Zamonaviy ta`lim texnologiyalari



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü36,5 Kb.
#182393
1   2   3
ZAMONAVIY TAlim texnologiyalari

EHM tarmoqlari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida
EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bo'lmagan fazoda amalga
oshiriladi va axborot xizmati turli tarmoqlarining integratori bo‘ladi.
Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini
birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global
tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirish
imkonini beradi.
Yo‘ldoshli aloqa tizimlari. Ko'plab yer ustidagi stansiyalami va
yer sun’iy yo'ldoshidagi retrenslyatorlami o'z ichiga oladi. Bugungi
kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga
oshirish uchun m a’lumotlar to'plash hamda televidenie dasturini
uzatish uchun ishlatilmoqda.
Sun’iy intellekt tizimlari. Sun’iy intellekt elementli AKTning
boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik m a’-
lumotlarni, sun’iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi.
Informatikaning alohida yo'nalishi-sun’iy intellektdir. Odam aqliy
faoliyatining ba’zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli-texnika vositalari ishlab chiqilmoqda.
Elektron pochta. «Elektron pochta» — bu korrespondensiyalar
almashishi uchun pochtaga o'xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya’ni bosma materiallar,
jadvallar va jurnallarni uzatish hamda elektron pochta yoki qog'ozsiz
pochta aloqalari xizmatidan iborat bo'lib, u xabarlarni to'plash,
ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlami uzatish tarmoqlari tizimidir.
Elektron pochta asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi
axborot xizmati ko'rsatish amalga oshirilgan. So'nggi yillarda jahon
bozorida elektron nashrlar borgan sari ko'p o'rin egallamoqda. Bu
jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi.
Telekonferensiyalar. Telekonferensiyalar zamonaviy axborot
texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo'la oladi. Telekonferensiyalami o'tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta
namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb
masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama
uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalami muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.
0 ‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari o'quvchi-talabaning emas, u, eng awalo. o ‘qituvchi(pedagog)ning texnologiyasidir. O'quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini o'rganmaydi,
balki uning mahsulotidan 0 ‘qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. O'qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, o'quvchi- talabalar bilimini
nazorat qiladi va uning vazifasi ta’lim mazmunini takomillashtirish
uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning har ikkala yo‘nahshini ham
rivojlantirib borish zaruriyatiga bog‘lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlaiga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning
konsepsiyasi» yaratilishi lozim.
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o'qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalaming noyob
imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning hali tadqiq qilirunagan yangi
texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari — bu axborotni tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga uzatish jarayoni bo'lib. uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni:
- o'quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
- «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash;
- ta’lim oluvchilaming 0 ‘zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli
miqdorda axborot bilan ta’minlash;
- o‘quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar
qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Kompyuterli texnologiyaning mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelni qo'llashga asoslangan bo'lib, bu model kompyuter
xotirasiga yozib qo'yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog‘ining imkoniyatlari orqali namoyon bo'ladi.
Axborot texnologiyalaridan faqat o'quv jarayonida emas, balki
uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilami ilmiy texnik va maxsus axborot bilan ta’minlaydigan axborot ishida, ta’lim
tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni
qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta’limga joriy
etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yo‘nalish
bo'lmoqda. Shu munosabat bilan, hatto «multimedia» tushunchasi
paydo bo'ldiki, u o'qitishda ko'pchilik texnik vositalardan kompleks
foydalanishni bildiradi. Multimediani qo'llagan holda eng muhim narsa
o‘quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o'rgatishdan
iborat bo'ladi. 0 ‘qituvchi(pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan
iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bo'ladi,
o’qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo'l ko‘rsatuvchi hamdir.
Bu kabi o'qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda
o'quvchi-talabaga ta’sir ko'rsatish birgina axborot kanallari (ko'rish,
eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanilganda
o'quvchi-talabalaming bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini
tiklash muammosi yangicha hal etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’lim
sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko'p tarqalgan
shakllari individual va frontal shakllar bo'ladigan bo'lsa, axborot
texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir
vaqtda foydalanish mumkin.
Shuningdek, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy
etilishi o'qituvchi (pedagog) vazifasining o'zgarishiga sabab bo'ladi,
ya’ni pedagog ta’lim-taibiya beribhdan ko'ra ko'proq tadqiqolchi,
tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning
hammasi esa o'qituvchi(pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o'zgartirishni talab qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o'qituvchi (pedagog)larning axborot madaniyati asoslari metodologik, umumta’limiy, umummadaniy xarakterda bo'lib,
pedagog xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida barcha o'quv fanlari kompleksini o'rganishda
shakllanishi lozim.
Keyingi yillarda Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini axborot
texnologiyalari bilan jihozlash, ta’lim tizimi mazmuni, uni tashkil
etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy o'zgarishlar
ro'y berdi va bermoqda.
Ma'lumki, o'qituvchi(pedagog)larning an'anaviy o'qitish usulida
laboratoriya va amaliy ishlar o‘tkazilishiga ko'p vaqt ajratiladi. Bu
mutaxassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat
o'quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o'quv
materialini o'zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga ham ko'mak beradi. Biroq
bunday mashg'ulotlar to'laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi — laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda ko'pgina
laboratoriya va o'quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati m a’naviy eskirib qolganligi va bugungi kun talablariga to'liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda
amaliy mashg'ulotlar uchun laboratoriya va stendlami har bir o'quv
yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo'shimcha
sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir muhim omil shundaki,
ba'zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlaming sustligi
sababli ajratilgan vaqt ichida ta'lim oluvchilar takror tahlil yoxud
sinovlar o'tkazishga qiynalishadi, holbuki, m a’lum bir sohada yetarlicha ish ko'nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg'ulotlami
qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, an'anaviy ish olib borish
sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining teztez buzilishi va shu bilan bog'liq ashyolarga qo'shimcha sarflar qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutaxassis
kadrlarini tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam
bera oladigan yangi samaraii, hammabop pedagogik uslubni joriy
etish zaruriyati tug'ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun laboratoriya
stendlari va o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulotlar barcha talabalar
uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo'lishiga erishmoq
lozim. Mashg'ulotlar o'ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik
omillami hisobga olishi, jarayonlami jo'shqin tarzda namoyon etishi,
mashg'ulotlar o'tkazish va o'qitilayotgan fanni o'zlashtirishni, umuman butun o'qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida
o'ziga-o'zi baho berish imkonini ta’minlamog'i zarur. Aynan shu
nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni maqbul tarzda hal qilish va
an’anaviy o'qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga
ko'mak beradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga bir qator
yangi elementlami olib kirishni taqozo qiladi. Bular quyidagilar:
1. Diagnoz.
2. 0 ‘quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.
3. Diagnostik tahlil.
4. Tuzatish kiritish (korreksiya).
5. Qayta to ‘latish (ketma-ketlikni yo'qotish).
6. Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.
7. Reyting.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar va elementlarga asoslangan holda
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta ’lim jarayoniga joriy qilish,
xorijiy hamda ham do‘stlik davlatlaridagi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o‘zimizning zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlami umumlashtirish va amalda qo‘llash uchun quyidagilarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo'ladi:
1. Ta’lim jarayonining ishtirokchilari pedagog va talaba o'rtasida
o‘quv mehnati rejasini ishlab chiqish, ya’ni pedagog b o iim yoki
bobni o‘rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada talaba faoliyati o‘z
aksini topm og'i lozim.
2. Fanning ichki bog‘lanishi yoki fanlararo bog‘lanish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish. M a'lumki, har bir o‘rganiladigan
kichik yoki yirik o‘quv birliklari oldin o‘rganilganlariga tayanadi.
Demak, talabani yangi bo‘lim, bobni o‘rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga layanibh, agar mavjud bilimlar yangi bobni, bo'limni o'rganishga yetarli bo'lmasa, oraliq tayyorgarlik ohb
borish va shundan keyingina talabani bilimlarni o'rganishning navbatdagi bosqichiga olib kirish lozim. Bunday ishlash zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy elementlaridan biri diagnoz (tashxis)
hisoblanib, talabalarning yangi yangi bilimlarni o'zlashtirishga qanchalik darajada tayyor ekanliklarini aniqlashdan iborat.
3. O'quv birliklari mezonlarini belgilash. O'quv birliklari talaba
tom onidan o'rganilishi lozim bo'lgan tushuncha, ta ’rif, qoida,
qonunlar, hodisa va voqealardan iborat bo'lib, ular orasidagi mantiqiy bog'lanishning ta’minlanishini shu bob yoki bo'limning o'zlashtirilishiga olib keladi. Pedagog bob, bo'lim uchun ajratilgan soatlarda
talabalar o'rganishi kerak bo'lgan o'quv birliklarini aniqlaydi, u uchun
ajratilgan vaqtni ham belgilaydi. O'quv birliklari о‘zlashtirilishi zarur
bo'lgan mezonlar hisoblanib, talabalar bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o'lchanadi, ya'ni talaba ushbu ko'rsatilgan
mezonlami bilsagina baholanadi. Pedagog shu paytda guruhga nisbatan
o'rtacha baho bilan ishlamaydi, balki aniq o‘lchovlarga asoslangan
holda ish olib boradi. O'quv rejasini tuzishda pedagog talabalar bilishi
lozim bo'lgan o'quv birliklarini bo'lim, bob va semestrlar bo'yicha
aniqlaydi hamda talabalarga topshiriq sifatida bo'limni o'rganishdan
oldin vazifa qilib beradi. Berilgan topshiriqlar o'zlashtirish reytingini
aniqlashda nazorat topshirig'iga o'tkaziladi.
4. Diagnostik tahlil. Bilim, ko'nikma va malakadagi kamchilikni
aniqlash, ularni to'ldirish va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarilish maqsadida quyidagi diagnostika tadbirlari amalga oshiriladi:
- o'quvchi-talabalar o'zlashtirish darajasini diagnostikalashtirish;
- bo'limlardagi yetishmovchiliklaming oldini olish;
- aniqlangan yetishmovchiliklarni to'ldirish maqsadida maxsus
topshiriqlar ishlab chiqish;
- maxsus topshiriqlar bilan ishlash soatlarini belgilash;
- yakuniy diagnostik tahlil qilish.
Diagnostika ta'lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo'lib,
uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O'zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, har bir talabaning bilim darajasini aniqlash,
rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo'li bilan ta’lim jarayonining
kafolatlanganligi ta’minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan
test so'rovida amalga oshiriladi.
5. Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish). Qayta tuzatish kiritishdan maqsad, olingan bilimlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni bartaraf etish to'ldirish asosida amalga
oshiriladi. Qayta to'ldirish asosan amaliy-tatbiqiy mashg'ulotlarda
amalga oshiriladi. Shu maqsadda pedagog talabalar o'zlashtirish darajasidagi toidirishni amalga oshirmog'i lozim. Bunda pedagog tanlayotgan o'quv vazifasining darajasini talabalarda mavjud bo'lgan real
bilimlarga moslashtirish zarur.
6. Kutilishi lozim bo'lgan natijalami olish. Bu element pedagogik
texnologiyaning markaziy g'oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya
ta ’lim jarayoni natijasida kafolatli bo'lishini talab qilar ekan, pedagog oldiga jarayonning borishini ko'zda tutilgan maqsadda amalga
oshirish va aniq natijani mo'ljallab rejalashtirishni maqsad qilib
qo‘yadi. Jarayon borishi davomida shu jarayon tahlil qilib boriladi,
tuzatishlar kiritiladi, qayta to‘ldirishlar amalga oshiriladi va oldindan kutilishi rejalashtirilgan natija olinishiga erishiladi. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya deb ilgari surilgan g'oyaning maqsadi
ana shundadir.
Jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta'sirini boshidan
kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv
nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, bugungi kunda
faol yangilanish jarayonlari bosqichiga o‘tdi va inson imkoniyatlarini samaraii rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda.
Pedagogik texnologiya uslublari dastlab ta’lim berishning namunaviy vaziyatdagi o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor, ya’ni
reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta ’lim
har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat
jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish bilan
bog'liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalaming ma’lum «poydevori» hosil qilingandan keyingina, ta ’limning natijali, ya’ni
produktiv va ijodiy yondashish uslublariga o'tish mumkin.
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə