Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти



Yüklə 24,38 Mb.
səhifə19/42
tarix13.12.2023
ölçüsü24,38 Mb.
#149422
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Мирюсупов З З Комп архит укув

IDE-disklar. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida - устройство со встроенным контроллером) – o‘rnatilgan kontrollerga ega qurilma, ya’ni disk yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi 504 Mbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 4 Mbit/sek.
EIDE (Extended IDE, rus tilida - усовершенствованные устройства со встроенным контроллером) - o‘rnatilgan kontrollerga ega takomillashtirilgan IDE-qurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi -128 Gbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 16 Mbit/sek, unda LBA (Logical Block Addressing, rus tilida - линейная адресация блоков) – bloklarni chiziqli adreslash sxemasi qo‘llanilgan. Ushbu sxema 28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 228 x 29 = 128 Gbayt hajmli xotira deganidir.
ATA-3 (Advanced Technology Attachment, rus tilida - прогрессивная технология соединения) – ulanishning ilg‘or texnologiyasi.
ATAPI-4 (ATA Packet Interface, rus tilida - пакетный интерфейс АТА) – ATA paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 66 Mbit/sek. ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 100 Mbit/sek.
ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi – 150 Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tashkil qilgan.
SCSI-disklar (Small Computer System Interface, rus tilida - интерфейс малых вычислительных систем) – kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar. Ushbu disklarning silindrlari, yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDE-disklaridan farq qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda ma’lumotlarni uzatish tezligi ancha yuqori. 2.1-jadvalda, SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari keltirilgan.
SCSI-disklari Sun, HP, SGI kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan UNIX operatsion tizimida ishlovchi ishchi stansiyalarda, Macintosh firmasi kompyuterlarida va Intel firmasining tarmoq serverlarida ishlatilmoqda.
SCSI – bu nafaqat qattiq disk uchun mo‘ljallangan oddiy interfeys, balki u o‘ziga xos shina ham hisoblanadi. Unga SCSI-kontroller va ettitagacha qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Qo‘shimcha qurilmalar sifatida - kompakt-disklardan o‘qish-yozish qurilmasi, skanerlar, magnit lentali qurilmalar va boshqa shularga o‘xshash tashqi qurilmalar olinishi mumkin.
8-razryadli SCSI-kurilmasi kabeli 50-ta (25 juft) o‘tkazgichdan iboratdir. Ushbu o‘tkazgichlardan 8-tasi ma’lumotlar uchun, 1-tasi uzatilayotgan ma’lumotlarda juftlikni nazorat qilish uchun, 9-tasi ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun va qolganlari esa kelajakda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

2.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari.






Yüklə 24,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə