Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197
Biologiya-10-sinf

Kodominantlik
– geterozigota organizmda belgining yuzaga chiqishida har 
ikkala allelning ishtirok etishi.
Konvergensiya
– qarindosh bo‘lmagan turlarda o‘xshash muhit sharoitlarida 
yashashga moslanish sifatida o‘xshash belgilarning mustaqil holda rivojlanishi.
Lizis
– lizosoma yoki boshqa agentlardagi erituvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan 
fermentlar ta’sirida hujayralarning yemirilishi yoki erib ketishi.
Lizogen bakteriya
– genom tarkibida nofaol profag tutgan bakteriya.
Lizogeniya
– bakteriofagning bakteriya genomiga profag holida joylashib olishi.
Mangust 
– yirtqich sutemizuvchilar turkumining suvsarsimonlar oilasiga 
mansub hayvon.
Monoklonal antitana
– bir tur antitana hujayralarining rak hujayralariga 
duragaylash orqali olingan gomogen antitana oqsil molekulalari.
Partenogenez
– jinsiy ko‘payish xili bo‘lib, bunda urg‘ochi jinsiy hujayralar 
urug‘lanmasdan rivojlanadi.
Politipik
– bir turga kiruvchi organizmlarning turli nusxada bo‘lishi.
Pubertat (pubertat davri)
– jinsiy yetilish; o‘smir organizmidagi kechadigan
o‘zgarishlar bo‘lib, ularning natijasida o‘smir voyaga yetadi va naslni davom ettira 
oladi. 
Reduksiya
– ontogenezning boshlang‘ich davrida yoki ajdodlarda normal 
rivojlangan organning rivojlanmaganligi yoki butunlay yo‘qolishi. 
Rekombinant T-DNK
– yot DNK molekulasini vektor plazmida tarkibiga 
kiritishdan olingan genetik konstruksiya.
Retrotranspozon
– i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning 
boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi. 
Sayt
– (ingl. site – joy) DNK molekulasidagi yagona nuqta. Bu nuqta borayotgan 
jarayonga muvofi q restriksiya sayti, rekombinatsiya sayti yoki transpozitsiya sayti 
deyiladi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə