Bir xujayrali parazitlarning umumiy tasnifi va sistematikasi


-rasm.: Chagas kasalligi qo’zgatuvchisi - Tripanosoma cruzi ning rivojlanish sikli



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#146431
1   2   3   4   5   6
BIR XUJAYRALI PARAZITLARNING UMUMIY TASNIFI VA SISTEMATIKASI

3-rasm.: Chagas kasalligi qo’zgatuvchisi - Tripanosoma cruzi ning rivojlanish sikli:
1-triatoma qandalasi (Triatoma infestans) Amerika tripanosomoz qo’zg’tuvchisining
tashuvchisi, 2-tashuvchi organizmidagi tripanosomalar, 3-Amerika tripanosomozining
rezervuar xo’jayini-bronenos. 4-tashuvchi organizmidagi tripanosoma, 5-eritrositlar.

Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so'radigan Triatoma infestans qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o'ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umn' davomida (2 yildan ortiq umr ko'radi) o'zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi.


Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari, ja-rohatlar orqali faol yo't bilan o'tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab yotganida hujum qilib, lab, ko'z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon so'rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko'pincha tripanosomalar bilan ifloslangan axlatini chiqazadi va shikastlangan ten orqali tripanosomalar juda osonlik bilan odamga o'tadi. Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida bir-ikki hafta yashab, ko'paya boshlaydi. So'ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon tornirlarga o'tadi va butun organizmga tarqaladi. Shu davrda odamning tana harorati ko'tariladi, parazitlar yurak, nerv, hazm sistemasi va retukulo-endotelial organlarmng hujayralariga o'tib. u yerda yashab qoladi.
Kasallikning belgilariga tana haroralinmg ko'tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va miokardit qo'shilishi mumkin. Besh yoshgacha bo'lgan bolalarda chagas kasalligi juda og'ir o'tib, o'limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo'yicha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan o'ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug'ma ham bo'lishi mumkin). Chagas kasalligi ko'pincha qishloqlarda ko'p tarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadonlarda, iflos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib, og'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo'zg'atadi (4-rasm). Nagana kasalligining tarqatuvchisi so'nalardir.
Trypanosoma evansi - tuya, ot va eshaklar hamda itlarning yopiq organlari - qon tizimida parazitlik qiluvchi va ularda tripanosomoz yoki xalq tilida "su-auru" kasalligini qo’zg’atadi. Ushbu tur tripanosoma barcha Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. Bu parazitning ham tarqatuvchisi so'nalar hisoblanadi.
Otlarda Trypanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish (qochirish) kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o'tadi. Trypanosoma equiperdum bir xo’jayinli bo’lib, ular otlarning siydik-tanosil yo’llarida (jinsiy organlarida) yashaydi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə