Bibliografiya lat p65


Mariya Petrovna Avsharova



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   161
bibliografiya

Mariya Petrovna Avsharova
— keksa bibliograf va o‘lkashu-
noslaridan. 1896- yili Òoshkentda tavallud topadi. 1913- yili xotin-
qizlar gimnaziyasining 7- sinfini bitiradi, 1915- yili Moskvadagi
Oliy xotin-qizlar kursining tarix-filologiya fakultetiga o‘qishga
kiradi. 3 yildan so‘ng oilaviy sharoiti tufayli o‘qishni oxiriga
yetkazmay qaytib keladi. Madaniyat va maorif sohasida faoliyat
ko‘rsatadi, 1938- yildan Navoiy nomidagi Davlat xalq kutubxona-
sida ma’lumot-bibliografiya bo‘limida kutubxonachi-kartochkachi,
so‘ngra bibliograf bo‘lib ishlay boshlaydi. 1934- yili kutubxonada
ma’lumot-bibliografiya bo‘limi tashkil etilgandan keyin O‘rta Osiyo
kitob va jurnallari, „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasi sahifa-
laridagi maqolalarning bibliografik kartotekasi“ni tuzadi. Urush
yillari Betger rahbarligidagi 2 ming tavsifdan iborat 2 jildlik
„Òojikiston haqida tarixiy-etnografik adabiyot“ nomli bibliografik
ko‘rsatkichini tuzishda ishtirok etadi. „1918 — 1935- yillarda O‘rta
Osiyoda rus tilida nashr qilingan gazetalar ro‘yxati“ni tayyorlaydi.
Unda 126 nomdagi gazetaga aniq faktlar yordamida ta’rif beradi.
1940 — 50- yillarda Avsharova, asosan, tavsiya ko‘rsatkichlarini
tuzish bilan band bo‘ladi. O‘lkashunoslik bibliografiyasiga qo‘shgan
hissasi 1958- yili „O‘zbek xotin-qizlari kecha va bugun“ nomli
ko‘rsatkichi sifatida yuzaga chiqdi. Unga 1919 — 1956- yillarda
nashr etilgan hujjatlar kiritilib, annotatsiya bilan ta’minlangan.
M.P. Avsharova, Y. D. Svidina bilan birgalikda „O‘zbek adabiyoti“
ko‘rsatkichini nashr ettirdi, unda 1917- yilgacha va undan keyin
yashab ijod etgan adabiyot namoyandalari asarlari va ular haqidgi
asarlar kiritilgan. Har bir muallif haqida avval biografik material
va ularning asarlarining ro‘yxati berilgan. M.P. Avsharovaning
1960- yilda nashr etilgan „Turkistonning rus vaqtli matbuoti.
1870 — 1917- yy.“ nomli ishi muhim ahamiyatga ega. Unda


150
Òurkiston o‘lkasiga va ayrim viloyatlarga oid ma’lumotlarni beruvchi
189 nomdagi gazeta va jurnallar, almanaxlar, ma’lumotnomalar,
sharhlar, yilnomalar, taqvimlar aks etgan. Yirik ilmiy ish sifatida
ham o‘lkamiz tarixini, boshqa xalqlar madaniyati tarixining
ta’sirini o‘rganishga yordam beradi. Avsharovaning keyingi faoliyati
„O‘zbekiston“ yilnomasini tuzish bilan bog‘liq holda o‘tgan. Bu
yilnoma 1917- yildan o‘lkamiz haqidagi kitoblarni, gazeta, jurnal,
to‘plamlardagi maqolalarni va boshqa nashrlarni yig‘ib beruvchi
bibliografik qo‘llanmadir. Muallif faqat O‘zbekistonda nashr etilgan
asarlarni emas, balki undan tashqaridagi asarlarni ham kiritadi.
„O‘zbekison“ yilnomasining 1- soni 1903 — 1955 va 1956- yillarga
oid bo‘lib, 1958 va 1960- yillari nashrdan chiqdi. Ko‘rsatkichning
qadimgi davrlardan to 1917- yilgacha davrni o‘z ichiga olgan
„O‘zbekiston tarixi“ qismi tuzuvchining vafotidan so‘ng nashr
etildi. Ko‘p yillar davomida Mariya Petrovna „O‘rta Osiyo“
kartotekasini tuzib boradi. 1953- yilda „O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan kutubxonachi“ unvoniga sazovor bo‘lgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə