual salohiyatini o‘stirishga e’tiborni qaratish, aholining
olamshumul axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun
shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiya-
larining ham imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo‘yildi.
2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror „2011—2015-
yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli tako-
millashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida“ deb nomlandi va
2015-yilga qadar mamlakatimiz kutubxonalari qoshida 1815 ta
elektron kutubxona va ular uchun 400 mingdan oshiq elektron
shakldagi axborot-kutubxona resurslarini yaratish vazifasi
belgilab berildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda bibliografiya
yordamga keladi. Bibliografiya va bibliografiyashunoslik maxsus
predmetlardan bo‘lib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi fa-
kultetlarda, madaniyat, san’at va pedagogika kollejlarining
kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini
o‘rganish nazariy masalalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba
darslari, mustaqil ishlar yordamida olib boriladi. Kutubxonalarda
olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida ma’ruza
matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg‘ulotlar
va mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi. Òalaba o‘zini o‘zi
muntazam tekshirib borish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha murakkab, ammo juda
qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan
bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam
beradi. Chunki barcha mutaxassislikka oid fanlar bu fan bilan
bog‘liq holda o‘rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha
sohalarida ana shu fan yordamida olingan bilim zarur bo‘ladi,
kitobxonlarga o‘ziga mos axborotni topish va yetkazib berish,
o‘z vaqtida axborot berish ham shu fan yordamida o‘rganiladi.
Bibliografiya predmeti o‘quvchilarni kitobni bilish, uning
sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga yetkazib
berish ilmi bilan qurollantiradi.
Bibliografiya milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamo-
yillarini targ‘ib etishda, Prezident I. A. Karimov asarlaridan,
ko‘rsatma va farmonlaridan foydalangan holda o‘quvchilarga
amaliyotda bibliografik sharhlashni, adabiyotlarning turli xil
ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va bibliografik qo‘llanmalarni
tuzish metodikasini, kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qaysi


5
yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish kerakligini, kutub-
xonada kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini
o‘rgatadi.
Bibliografiya kursi 3 yil davomida o‘qitilib, 2 ta asosiy qismga
bo‘linadi:
1. Umumiy bibliografiya.
2. Soha bibliografiyasi.
Bibliografiyaning umumiy qismida bibliografiya nazariyasi va
tashkil qilinishi, uning ijtimoiy roli, turlari, bibliografiyaning
obyektlari, bibliografik faoliyat turlari, uning asosiy jara-
yonlari, axborot-bibliografik resurslar, bibliografiyalash meto-
dikasi, O‘rta Osiyoda bibliografiya tarixi, O‘zbekistonda retro-
spektiv, tavsiya va ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar va
boshqa masalalar o‘rganiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma bibliografiya kursi bo‘yicha ma-
daniyat kollejlari o‘quvchilari uchun, umuman, mazkur kurs
bo‘yicha tayyorlangan birinchi adabiyotdir. Biz o‘quv qo‘llan-
mada iloji boricha, mamlakatimiz bibliografiyasi tajribalaridan
foydalanishga, uni keng va atroflicha yoritib berishga, nazariy
masalalarni amaliy va tajriba mashg‘ulotlari bilan mustah-
kamlashga harakat qildik.
O‘quv qo‘llanmada har bir mavzuni izchil ketma-ketlikda
joylashtirishga, mavzu nomidan so‘ng uning maqsadini, oxirida
esa xulosalar va tekshirish uchun savol va topshiriqlarni berib
bordik.
Darslikning V va VI bobini yoritishda pedagogika fanlari
nomzodi, Òoshkent davlat madaniyat instituti „Bibliografiya va
hujjatshunoslik“ kafedrasi dotsenti Muso Mamatovich Òuropov-
ning qo‘lyozma materiallaridan foydalandik.
Bibliografiya kursini o‘rganish ta’lim jarayonida o‘rga-
niladigan barcha mutaxassislik fanlari — „Kutubxonashunoslik“,
„Hujjatlar fondi va elektron katalog“, „Kutubxona menej-
menti“, „Axborot-kutubxona texnologiyasi“, „Internet tizimidan
foydalanish“, „Kutubxona ishini avtomatlashtirish“, „Elektron
kutubxona“, „Axborot-kutubxona dizayni“, umumta’lim fanlari
nutq madaniyati, pedagogika, psixologiya fanlarida o‘rganila-
digan bilimlar juda kerak bo‘ladi.
Bibliografiya ishi bilimli, sabr-toqatli, sinchkov va ziyrak
kishining  ishi  ekanligini  unutmang.


6
I BOB.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə