Birinchi bob bo’yicha asosan qaqimgi davrdan to rivojlangan o’rta asrlar davrida dastlabki savdo va elchilik aloqalari tarixshunosligiga bag’ishlanadi



Yüklə 20,27 Kb.
səhifə1/3
tarix18.05.2023
ölçüsü20,27 Kb.
#110987
  1   2   3
XULOSA imomov


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ushbu magistrlik dissertatsiyasi qadimgi davr tarixiga oid bo’lgan savdo – iqtisodiy va davlatlaralo xalqaro aloqalardan boshlab to XX asr ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrdagi xalqaro munosabatlarning manbashunoslik va tarixshunoslik nuqtayi nazaridan asoslangan tahliliga bag’ishlandi. Birinchi bob bo’yicha asosan qaqimgi davrdan to rivojlangan o’rta asrlar davrida dastlabki savdo va elchilik aloqalari tarixshunosligiga bag’ishlanadi. Shu o’rinda, Buyuk ipak yo’li va uning xalqlar taraqqiyotidagi o’rni hamda savdo yo’llari tarixida ham muhim ahamiyat kasb etganligini manbalarda o’z tasdig’ini topgan holda mazmunan ochib berildi. Buyuk ipak yo’li bu – taraqqiyot yo’li hisoblanadi. Markaziy Osiyoda mavjud bo’lgan xalqaro munosabatlarga dastlab tashkil topgan davlat uyushmalari va konfederatsiyalar tomonidan olib borilgan elchi almashuvlari o’rganish uchun ob’ekt sifatida olinadi.
Mazkur yo’l qadimgi davrdan to XV asrgacha qizg’in savdo va aloqalar tarixida muhim o’rin tutadi. Yo’qoridagi mavzu bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqodlarning o’zi ham ko’rsatib turibdiki, ushbu yo’l joylashgan yo’nalishdagi xalqlar taraqqiyotida yuksak iz qoldirgan. Yurtimiz tarixida xalqaro aloqalar hamma eng qadimgi davrlardan boshlanib u aynan ko’rib chiqayotganimiz mazkur davr diplomatiyamizning eng rivojlangan davri hisoblanib diplomatik aloqalarning ibtidosi hisoblanadi. Ushbu davr tarixi bo’yicha tarixshunoslarimiz tomonidan yetarli darajada o’rganilib kelinmoqda. Ayniqsa bu jarayon, XX asrning sunggi choragida o’zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi va hozirda ham o’rganilmoqda.
Deylik O’rta Osiyo hududidan olib borilgan savdo – sotiqning davlatlar taraqqiyotidagi o’rniga to’xtaladigan bo’lsak, mamlakatlar taraqqiyotining muhim omili bu – savdo – sotiq ekanligini anglaymiz. Shu nuqtai nazardan qadimdan mavjud bo’lgan Buyuk ipak yo’lining ahamiyatini alohida e’tirof etamiz. Dastlabki davr manbalari bu o’sha davrda mavjud bo’lgan xalqlarning yozma yodgorliklari va asarlarining tahliliga tayanamiz. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki davrida tarixiy bilimlarni xalqimizga yetkazish va o’rganishga qaratilgan tizimli ishlar olib borildi. Jumladan, mahalliy tarixshunos olimlarimizga tariximizni yoritish vazifasi hukumatimiz tomonidan vazifa sifatida topshirildi. Mahalliy tarixshunos olimlarimizning ko’p yillik izlanishlari asosida boy tarixiy me’rosimiz o’rganildi va ushbu bilimlar ta’lim tizimiga keng joriy qilindi. Rivojlangan islom renessansi insoniyat taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. O’rta Osiyo mintaqasi arablar bosqini davrida arab yozuvi va tilining xalifalikka bo’ysunuvchi davlatlar va xalqlar taraqqiyotida hamda olib boriladigan madaniy aloqalarda uchun muhim bosqich bo’ldi. Movarounnahrda vujudga kelgan somoniy va qoraxoniy sulolalarning hukmronligi davrida ham keng kulamli madaniy aloqalar olib borildi. O’rta Osiyoda mustaqil Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikda ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XIII asr boshlaridagi mo’g’ullar tomonidan O’rta Osiyoning istilo qilinish davri ham xalqaro munosabatlarning o’zilib qolishi uchun asos bo’lmasdan, xalqaro aloqalar davom etdi.
Amir Temur va temuriylar davri xalqaro aloqalar tarixi O’rta Osiyo hududidagi mavjud xalqlar va davlatlar tomonidan olib borilgan xalqaro aloqalar tarixidagi eng yorqin davr hisoblanadi. Deylik qolgan davrlardagi xalqoro aloqalar tarixi boshqa davlatlar bilan noteng munosabatlarda kechgan bo’lsa, Amir Temurning davlatlaroro munosabatlar tarixi diplomatik kuchga tayangan holda olib borildi. Movarounnahr Amir Temur davrida g’arb mamlakatlari bilan ham qizg’in savdo – sotiq munosabatlari o’rnatgan.
Shunday qilib, Amir Temur va temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi tarixida eng yorqin sahifalar bitildi. Mazkur yillarda davlatimizning, umuman o‘zbek xalqining ichki va tashqi siyosatidagi imkonlari, salohiyati to‘la – to‘kis namoyon bo‘ldi. Movarounnahr jahonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi.
Xalqaro aloqalar tarixining XVII va XIX asrning boshlaridagi siyosiy va savdo – iqtisodiy tarixi manbalariga bag’ishlangan tarixi bo’limi xalqaro aloqalarda siyosiy burulish davri desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, shayboniylar sulolasining O’tra Osiyoda olib borgan boshqaruvi siyosati xalqlarning xo’jalik hayotiga katta ta’sir o’tkazmasdan qolmadi. Aynan usha davr manbalarida xonliklarning qo’shni davlatlar bilan olib borgan savdo va siyosiy tarizini ochib berishida asosiy ma’lumotlarni berdi. Tarixshunos olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqodlarning o’zi ham shundan dalolat beradiki, savdo va siyosiy aloqalar birmuncha jonlangan. Aynan, Buxoro, Xiva va Quqon kabi yirik davlatlar tomonidan olib borilgan aloqalar tarixi asosan qushni Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa davlatlar bilan olib borilganligini ko’rsatadi.
Xonliklar davri tarixi rivojlanish jihatidan qolgan davrlarga nisbatta olib qaralganda faqat savdo aloqalarida bir tomonlama tijorat maqsadida olib borildi. XIX asr boshlarida xonliklar tomonidan olib borilgan aloqalar kiyingi davrda davlatlarning Rossiya mustamlaka siyosatining yuritilishiga olib beldi. Rossiyaning xonliklarda mustamlaka ta’sirining kuchayishiga siyosiy boshboshdoqlik va bir – birining ichki ishlariga aralasha boshlaganligi kiyingi davrda bu omillar qoloqlikka olib kelganligini ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida xonliklar tomonidan olib borilgan aloqalar tarixi siyosiy oqibatlarga olib kelganligi, mustamlaka siyosatining qurboniga aylanganli hamda bu xatolarning oqibatida O’rta Osiyo mintaqasi rivojiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatganligiga guvoh bo’ldik. Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan boshqaruv siyosatining ulkada milliy anana va aloqalar tarixida ham o’zgartirib bo’lmas salbiy ta’sirga uchradiki, bu omillar ham taqaqqiyotga ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Xalqaro aloqalar tarixi ham ushbu bilimlarning bir qismi sifatida millatlararo totuvlikni ta’minlaydigan asos sifatida mamlakatlar mustaqilligini saqlovchi siyosiy soha sifatida o’z o’rniga ega bo’ladi.



Yüklə 20,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə