Bino va inshootlarni loyihalashda mexnat muhovazasi bo`yicha qo`yiladigan asosiy talablar Mundareja: kirish I bob. Bino va inshootlarda qo`yiladigan qonuniy talablar


Binolarga kuyiladigan asosiy talablar



Yüklə 125,62 Kb.
səhifə2/15
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#181943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo

Binolarga kuyiladigan asosiy talablar
Har qanday bino quyidagi asosiy talabga javob berishi kerak:
- vazifasiga muvofiqligi, ya’ni bino qaysi jarayonga (maqsadga) mo‘ljallangan bo‘lsa, u shu jarayon talabiga to‘liq javob berishi kerak (yashash uchun qulay, dam olishga moslashtirilgan, mehnat qilishga qulay va x.)
- texnik tomondan muvofiqligi, ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirdan (past yoki yuqori temperatura, yog‘ingarchilik, shamol va b.) to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo‘lishi, ekspulatatsiya sifatlarini uzoq yil davomida saqlashi lozim;
- bino ko‘rinishi me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, uning tashqi (ekstrer) va ichki (interer) ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrof-muhit bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak;
- iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallari hamda vaqtni tejash ko‘zda tutiladi.
Binolar vazifasiga muvofiqligiga ko‘ra ikki guruhga: asosiy va yordamchi vazifalarga mo‘ljallangan binolarga bo‘linadi.
Tashqi kuchlarga bino elementlari (qismlari) ning xususiy og‘irligi (doimiy yuklar), uskunalar, kishilar, qor og‘irligi, shamolning ta’sir kuchi (muvaqqat yuklar), yer qimirilashi va uskunalarning tasodifiy buzilishi (avariyasi) natijasidagi ta’sirlar va boshqalar kiradi.
Bino mustahkamligi deganda uni tashqi kuchlar ta’siridan uzoq vaqt buzilmasdan, hamda ortiqcha deformatsiyaga uchramasdan o‘z vazifasini bajarib turishi tushuniladi.
Binoni tashqi ta’siridan o‘z muvozanatini saqlab turishi binoning ustivorligi (turg‘unlik) deb ataladi.qurilish normalari va qoidalariga (SNIP) ko‘ra binolar uzoq vaqt o‘z vazifasinni ado etishi (dolgovechnost) bo‘yicha IV darajaga bo‘linadi:
I - xizmat davri 100 yildan ortiq; II - xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha; III-xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha va IV-xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha mo‘ljallangan binolar.
Bino va konstruksiyalarning olovbardoshligi jihatdan besh darajaga bo‘lish mumkin. Eng katta olovbardoshlik I-darajali binolarga, eng kichik olovbardoshlik esa V darajali binolarga tegishli bo‘ladi.Olovbardoshligi I, II va III toifaga mansub binolar tosh material yoki pishik g‘ishtdan qurilgan, IV-darajali binolar esa sirti suvalgan yog‘ochli, V darajalisi suvalmagan yog‘ochli binolar hisoblanadi.



Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə