Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə15/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Tayanch tushunchalar
Dialektik usul - moddiy olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo‘lib, barcha fanlar uchun metadologiyadir. Dialektik usul xususiy fanlar erishgan yutuqlardan foydalanib, ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular bir - birini to‘ldiradi va boyitadi.
Kuzatish - harakat o‘zgarish va rivojlanishdagi ma’lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu xolisa diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida ko‘zdan kechirib borishdir.
Eksperiment - o‘rganilayotgan predmet yoki hodisani o‘z xolida, lekin sun’iy yaratilgan sharoitda kuzatishdir.
Analiz - bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, tomonlarga va elementlarga ajratib, ularning har biri nima ekanligini bilishdir.
Sintez - analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni bir butun xoliga keltirishdir.
Umumlashtirish - tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqt qilib, tadqiqot uchun zarur bo‘lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir.
Konkretlashtirish - oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog‘lab shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
Induksiya - tadqiqotchi o‘z tafakkuridan tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimni hosil qiladi.
Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab yetish qobiliyatidir.
Deduksiya - fikrda umumiy bilimlarda juz’iy, qisman bilimlarga kelishdir.
Tarixiylik - o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo‘lish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir.
Mantiqiylik - tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflardan tozalangan abstrakt konkretlik shaklida ifodalanishidir.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə