Zamonaviy ta`lim texnologiyalari



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü36,5 Kb.
#182393
  1   2   3
ZAMONAVIY TAlim texnologiyalari


ZAMONAVIY TA`LIM TEXNOLOGIYALARI.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim maqsadini aniq o'rnatishdan boshlab to uning natijalarini baholashgacha bo'lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Pedagog
faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini prof N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida ajratib ko'rsatgan.
1. Tashxislanuvchan o'matilgan maqsad — o'quvchi-talaba tomonidan didaktik, jarayon mahsuli sifatida o'zlashtirilgan aniq
o'lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari.
2. Ta’lim mazmunini o'quv elementlari yordamida bayon qilishda
abstraksiya pog'onalarining va axborotlami o'zlashtirish darajasining hisobga olinishi.
3. O'quv materiallarini o'zlashtirish bosqichlarining yetarlicha
mantiqiy qat’iyanligi — didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.
4. 0‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi.
5. 0‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo'lgan chetga chiqish chegarasining ko'rsatihshi.
6. O'quvchi-talaba va o'qituvchi faoliyatida shaxsiy motivlashganlikning ta'minlanishi (erkinlik. ijodiyot, kurashuvchanlik. hayotiy,
kasbiy mohiyat va boshqalar).
7. O'qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.
Yuqorida berilgan ko'rsatkichlar loyihalangan o'quv jarayonining texnologik darajasini to'liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa
pedagogni yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, talabaning nufuzini ham bimumcha oshiradi va ijodiy faoliyatni rivojlantirishning
yangi qirralarini ochadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyani muntazam tahlil qilib borish, loyihalashtiruvchi vositalaming eng zarurini tanlash metodlarining maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta'lim metodlari),
olinishi zarur bo'lgan natijani oldindan tahlil qilish (maqsadlarning amalga oshishiga erishish), o'quv jarayonining yaxlitligini
ta ’minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Pedagogik texnologiyalarni
ta ’lim jarayoniga joriy qilish. ayniqsa, xorijiy davlatlardagi pedagogik texnologiyalar tajribalaridan foydalangan holda o'zimizning
tizimlashtirilgan ta'lim jarayonining zamonaviy pedagogik texnologiya
tizimini vujudga keltirish borasidagi amalga oshiriladigan ishlami
umumlashtirish va hayotda qo'llash uchun quyidagi tadbirlarga amal
qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Ta'lim jarayoni ishtirokchilari — o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talabalar o'rtasida:
O'quv rejasini ishlab chiqish. ya'ni o'qituvchi (pedagog) bo'lim
va bobni o'rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada o'quvchi-talaba
va o'qituvchi (pedagog) faoliyati o'z ifodasini topm og'i lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillaridan biri bo'lgan o'quv
mehnatining o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba o'rtasida izchil
rejalashtirilgan taqsimoti o'qituvchi (pedagog)dan ta'lim jarayonini
izchil boshqarishni talab qiladi.
2. Fanning ichki bog'lanishi va fuqarolararo bog'lanish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish.
Har bir o'rganiladigan kichik va yirik o'quv birliklari oldin
o'rganilganlarga tayanadi. Bunda fanlararo bog'lanishlar va o'quvchitalabalaming tayyorgarlik darajalarini bilish ham muhim tomonlardan biridir. Demak, o'quvchi-talabani yangi bo'lim, bobni o'rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga tayanish, agar mavjud
bilimlar yangi bobni, bo'limni o'rganishga yetarli bo'lmasa, oraliq
tayyorgarlik olib borish va shundan keyingina bilimlarni o'rganishning navbatdagi bosqichiga o‘tish mumkin.
3. O'quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.
O'quv birliklari o'quvchi-talaba o'rganishi lozim bo'lgan tushunchalar. ta’riflar, qoidalar, qonunlar, hodisalar. voqealardan
iborat bo'lib. ular orasidagi mantiqiy bog'lanishning ta'minlanishi
shu bob yoki bo'limning o'zlashtirilishiga olib keladi. O'qituvchi
(pedagog) bob. bo'lim uchun ajratilgan soatlarda o'quvchi-talabalar o'rganishi lozim bo'lgan mezonlar hisoblanib, o’quvchi-talaba
bilimini baholashning chegaraviy qiymati aniqlab olinadi. 0 ‘quv
rejasini tuzishda o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talabalar bilishi
kerak bo'lgan o'quv birliklarini bo'limlar. boblar bo'yicha aniqlaydi va ularga mustaqil topshiriq sifatida bo'limni o'rganishdan oldin
vazifa qilib beradi.
4. Diagnostik tahlil.
O'quvchi-talabalar bilimidagi notekisliklarni aniqlash, ularni
to'ldirib va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarish maqsadida
diagnostikalash amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
- o'quvchi-talabalar o'zlashtirish darajasini diagnostikalash;
- ular bilimidagi yetishmovchiliklaming oldini olish;
- aniqlangan yetishmovchiliklarni to'ldirish maqsadida maxsus
topshiriqlar ishlab chiqish;
- maxsus topshiriqlar bajarish soatlarini belgilash;
- yakuniy diagnostik tahlil qilish.
Diagnostika ta’lim texnologiyasining asosiy elementlaridan biri
hisoblanib, asosiy o'zlashtirishdagi kamchiliklar soatini aniqlash,
har bir o'quvchi-talabaning bilim darajasini aniqlash, rejaning
borishiga tuzatishlar kiritish yoMi bilan ta’lim jarayonining natijasi
kafolatlanganligini ta’minlaydi.
5. Tuzatish kiritish.
Bo‘lim yoki bobning o‘zlashtirilish darajasining diagnostik tahlili natijasi 50 foizdan kam ko'rsatkichni bersa, o'qituvchi (pedagog) ta’lim jarayonining borishiga tuzatish kiritishi shart.
6. Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish).
Qayta tuzatish kiritilishidan (korreksiya) maqsad olingan bilimlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklami
bartaraf etish to'ldirish asosida amalga oshiriladi.
7. Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.
Bu element zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markaziy
g'oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoni natijasi
kafolatli bo'lishini talab qilar ekan, jarayon borishidan ko'zda tutilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali bo'lishiiiing rejalashtirilishini o'qituvchi (pedagog)lar oldiga vazifa qilib qo'yadi.
Ta’lim texnologiyasi asosida o'tkaziladigan mashg'ulotlar an’anaviy pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko'ra farq qiladi:
- m ashg'ulotlar o'quvchi-talabalam ing o'quv maqsadlarini
oydinlashtirishdan boshlanadi;
- ta’lim-tarbiya jarayoni oldindan qayd etilgan natijaga mo'ljallab tashkil etiladi;
- har bir o'quvchi-talaba o'z faoliyati xususiyatlariga mos keladigan sur'atda ishlaydi;
- jamoa a’zolarining har bin o'zlari erishgan natijadan tez-tez
ogohlantirib turiladi; erishilgan natija ta’limning har bir bosqichida
etalonga birlashtirib turiladi;
- natija o'quvchi-talabalaming asosiy o'quv maqsadlariga ko'ra
aniqlanadi;
- o'quv materialini to'liq o'zlashtirgan o'quvchi-talaba keyingi
mavzuni o'rganishga o'tadi;
- etalondan past o'zlashtirgan o'quvchi-talabalar uchun ta’lim
o'xshash sharoitlarda takrorlanadi;
- o'quvchi-talaba uchun o'qish-o'iganish harakatiga teng maqsadlami amalga oshirishdan boshlanadi;
- o'quvchi-talaba harakatga teng maqsadlardan oraliq maqsadga
— bilimlarga, undan umumiy o'quv maqsadiga qarab boradi;
- harakatga teng maqsaddan umumiy o'quv maqsadiga qarab
borish o'qish-o'rganishning sikliyligini ta’minlaydi;
- yakuniy (nazorat) baho o'quv kursi to'liq o'rganilgach chiqariladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot
texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham
mavjud bo'lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga
xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rin
egallamoqda.
Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’limtarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u
berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio,
televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:
1. O'quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan
mavzular yuzasidan didaktik materiallami ishlab chiqish.
2. Pedagoglarning o'z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va
didaktik materiallardan metodik jihatdan to ‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yo'nalishlaTidan biri va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning shug'ullanishi lozim bo'lgan sohasidir.

Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə