Bilig ilmiy faoliyat


Jild: 03 | Nashr: 07 | June 2022



Yüklə 404,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü404,37 Kb.
#148307
1   2   3   4   5   6
74-Article Text-157-1-10-20230506

Jild: 03 | Nashr: 07 | June 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
 
74 
bevosita xarajatlarni tartibga solidi va xarajatlar “Moliyaviy natijalar to‟g‟risidagi 
hisobot” elementi bo‟lib hisoblanadi. Nizom qoidalari bugungi kun talablariga 
muvofiq kelmaydi, undagi ayrim moddalar standartlar qoidalaridan chetlashgan. 
Masalan, “Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari)” 
ko„rsatkichi nomlanishi MHXS asoslarga muvofiq emas. Asosiy faoliyatdan boshqa 
daromad bo„lmaydi, asosiy faoliyatdan olingan barcha daromadlar tushumlar 
tarkibiga kiradi. Konseptual asoslarda keltirilganidek, ushbu ko„rsatkich “asosiy 
bo„lmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlar” yoki “boshqa 
daromadlar” deb atalishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ikkinchidan, 
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual 
asos”larda “yalpi daromad” atamasidan foydalanilgan, lekin ushbu atamaga tavsif 
berilmagan. Yalpi daromad emas, “daromad” atamasidan foydalanilsa va ushbu 
atamaga tavsif keltirilganda maqsadga muvofiq bo„lar edi. Konseptual asoslarda 
moliyaviy hisobotning asosiy elementi hisoblangan “daromadlar”ga ta‟rif 
keltirilmagan. Bundan tashqari konseptual asoslarda asosiy faoliyatdan olingan 
daromadlar tarkibiga “boshqa aktivlarni realizatsiyasidan” olingan daromadlar 
kiritilgan. Bu xalqaro standartlardagi qoidalarga muvofiq emas, deb o„ylaymiz. 
Xalqaro standartlarda “oborotdan tashqari aktivlarni tasarruf qilishdan olingan foyda” 
boshqa daromadlar tarkibiga kiritilgan. Shu bois, “boshqa aktivlar realizatsiyasi” 
tushunchasini ochiqlash kerak bo„ladi. Ta‟kidlash lozimki, konseptual asoslarda 
“asosiy bo„lmagan faoliyat natijasida olingan daromad”, ya‟ni “boshqa daromad”lar 
tarkibi to„liq shakllantirilmagan, faqat birjada qimmatli qog„ozlar qayta baholanishi 
natijasida olingan daromadlarni ta‟kidlash bilan chegaralangan. 
Uchinchidan
, bugungi kunda 2-sonli BHMS “Asosiy xo„jalik faoliyatidan tushgan 
daromadlar” standartini yangi tahrirda qabul qilish zaruriyati mavjud. Bizga 
ma‟lumki, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari bo„yicha Kengash 18-son 
BHXS “Tushumlar” va 11-son BHXS “Qurilishdagi shartnomalar” standartning 
qoidalari davr talablariga javob bera olmayotganligini hisobga olib MHXS va 
AQShdagi GAAP qoidalarini umumlashtirish asosida tushumni tan olish prinsiplarini 
belgilovchi yagona 15-son MHXS “Xaridorlar bilan shartnomalar bo„yicha tushum” 
standartini ishlab chiqdi. Bizda amalda bo„lgan 2-sonli BHMS asosan oldin amalda 
bo„lgan 18-son BHXS “Tushumlar” standarti talablari asosida ishlab chiqilgan edi. 
Bundan tashqari, standartda “asosiy xo„jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” 
atamasiga emas, “daromadlar” va “tushumlar” atamalariga ta‟rif keltirilishi maqsadga 
muvofiq, chunki odatdagi faoliyatidan olingan daromadlar (asosiy daromadlar) va 
odatdagi bo„lmagan faoliyatdan olingan daromadlar (boshqa daromadlar) ham 
“Moliyaviy natijalar to‟g‟risidagi hisobot” ning elementi sifatida talqin qilinishi talab 
etiladi. 

Yüklə 404,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə