Biologiya fakulteti



Yüklə 40 Kb.
səhifə2/4
tarix22.02.2023
ölçüsü40 Kb.
#101284
1   2   3   4
6-sinf Dars ishlanma Pedagogik amaliyot

Darsning borishi:
1.
Darsning borishi


Tashkiliy qism:
A.Salomlashish.
B.Davomat olish.
C.O`quvchilar va sinf holatini, darsga tayyorgarligini kuzatish.


2.O’tgan darsdagi mavzuni mustahkamlash:
O’tilgan mavzu yuzasidan kichik guruhlar bilan “Zakovat time”


3.Yangi mavzu bayoni:


Oʻsimliklar sistematikasi — botanikaning boʻlimi; hozirgi va qirilib ketgan oʻsimliklarni tavsiflash, ularni har xil darajada taksonlar boʻyicha tasnif qilish bilan shugʻullanadi. Oʻsimliklar sistematikasi uzoqtarixga ega. Oʻsimliklar dastlab koʻzga oson tashlanadigan bir necha belgilariga binoan tasniflangan. Hozirgi Oʻsimliklar sistematikasida oʻsimliklarning anatomomorfologik belgilari bilan birga ular oʻrtasidagi oʻzaro qarindoshlik (gomologik) bogʻlanishlar hisobga olinadi. Oʻsimliklar sistematikasidagi dastlabki urinishlar bundan 5000-yil avval boshlangan. Yunon faylasufi, tabiatshunos Teofrast (miloddan avvalgi 372 — 287) oʻsimliklarni 4 guruh: daraxtlar, butalar, chala butalar va oʻtlarga boʻlgan. Keyinchalik nemis faylasufi Albert fon Bolshtedt (1193 — 1280) oʻsimliklarni bir pallali va ikki pallalilarga ajratgan. Uygʻonish davrida italiyalik Andrea Chezalpino (1583) oʻsimliklarning, asosan, meva va urugʻlarining tuzilishi asosida birinchi sunʼiy tasnifini nashr etdi. 16-asr oxirida K. Baugin turkum (avlod) va tur kategoriyalarini fanga joriy etdi. K.Linney (1735) oʻzining changchilar soniga asoslangan sistemasini ishlab chiqdi. Bir qancha kamchiliklari boʻlishiga qaramay, bu sistema amaliy jihatdan faqat mutaxassislarga emas, balki barcha botanikaga qiziquvchilarga qoʻl keldi.

19-asrda O.P. Dekandol sistematikasi (1813, 1819) katta ahamiyatga ega boʻldi. U oʻsimliklar dunyosini 2 boʻlim (naychali va hujayrali, yaʼni naychasiz oʻsimliklar)ga ajratadi. Naychalilarga ikki pallali va bir pallaLi oʻsimliklar kiritildi. Angliyalik botanik R.Broun (1825) ochiq urugʻlilar va yopiq urugʻlilarni koʻrsatib berdi. Rus olimi M.A.Maksimovichning "Oʻsimliklar dunyosi sistemalari" kitobida tabiiy sistematikaning nazariy prinsiplari bayon etadi. Avstriya botanigi S.Endlixer hamma oʻsimliklarni 2 guruh (tallofitlar va yuksak oʻsimliklar)ga ajratgan. Fransuz botanigi A. Bronyar (1843) sistemasi boʻyicha oʻsimliklar kriptogam (hammasi urugʻsiz) va fanerogamlarga ajratildi. Angliyalik botaniklar J.Bentam va J.Xuker (1862—83) Dekandol sistematikasini ancha takomillashtirishdi.


Rossiyada oʻsimliklar filogenetik sistematikasining rivojlanishi, avvalo, B.M.KozoPolyanskiy va uning shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Keyinchalik Oʻsimliklar sistematikasi sohasida bir kancha tadqiqotlar amalga oshirildi (Godenkin, 1937; Bush 1959, 1966; Vinogradov 1958; Komarov, 1954; Ilin, 1936; Popov, 1958; Kamelin, 1973; Svelev, 1976).


Oʻzbekistonda ham bu sohada katta ishlar qilindi (Zokirov, 1955, 1961; Korovin, 1962; Vvedenskiy, 1953, 1955, 1962; Muzaffarov, 1987, 1988; Pratov, 1998 va boshqalar). 6 tomli "Oʻzbekiston florasi" (1941—1962), 10 tomli Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi (1968—1993) kabi toʻshgamlar nashr etildi. Hozirgi Oʻsimliklar sistematikasi katta yutuklarga erishilganligiga qaramasdan oʻsimlik dunyosi uchun koʻpchilikka maʼqul boʻlgan yagona sistematika yaratilmagan.


O‘simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o‘simliklarni ta’riflash va ayrim turlar hamda turlar guruhining qarindoshligini evolutsiya asosida aniqlashdan iboratdir. 0 ‘simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo‘lgan o‘sim!iklar dunyosini biror qarindoshlik belgilari bilan tavsiflanuvchi alohida guruhlarga bo‘ladi. Har xil o'simliklami muayyan guruhlarga birlashtirishga yoki o'simliklar o'rtasidagi farqlami aniqlashga xizmat qiluvchi belgilar sistematik belgilar deb ataladi. O‘simliklar sistematikasi o'simlik turlarining xilma-xilligini va uning sabablarini o‘rganadi.

Uning vazifasi quyidagicha:


1.O‘simliklami klassffikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o‘rganish.
2.O‘simliklarni o‘rganishda turli uslublardan foydalanish. Hozirgi zamon o‘simliklar sistematikasi filogenetik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o‘simliklar morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va biokimiyoviy xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga asoslanadi.
Hozirgi zamon sistematikasi o‘simliklarni puxta o‘rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi:

1.O‘simliklarni paydo bo‘lishini solishtirish, solishtirma - morfologik usul.


2.Individual rivojlanishini o'rganish-ontogenetik usul.
3.O‘tgan geologik davrlarda o‘sgan o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish (paleobotanik usul).
4 .O‘simlik organizmlarining anatomik tuzilishini o‘rganish (anatomik usul).
5.Har bir o‘simlikning tarqalish hududini o'rganish (geografik usul).

Bulardan tashqari, sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalanadi. Botanika va agronomiya fani bir umumiy obyektni o‘rganadi va ularni ish uslublari hamda rivojlanish tarixi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Botanika hamrna o'simliklarni turli-tumanligini, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini, agronomiya esa madaniy o ‘simliklarni yetishtirishni o‘rganadi. Botanika asosida agronomiya fani vujudga kelgan. Har ikki fanning maqsadi bitta, u ham bo‘Isa o‘simlikiardan foydalangan holda insonlarning ularga boigan ehtiyojini toiaroq qondirishdir. Yaylov va pichanzor o‘simIiklarini o'rganishda, agromeliorativ ishlarni tashkil qilishda agronom botanik sifatida, botanik esa agronom sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik o‘rtasida keskin chegara boiishi mumkin emas. Yuqoridagi usullarda o‘rganilgan o'simliklar turli guruhlarga boiinadi, shu guruhlar taksonomik birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi. Taksonomiya ilmiy atama bo’lib, organizmlarni nomlash va malum bir tartibga solashda muhim ahamiyatga ega. Tafsiflash va foydalanish uslublarini tarixi mavjud. Eramizning uchinchi asrida yashagan yunon faylasufi va biologi Teofrast bir necha yuzlab o‘simliklami tavsiflab, ularni turli guruhlarga o‘tlar, butalar va daraxtlarga ajratgan.





Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə