Biologiya fakulteti



Yüklə 40 Kb.
səhifə3/4
tarix22.02.2023
ölçüsü40 Kb.
#101284
1   2   3   4
6-sinf Dars ishlanma Pedagogik amaliyot

Taksonomiya

Taksonomiya - bu tirik organizmlarni tavsiflash, belgilari bo‘yicha tegishli guruhlarga ajratish asosida klassifikatsiyalash masalasi bilan shug‘ullanuvchi fan hisoblanadi. «Klassifikatsiya» atamasi biologik organizmlarni ulaming o‘zaro o‘xshash belgilari asosida alohida guruhlarga ajratib chiqish ma’nosini anglatadi. O‘simliklar olamini xilma-xilliklarini klassifikatsiyalashga urinishlar miloddan avvalgi asrdayoq boshlangan. Qadimgi Gretsiyada bizning eramizgacha bo’lgan 4000-3000-yillarda yashab faoliyat olib borgan, ko‘pgina fan sohalari, jumladan biologiyaga oid qimmatli fikrlami bildirgan faylasuf-donishmandlardan biri Teofrast tomonidan bir necha yuzlab o'simlik turlari o‘rganilgan va tavsiflangan. Teofrast o‘simliklami daraxt, buta, butacha, o‘tlarga hamda botqoq o‘simliklari, ko’l o‘simliklari va hokazolarga ajratgan. Teofrast tomonidan ishlab chiqilgan ushbu klassifikatsiyalash tizimi bir necha yuz yillar davomida saqlanib qolgan.




O‘rta asrlarda ham o‘simliklar sistemasi yaratilgan, bunda o‘simliklar olamini guruhlarga boiishda mevasini shakli, urug‘ini joylanishi yoki 180 gullarini bor yo’qligi va boshqa belgilari asos qilib olingari. Sunday sistemalar sun’iy sistema deb atalgan, chunki ular o'simiiklami tasodifiy belgilariga asoslangan bolib, ulaming qarindoshlik belgilarini yoki o‘simliklaming ayrim guruhlari orasidagi farqni amalda ko‘rsatib bera olmagan. Eramizning taxminan I asrida Qadimgi Rim imperiyasida yashab faoliyat olib borgan harbiy shifokor Dioskorid imperiya qo'shinlarining harbiy yurishlari davomida ko‘plab dorivor o‘simlik turlarini o‘rgangan. Dioskorid tomonidan taxminan 600 dan ortiq dorivor o'simliklar tavsiflangan kitob yozib qoldirilgan. Bu kitobda keltirilgan dorivor o‘simliklar taxminan 1500 yil davomida, ya’ni o‘rta asrlaming oxirlarigacha xalq tabobatida keng miqyosda, samarali foydalanilgan. Garchi, Dioskorid tomonidan o‘simlik turlarini klassifikatsiyalash amalga oshirilmagan boisa-da, u ko‘pincha yigib olinuvchi dorivor o‘simlikIarning o‘zaro o‘xshash boigan belgilarga ega boiishiga e’tibor qaratgan. Keyinchalik kishilik jamiyati tarixida 1448-yilda metaldan ishlangan bosma tipografiya nashr quriimasi ixtiro qilingandan keyin, o ‘simlik turlarini gerbariy shaklida to‘plash jarayonida tegishli qog'ozlarga nashr qilingan maiumotlaryorligi yopishtirilgan. Dastlabki gerbariy kolleksiyalarining tarkibi o‘tsimon dorivor o‘simliklardan tashkil topgan. Ayrim o‘simlik turlari gerbariy kolleksiyalari tarkibidagi o‘simlik turlarini klassifikatsiyalashga urinishlar amalga oshirilgan. Jumladan, XVI va XVII asrlarda yer sharining ko‘plab turli xil mintaqalaridan Yevropaga yuzlab yangi o‘simlik turlari olib kelingan va Yevropa mamlakatlarida yashab faoliyat olib borgan botanik olimlar tomonidan davr ehtiyoji sifatida, nisbatan oddiy shakldagi klassifakatsiyalash usullaridan foydaianib, o‘simlik turlarini tegishli guruhlarga birlashtirishga urinishlar amalga oshirilgan. Dastlabki, mukammal hisoblangan klassifikatsiya XVIII asming o‘rtalarida shvetsiyalik botanik olim - Karl Linney tomonidan ishlab chiqilgan boiib, bu klassifikatsiyadan ayrim o‘zgartirishlar kiritish bilan hozirgi kunga qadar foydalaniladi. K. Linney 1738-yilda « O‘simliklar sinfi» asarini nashr qildirishi bilan o'simliklar sistematikasida yangi rivojlanish davrini boshlab berdi. K. Linney bu asarida hamma o'simiik turlarini 24 ta sinfga boigan edi. 1753-yilda nashr qilingan « o’simliklar olamining xilma-xilligi» kitobida esa o ‘sha vaqtda maium boigan 7300 ta o ‘simlik turlarini tavsiflangan. К. Linney O’simliklar olamini muayyan sinflarga boiishda guldagi urug’chilarning soni va ulaming birikib o‘sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan O‘simliklar klassifikatsiyasini birmuncha sodda va qulay sistemasini yaratadi. O‘simliklaming sistematik guruhlari: o‘simliklar olami, sinf, tartib, turkum, tur va tur xillarini ham K.Linney aniqladi va botanikaga o‘simliklaming qisqa va aniq ta’rifmi hamda uiami nomlashning yagona sistemasini kiritdi. K.Linney yaratgan o‘simliklar sistemasi botanik klassifikatsiya va o‘simliklami ta’riflashda shu davrgacha kelayotgan tartibsizliklarga barham berdi va botanika fanining keyingi taraqqiyotida asosiy rol o'ynadi. Shunga qaramay, bu sistema ham sun’iy edi (buni K.Linneyning o‘zi ham aytib o'tgan), chunki bu sistemada o‘simliklarning sun’iy ravishda belgilari asos qilinib, ularning qarindoshligi yoki ayrim guruhlari o‘rtasidagi farqni aniq ifodalamas edi. Masalan, bir-biriga umuman o‘xshamagan nastarin va ba’zi bug‘doydoshlar (Poaceae) oilasidagi o‘simliklami, uning faqat gullaridagi otaliklari soni bir xil bo‘lgani uchun K.Linney bir sinfga kiritgan. 0 ‘sha davrda o‘simlikning yangi topilgan har bir turi faqat lotin tilida ta’rif etilib, maxsus nashrlarda e’lon qilingan. Biror o'simlikni aniq belgilash uchun albatta K.Linneyning qo‘sh (binar) nomenklaturasidan foydalangan. Bu nomenklaturaga asosan o‘simlikning har bir turi ikkita so‘z bilan nomlanadi va bunda birinchi so‘z o‘simliknmg biror turkumga, ikkinchisi esa biror turga mansub ekanligini ko‘rsatadi. Ikkala nom (turkum va tur) lotin tilida yoziladi va ulardan keyin shu o‘simlikni ta’riflagan muallifning nomi qisqartirib yozib qo'yiladi. 0 ‘simliklar turining nomi odatda shu turning eng xarakterli belgilarini o‘zida aks ettirishi kerak (Masalan, «sertuk», «junli», «o‘tsimon», «ingichka bargli» va hokazolar).

Binar nomenklaturadan foydalanishga misol qilib, o‘simliklaming hammaga ma’lum bo‘lgan turkum va turlaridan ba’zilarini olib ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ma’lumki har xil: muskat, chalma, oddiy va boshqa qovoqlar bor. Ularning hammasi «qovoq» turkumiga kiradi, lekin ularning har biri alohida tur. Ulami to iiq nomlash uchun muskat qovoq — Cucurbita moschata, chalma qovoq - Cucurbita maxima, oddiy oshqovoq - Cucurbita pepo va hokazo deb atash kerak. Shuningdek, g‘o‘zaning har xil turi ham qo‘sh nom bilan ataladi: masalan, oddiy g‘o‘za - Gossypium hirsutum, misr 182 g‘o‘zasi - Gossypium barbadense, jaydari g‘o‘za - Gossypium herbaceum turiga kiradi va hokazo. Hamm a holda ham «g‘o‘za» nomi uning ma’lum turkumga kirishini, ikkinchi nom esa turini ko‘rsatadi. K.Linney va uning hamkasblari, shogirdlari ham biologik turlar klassifikatsiyasini ishlab chiqishda ayrim turlarning moslashuvchanlik asosida rivojlanishi va ba’zi turlarning esa - yo‘qolib ketishiga e’tibor berishmagan, bu jarayon haqidagi bilimlar biologiya fanlarda keyinchalik qayd qilingan. Shunday qilib, K.Linney tomonidan ishlab chiqilgan biologik turlarning klassifikatsiyasi zamonaviy biologiya fanlarining taraqqiyotida o‘ziga xos poydevor sifatidagi bilimlarni ta’minlagan. O’simliklami ta’riflash va nomlashning K.Linney taklif qilgan sistemasi hozirgacha saqlanib kelmoqda. Hozir sistematikada 6 ta taksonomik birlik keng qo‘llaniladi:



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə