Bios-da ishlash Ishning maqsadi


BIOS FEATURES SETUP bo’limi



Yüklə 199,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix22.03.2024
ölçüsü199,34 Kb.
#180260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
BIOS FEATURES SETUP bo’limi

Virus warning
(virus haqida ogohlantirish) – bu parametrni o’rnatish kompyuterdan foydalanuvchining 
ruxsatisiz qattiq diskning yuklash sektoridagi barcha yozuvlarni taqiqlaydi. U yuklash sektorini zararlovchi 
boot – viruslar deb ataluvchi viruslardan himoya qilish uchun kiritilgan. Bu parametrni har doim qo’llash 
tavsiya etiladi, lekin masalan, Windows 95 o’rnatishda ―osilib qoladi‖ . Agar virus warning enable o’rnatilsa 
bunda ekranda qora kvadrat paydo bo’ladi.
CPU Internal Cache/External Cache
(protsessorning ichki-tashqi keshi). Protsessorning ichki va tashqi 
keshi ruxsat etiladi/taqiqlanadi. Qaysidir tur kesh –xotirani faqat kompyuter ishining sun‘iy zaruriyati bo’lgan 
holatlardagina, masalan, qaysidir eski kengayish platasini o’rnatishda taqiqlash mumkin.
CPU level 1 Cache/ CPU Level 2 Cache
(1 bosqich protsessor keshi/ 2 bosqich protsessor keshi) – 1 bosqich 
keshi yoki 2 bosqich protsessor keshi Pentium Pro (Pentium 2, Deshutes va h.k.) arxitekturali protsessorlar 
uchun ruxsat etiladi/ taqiqlanadi. Biror tur kesh xotirani faqat kompyuter ishida sun‘iy sekinlatish zaruriyati 
bo’lgan holatda, masalan, eski kengayish platasini o’rnatishda taqiqlash mumkin.
CPU Level 2 cache ECC Check
(2 bosqich protsessorining kesh-xotirasi uchun ECC ni ulash kiritish – 
parametr faqat Pentium II arxitekturasidagi protsessorlarning platalari uchun ishtirok etishi mumkin. Unga, 
agar o’rnatilgan Pentium II sinf protsessori ECC nazorati mavjud ikkinchi bosqich kesh – xotiraga ega bo’lsa 
ruxsat etiladi. Ba‘zi protsessorlarda xatoga yo’l qo’yilgan va bu rejimni kiritish kompyuterning beqaror 
ishlashiga olib keladi.
10 NDD SMART Capability (SMART diagnostikasi imkoniyati
) – qattiq diskning holatini SMART 
standarti talablariga muvofiq diagnostika qilish mumkinligiga ruxsat etish/ taqiqlash imkonini beradi. BIOS 
mualliflari, afsuski, BIOSda SMART diagnostikasining harakatlanish mexanizmini ko’rsatmaydilar, shuning 
uchun qattiq diskdagi axborotlarga qanday yo’l bilan ishlov berilishi unchalik tushunarli emas, shuning uchun 
qattiq disk parametrlarining chegaralangan mazmuni aniq ishlab chiqaruvchiga bog’liq. Parametrga ruxsat 
etishda va qattiq diskning normal ishlashi buzilganda BIOS, ekranda kompyuterning xarakteristikasi berilgan 
jadval paydo bo’lguncha tegishli xabarni beradi. Shuni hisobga olish kerakki, bu parametrga ruxsat etish 
kompyuterning unumdorligini bir necha foizga kamaytiradi.

Yüklə 199,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə