Bino va inshootlarni loyihalashda mexnat muhovazasi bo`yicha qo`yiladigan asosiy talablar Mundareja: kirish I bob. Bino va inshootlarda qo`yiladigan qonuniy talablar



Yüklə 125,62 Kb.
səhifə13/15
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#181943
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo

III BOB. HISOBLASH
3.1.Xavfsizlikni tahlil qilish uslublari
Xavfsizlik sistemasini ikki xil, ya’ni aprior va aposterior usublar bilan tahlil qilish mumkin.
Aprior uslub. Bu uslubda tadqiqotchi tahlil qilinadigan sistemadagi mavjud xavfli omil ta’sirida kelib chiqishi ehtimol qilingan baxsiz hodisani va ushbu hodisa ta’sirida yuzaga keladigan boshqa xavflar ketma-ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz hodisaga olib keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi.
Aposterior uslub. Ushbu uslub faoliyat amalga oshgach ya’ni, hodisa sodir bo‘lgach bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz hodisaning oqibatlari asosida uning sabablari aniqlanadi va tahlil natijalari bo‘yicha kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
Bu ikkala uslub mos xolda to‘g‘ri va teskari uslub ham deb yuritiladi.
To‘g‘ri uslubda ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar va xavf turlari o‘rganilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar oldindan tahlil qilinadi.
Teskari uslubda esa sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar ya’ni, baxtsiz hodisalar o‘rganilib, uning sabablari aniqlanadi va bartaraf etish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Xavfsizlikni tahlil qilishdagi asosiy muammolardan biri uning asosiy ko‘rsatkichlarini va sistemaning chegarasini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir. Agar sistema juda qisqa tarzda tahlil qilinsa, ayrim xavfli holatlar e’tibordan chetda qolishi va natijada turli xil baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, agar sistema juda keng qabul qilinsa, tahlil natijasida noaniqliklar, chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, tahlil chegarasini aniqlashdan oldin tahlilning aniq maqsadi belgilanishi zarur. Umumiy qilib aytganda, tahlil asosida ishlab chiqilgan iqtisodiy, texnik, tashkiliy, sanitar-gigienik va boshqa turdagi barcha tadbirlar ushbu sistemada yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflarni to‘liq oldini olish, ya’ni baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini bartaraf etilishini ta’minlashi zarur.

Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə