Bilish jarayonlari 4-mavzu. Sezgi va idrok reja



Yüklə 230 Kb.
səhifə18/18
tarix11.06.2022
ölçüsü230 Kb.
#89316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
4-Mavzu Up

Harakatni idrok qilish
Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko’rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida o’z o’rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda o’rin almashtirib turishini, ya'ni harakatini ham idrok qiladilar. harakatni idrok qilishda ko’rish va kinestezik analizator asosiy rol o’ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo’nalishi harakat qilayotgan ob’yekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yo’l bilan ma'lumot olishi mumkin.

Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir.
a) ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
b) ko’zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakat tez yoki sekin bo’layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilinishi narsalarning ob’yektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq yaqinligiga bog’liq Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.


Takrorlash va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Sezgi tushunchasining mazmunini izohlang?

  2. Sezgilarning nerv fiziologik asoslari nimalar bilan belgilanadi?

  3. Sezgi qanday asosga ko’ra klasifikasiya qilingan?

  4. Sezgilarning turlarini sanang?

  5. Idrokning nerv fiziologik asoslarini ko’rsating?

  6. Idrokning murakkabligi nimalardan ko’rinadi?

  7. Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlikning mohiyati nimalarda ko’rinadi?

  8. Idrokda illyuziya va gallyusinasiya hodisalarini izohlang?




Yüklə 230 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə