Zamonaviy ta`lim texnologiyalari



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü36,5 Kb.
#182393
1   2   3
ZAMONAVIY TAlim texnologiyalari

Axborot texnologiyalari — bu odamlaming bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo'yicha
imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlami tashkil etish, saqlash,
ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana
shuningdek, axborot texnologiyalari deganda. m a’lum bir maqsadga
erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat
yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil etish
vaujamiuyg'unlashtirishdakompyuterlardan foydalanish imkoniyati
yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun mazkur texnologiyani sinchiklab o'rganish, jarayonlardagi va ular o'rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek,
jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot
ta’minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo'ladi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta
texnika yutug‘i tashkil etadi:
1. Axborotning mashina o'qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo'lishi (magnit, lentalar. kinofilmlar. magnit disklar
vah.k.);
2. Axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa
bojyicha muhim cheklashlarsiz yetkazishini ta'minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab
olinishi (radio eshittirish, televidenie, ma'lumotlami uzatish tarmoqlari. yo'ldosh aloqa, telefon tarmog'i va h.k.);
3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo'yicha
avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash. tasniflash.
kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi
va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.
Axborot texnologiyalari ta'lim jarayonida muhim o'rin tutib,
quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o'qitilayotgan o'quvchi va talabalarda ochish, saqlash va
rivojlantirish. ularda bilish qobiliyatlarini, o'zini-o'zi kamolotga
yetkazishga intilishni shakllantirish;
- voqea va hodisalarni kompleks o'rganishni, aniq, tabiiyilmiy,texnikaviy. ijtimoiy, gumanitar fanlar va san'at orasidagi
o'zaro bog'liqlikning chambarchasligini ta'minlash;
- o'quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini
doimiy tarzda va dinamik ravishda yangilash.
Ta'lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy
etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:
1. Texnik muammolar — bular ta'lim tizimida foydalaniladigan
elektron-hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo'yiladigan talablarni. ularni amalda qo'llash xususiyatlarini belgilaydi;
2. Dastur muammolari — bular ta'lim tizimida foydalanish uchun
dastur ta'minotining tarkibi va turlarini, ularning qo'llanish tarkibi
va xususiyatlarini belgilaydi;
3. Tayyorgarlik muammolari — bular o'qituvchi va o'quvchi,
pedagog va talabalarning axborot-коmmunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, hisoblash texnikasidan ham foydalanish uquvi
bilan bog'liqdir.
Bugungi kunda ta'lim ni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish turli o ‘quv fanlari bo'yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan
iborat bo'lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari o'qitish nuqtai
nazaridan ta'lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin.
Buning sabablaridan biri-kompyuter texnologiyalari an’anaviy tashkil etilgan o'qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U o'zining
asosiy m azm uni va m etodlari bo'yicha bu texnologiyalarga
yo'naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.
Ta'lim texnologiyalari doimo axborotli bo'lgan. chunki ular
ko'p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish
bilan bog'liq edi. Kompyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari
paydo bo'lishi bilan o'qitish texnologiyalari tubdan o'zgardi. Ta’lim
jarayonida axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo'lishini taqozo etadi:
- ta'limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari;
- ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy
dastur ta’minoti;
- ta’lim-tarbiya jarayonida yangi o'quv-texnika vositalarini tatbiq
etish bo'yicha mos metodik ishlanmalar.
Keyingi vaqtlarda «o'qitishning kompyuter texnologiyalari» tushunchasi tarqalib. bunda kompyuterlar bazasida amalga oshirilgan
o'qitish texnologiyalari tushuniladi. Biroq axborot texnologiyalari
tushunchasi o'qitishning kompyuter texnologiyalari tushunchasidan
kengroqdir, chunki kompyuterlar axborot texnologiyalari texnik
vositalarining tarkibiy qismidir.
Bugungi kunda turli optik xotirlovchi qurilmalar (videodisklar,
optik disklar) keng tarqaldi. Ulardan foydalanish matnli grafik axborotni bir vaqtda birgalikda yozish imkonini beradi, shu bilan birga, uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir paydo bo'ladi. Magnit
yozuvdan farqli o'laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi
qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dasturiy-matematik ta’minoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo'nalishi bo'lmoqda.
Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari ham
mavjud bo'lib. ularga quyidagilar kiradi:

Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə