Bino va inshootlarni loyihalashda mexnat muhovazasi bo`yicha qo`yiladigan asosiy talablar Mundareja: kirish I bob. Bino va inshootlarda qo`yiladigan qonuniy talablar


Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari



Yüklə 125,62 Kb.
səhifə14/15
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#181943
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo

3.2. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni kamaytirish uchun ularning sabablarini to‘g‘ri aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini o‘rganish va baholashni quyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:
Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida, chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini o‘rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-gigienik holati kabi omillar tekshirilib o‘rganiladi.
Statistik usulda esa jarohatlanishlarning sabablari keng masshtabda, ya’ni tuman, viloyat, vazirliklar, tarmoqlar va umuman Respublika miqyosida o‘rganiladi. U tashkilotlar va korxonalarning baxtsiz hodisalar bo‘yicha hisobotlarini statistik qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, baxtsiz hodisalarni ishchilarni kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanishini yoritadi.
Topografik usul baxtsiz hodisa ruy bergan joyni o‘rganish va tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, ushbu joyni ishlab chiqarish rejasiga yoki topografik kartaga tushirish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy usulda esa mehnat muhofazasi uchun ajratiladigan mablag‘lar va materiallarning baxtsiz hodisalarni kamaytirishga qanchalik ta’sir etishi va baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari o‘rganiladi.
3.3.Jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubi
Baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri tekshirish, ularning sabablarini o‘rganish va baholash quyidagi jarohatlanishlar ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali tahlil qilinishi mumkin:
Jarohatlanish chastotasi - Kch
Kch = (n1 /nu) 1000 (2.1.)
bu yerda n1 – baxtsiz hodisa tufayli ish qobiliyatini yo‘qotgan va halok bo‘lgan ishchilar soni;

Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə