Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   161
bibliografiya

Yo‘l ko‘rsatkichlari 
(ïóòåâîäèòåëè) muzeylar, ko‘rgazma
zallari, yirik shaharlar, mashhur kishilar hayoti va ijodi bilan
bog‘liq tarixiy joylarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bular mazmun-
mohiyatiga ko‘ra o‘quv adabiyotlariga qo‘shimcha adabiyot sifatida
ahamiyatga ega. Ular ham matnli va ham illustratsiyali bo‘lib,
kitobxonga o‘sha joy yoki tashkilot haqida to‘la ma’lumot berishda
qimmatli manba. Nashrlarni matn tarkibi va tuzilishiga ko‘ra ham
turlarga ajratib o‘rganiladi. Ular kichik nashrlar (ìîíîèçäàíèå),
to‘plamlar, tanlangan asarlar, asarlar to‘plamlari.
Kichik nashrlar
 tugallangan yaxlit bir asar bo‘lib, eng ko‘p
tarqalgan va ommaviy nashrdir.
Òo‘plamlar
 bir yo‘nalishdagi, bir tizimdagi, bir muallif
yoki bir necha muallif ijodiga mansub asarlarning yig‘indisi
bo‘lib, ular rasmiy, ilmiy-axborot nashrlari ham bo‘lishi mumkin.
Òo‘plamlarni tayyorlashda uning maqsadi, mavzusi, kitobxonlik
guruhi, janr, tarixiy-xronologik, geografik, milliy xususiyatlar
hisobga olinadi. Ba’zida bir to‘plamni tayyorlash uchun bir yo‘la
bir necha belgiga asoslanish mumkin. Ayniqsa, badiiy asarlarga
oid to‘plamlarda uchratish mumkin. Masalan, „O‘zbek she’riyati
antologiyasi“ janr xususiyatiga ko‘ra, „Istiqlol umidlari“
mualliflarning yoshi va ijod saviyasiga ko‘ra, O‘. Hoshimovning
„Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ ham bir muallif ijodiga oid bo‘lib,
faqat hikmatli so‘zlardan iborat.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə