Biologiya – 60110900 Mirabidova Dildora Sharif qizining


Tirik tabiat burchagidagi o`simliklar, hayvonlar



Yüklə 65,08 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü65,08 Kb.
#143591
1   2   3   4
Maktabda biologiya xonasi va tirik tabiat burchagini tashkil etish

Tirik tabiat burchagidagi o`simliklar, hayvonlar.

  • Tirik tabiat burchagining o’simliklari
  • Tirik tabiat burchagida butun o’quv yili davomida quyidagi o’simliklar saqlanadi.
  • Xona o’simliklari.
  • Yovvoyi o’t urug’li va sporali o’simliklar.
  • Vegetativ usulda ko’payadigan madaniy va yovvoyi o’simliklar.
  • Daraxt va butalarning shoxlari.
  • Xona o’simliklari tirik burchakning asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o’simliklarga birgina emas, balki bir necha tajribalar qo’yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma’qul. Besh-o’nta shunday o’simliklar ko’p joy egallamagan holda botanika va umumiy biologiya kurslaridan mashg’ulotlarini material bilan ta’minlaydi. Bularga quyidagi xona o’simliklari: kaktus geranь, tradeskantsiya, begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi.
  • Xona o’simliklaridan turli xil tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi misolda ishonch hosil qilish mumkin. Tradeskantsiya o’simligini quyidagi maqsadda: changdon inchalari va chang donachalaridan preparat tayyorlash; sitoplazmaning harakatlanishi; qo’shimcha ildizlarni paydo bo’lishi; qalamchalarning tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik o’simliklarining suv o’simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin.

Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar

  • Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar uchun akvarium, terraium, kataklar qo’yish uchun joy ajratilishi kerak. Akvarium baliklar, shoxilonlar, suv qo’ng’izlari, triton, ayrim baqalar, gidra va dafnayalarni saqlash va boqish uchun eng qulaydir.
  • Akvarium suv havzasining sun’iy biogeotsenozi ya’ni chuchuk suv havzasini modeli hisoblanadi. Unda suv hayvonlari hayotining suv o’simliklari elodeya valisneriya, odest, shoxbarg va boshqalar bilan bog’liqligi ko’rsatiladi. Tirik burchakda zoologiyadan ko’rgazmali va amaliy metodlar bilan o’rganiladigan hayvonlar bo’lishi zarur.
  • Sodda hayvonlardan tufelьkaning kulьturasi, dars va darsdan tashqari ishlar uchun doim tirik burchakda bo’lishi kerak, buning uchun bir oz somon yoki pomidorning quritilgan bargi bo’lishi kerak.

Yüklə 65,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə