Биринчи боб


Ona, kelganingizda Ko‘ylak olib bermadim... Pulim yo‘q edi, ona



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Ona,
kelganingizda
Ko‘ylak olib bermadim...
Pulim yo‘q edi,
ona.
Ona,
kelganingizda,
Ochilib gaplashmadim...
Vaqtim yo‘q edi,
ona.


47 
Ona,
kelganingizda
Kulib-kulib yurmadim...
Baxtim yo‘q edi,
ona.
Ona,
kelganingizda
Yig‘lamadim o‘ksinib...
Haqqim yo‘q edi,
ona
(150-bet). 
Shoirning “Sarbadorlar qo‘shig‘i” she’rida takrorning yana bir ko‘rinishi 
uchraydi. Bu ko‘rinishda she’r beshlik misralardan tashkil topib, to‘rtinchi misra 
beshinchi misrada aynan takrorlanadi:
Bizning dilimiz — yorda.
Bizning qo‘limiz — korda,
Koru yordan ayrilar —
Torting boshimiz dorga!
Torting boshimiz dorga 
Dilga bog‘liq so‘zimiz,
Yor yo‘lida ko‘zimiz.
Yo‘lu dildan ayrilar,
Qarang, dorda o‘zimiz,
Qarang, dorda o‘zimiz,
«Qayt» dedingiz, «qalb» dedik,
«Ayt» dedingiz, «haq» dedik.
Boshimiz dorda turib
«Jon» demadik, «xalq» dedik.
 «Jon» demadik, «xalq» dedik 
(“Sarbadorlar qo‘shig‘i”, 176-bet).
 
Ko‘rinadiki, shoir bir misrani qayta takrorlash bilan ta’kid ma’nosini yuzaga 
keltirgan.Bu ham shoirning lingvopoetik vositalardan foydalanishda mahorat egasi 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Shoir tomonidan favqulodda hosil qilingan noyob va obrazli ifodalar 
kitobxonni o‘ziga jalb etadi, tanlangan ifodalarda baxshiyona ruh, badiiy 


48 
tafakkur, asosli va mantiqiy xulosalar aks etadi.Shunisi xarakterliki,
 
Usmon Azim 
o‘zbek tilining boy, go‘zal, ifoda imkoniyatlari cheksiz ekanligini o‘z she’riyati 
orqali to‘la namoyon eta olganQuyidagi tabiat tasviri takrorni turlicha tarzda 
keltirish orqali hosil qilingan: 
Bir kuni men senga beraman savol: 

Yodingdami, o‘sha tinchgina shahar,

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə