Bilig ilmiy faoliyat


Jild: 03 | Nashr: 07 | June 2022



Yüklə 404,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü404,37 Kb.
#148307
1   2   3   4   5   6
74-Article Text-157-1-10-20230506

Jild: 03 | Nashr: 07 | June 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
 
72 
standartlari bo‟yicha tuzish muhimdir. Chunki ushbu hisobot shaklida axborotlarning 
istemolchilari uchun muhim bo‟lgan moliyaviy axborotlar yoritiladi. Amaldagi 
hisobotni moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida tuzilgan hisobotga 
moslashtirish orqali hamma uchun birdek tushunarli bo‟lgan daromad,xarajat, foyda 
(zarar) lar to‟g‟risidagi axborotlar muhitini yaratishimiz mumkun. Bu orqali xorijiy 
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta‟minlash va xalqaro moliya bozorlariga 
kirish imkoniyatlarini kengaytirish, potensial investorlarning korxonalarga bo‟lgan 
qiziqishlarini oshirish mumkun bo‟ladi. Bundan ko‟rinadiki moliyaviy hisobotlarni 
xalqaro standartlar bo„yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish respublikamizdagi 
mavjud dolzarb muammolardan biri bo‟lib hisoblanadi. 
Tadqiqotning metodologiyasi. 
Tadqiqot ishida O„zbekiston Respublikasi qonunlari, 
Prezident farmonlari va ma‟ruzalari, Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va 
auditorlik faoliyatiga oid me‟yoriy hujjatlari va yo„riqnomalar xalqaro konseptual 
qoidalarga hamda MHXSlariga taqqoslash metodi, mantiqiy tahlil, tahlil va sintez 
usullaridan foydalanildi, SVOT tahlili orqali amaldagi tizimning kamchiliklari va 
yutuqlari e‟tirof etildi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. 
Moliyaviy natijalar to„g„risidagi hisobotning 
asosiy me‟yoriy hujjati bo„lib, “Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari” [1] 
hisoblanadi. Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari barcha standartlar uchun asos 
bo„lib xizmat qiladi. U buxgalteriya hisobi bo„yicha standartlarning yuragi va asosiy 
mezoni bo„lib hisoblanadi. Ular moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishning 
asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Konseptual asoslar standartlar o„rnini bosmaydi. 
Shu bilan bir qatorda O„zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining 3-sonli milliy 
standarti (BHMS) “Moliyaviy natijalar to„grisidagi hisobot” ham respublikamizda 
amal qilinadigan eng asosiy me‟yori hujjat bo„lib hisoblanad. Ushbu “Moliyaviy 
natijalar to„grisidagi hisobot” barcha xo„jalik yurituvchi sub‟yektlar tomonidan 
«Buxgalteriya hisobi to„g„risida»gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga 
muvofiq ravishda moliyaviy hisobotning 2 – sonli shakli “Moliyaviy natijalar 
to„grisidagi hisobot” ni tuzish va taqdim etishlari uchun moliyaviy natijalar 
to„g„risidagi hisobotning moddalarini hamda uning tasnifini bayon qilib berish 
hisoblanadi. Mazkur standart mulk shaklidan qat‟i nazar barcha xo„jalik yurituvchi 
sub‟yektlar tomonidan moliyaviy natijalar to„g„risida hisobotni tayyorlashda 
qo„llaniladi. Ushbu standartda “Moliyaviy natijalar to„grisidagi hisobot” da mavjud 
atamalar va moddalarga tavsif berib o„tilgan, shuningdek standartda “Moliyaviy 
natijalar to„grisidagi hisobot” da ochiqlanishi zarur bo„lgan axborotlar bayon etilgan. 
Ushbu me‟yoriy hujjatlar urganilganda moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 
asosida tuzilgan hisobot va respublikamizda amalda bo‟lgan buxgalteriya hisobining 
milliy standartlari asosida tuzilgan hisobot bir biridan farq qiladi. Ushbu standartlarda 
yortilgan atamalar va moddalar, va urganilgan adabiyotlardagi olimlarning 
mulohazalari “Moliyaviy natijalar to„grisidagi hisobot” ga bo„lgan yondashuvlarga 
yangicha yondashishni hamda me‟yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda va 
ushbu hisobot shaklini xalqaro standartlarg moslashtirishni taqozo etadi.


FTAI

Yüklə 404,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə