Bios-da ishlash Ishning maqsadi


Enabled  – ruxsat etiladi; Disabled



Yüklə 199,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix22.03.2024
ölçüsü199,34 Kb.
#180260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Enabled 
– ruxsat etiladi;
Disabled 
– taqiqlanadi.
Video Off Option
(Monitor qanday rejimga ulanadi) – kompyuter “Uyquga ketishi” ning qaysi bosqichida 
monitorni kam elektr istemol qilish rejimiga o’tkazishni belgilash imkonini beradi.


Ushbu ifodalarni qabul qilishi mumkin:
SUSP, STBY-> Off
(Suspend 4 standby rejimiga ulanish) – monitor suspend yoki standby rejimi 
boshlanishida kam elektr sarflash rejimiga o’tadi. 
All modes -> off
(barcha rejimlarda ulanish) – monitor 
istalgan rejimda kam energiya sarflash rejimiga o’tkaziladi.
Always ON (har doim ulangan)
– monitor hech qachon kam energiya sarflash rejimiga o’tkazilmaydi. 
Suspend->off (Suspend rejimiga ulanish) – monitor suspend rejimi boshlanganda energiya sarflash rejimiga 
o’tadi . PM Events – bu seksiyada kompyuter ―uyg’onishi‖ kerak bo’gan murojaatlardan ushlab turishlar, 
agar bu ushlab turishlardan foydalanuvchi qurilmalarga murojaat bo’lsa, ko’rsatiladi. BIOS ning CMOS dan 
farqi: BIOS dan tashqari CMOS apparat vositalarini boshqarish bo’limi (ichida joylashgan) mavjud bo’lib, 
tizim platalariga CMOS xotira dastur ta‘minoti yozilgan. BIOS yoki ROM BIOS nomli mikrosxema mavjud. 
Bu mikrosxemaga sistemani boshlang’ich yuklash va qurilma drayverlari mavjud bo’ladi. Bundan tashqari 
test protsedurasi va tizim konfiguratsiyasi bo’ladi. Bu parametrlarni saqlovchi va batariyadan zaryadlovchi 
CMOS xotira ba‘zi hollarda NV RAM deb ataladi. Shunday qilib, BIOS bir yoki bir nechta mikrosxemalarga 
dastur yuklovchilarini saqlaydi. Bu dasturlar kompyuter ishga tayyor bo’lgandan toki ishni tugatgunga qadar 
bajariladi. Bular ko’p hollarda BIOS PS tipidagi kompyuterlarda ham asosiy funksiyani bajaradi. BIOS, qatiy 
aytganda, operatsion tizimning emas, balki shaxsiy kompyuterning kompanenti hisoblanadi, negaki shaxsiy 
kompyuterda ishlatiladigan operatsion tizim o’zgartirilganda ham BIOS o’zgarmaydi (DEQQ da 
joylashganligi uchun).
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- kompyuterni initsiallashtirish, ya‘ni mashina tok manbaiga ulaganda, uning barcha elementlarini 
boshlang’ich holatga keltirish; 
- testdan o’tkazish, ya‘ni kompyuterda yaxlitlikni, apparatura va dasturli resurslarning ishga 
layoqatliligini tekshirish (protsessor, xotira, drayverlar va boshqalar);
- operatsion tizimni o’rnatish, ya‘ni tizimli diskdan OT yuklovchisini o’qish;
- xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va 
apparatli uzilishlarni qayta ishlash;
- shaxsiy kompyuterning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish.
Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar 
yordamida amalga oshiriladi.
4-rasm 
BIOS ning umumiy ko’rinishi. 
Yuqorida, ta‘kidlanganidek BIOS apparat ta‘minoti va operatsion sistema orqasida interfeysni 
ta‘minlaydi. BIOS mikrosxemada joylashgan bo’lib, diskga ko’chiriladi. Sistemali BIOS drayverlarning 
asosiy qismlarini (klaviatura, diskovod, qattiq disk, parallel portlar va h.k.) kompyuterning boshlang’ich ishi 
uchun saqlaydi. Yangi qurilmalar o’rnatilgan vaqtda, ularning ish faoliyati BIOSga kiritilmagan bo’ladi.
Bunday qurilmalar kompyuter ish vaqtida sezilmaydi, shuning uchun kerakli drayverlar diskdan 
o’rnatiladi. Bu ovoz adapteri, skaner, printer singari qurilmalariga ta‘luqli. Lekin ba‘zi uskunalar kompyuter 
ishi uchun zarur. Masalan: Ma‘lumotni ekranda paydo bo’lishi uchun video adapterni ishlatish kerak. Hozirda 
ko’p turdagi videoadapterlar mavjud. Ularning hammasini sistemali BIOSga kiritib bo’lmaydi. Bunday 
vaqtda kerakli drayverlar BIOS mikrosxemasiga maxsus disklar yordamida o’rnatiladi va operatsion sistema 
yuklanish davomida uni yuklaydi. Bunday ish tartibi yangi modellardagi qurilmalarda BIOS ni yangilashdan 
saqlaydi. Shaxsiy BIOS qoidaga ko’ra quyidagi platalarda o’rnatiladi:
Video adapter – doim shaxsiy BIOS mikrosxemasiga ega.
SCSI -adapter - bu BIOS barcha SCSI qo’llaydi.
Diskdan qo’shimcha drayverlarni to’plovchi CD-ROM, skaner ZIP lar uchun yozib olish kerak.
Tarmoq adapteri – qurilmalarning boshlang’ich ishi va disksiz markazlarini normal funksiyasi. 


 IDE disklar yoki disk yurituvchilar - sistema ishida yordamchi funksiyani bajaradi. Barcha tizim 
platalarda mikrosxema ko’rinishida, BIOS yoki ROM BIOS deb ataluvchi dastur ta‘minoti kiritilgan. Mazkur 
tur xotirani ko’pincha ROM (Read Only Memory, ya‘ni faqat o’qishga mo’ljallangan xotira) yoki DXQ 
(doimiy xotira qurilmasi) deb yuritiladi. Bu mikrosxemada boshlang’ich yuklash dasturlari va drayverlar 
jamlangan. Unda shuningdek POST jarayoni jamlangan, bundan tashqari konfiguratsiya ma‘lumotlari 
kiritiladi. Barcha parametrlar CMOS – xotirada yozilgan bo’lib, batareya yordamida zaryadlanadi. Bu CMOS 
– xotirani ba‘zida NVRAM (Non Volatile RAM) deb atashadi. Shunday qilib BIOS da bir nechta 
mikrosxemalarda saqlanadigan dastur to’plami mavjud. Bu dasturlar kompyuter ish vaqtida operatsion 
sistema yuklanmasdan oldin bajariladi. 
BIOS odatda kompyuterda RS –ga oid 4 ta vazifani bajaradi:

Yüklə 199,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə